Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПОСТАНОВКА ЗАДАЧ И УПРАЖНЕНИЙ ПО СИСТЕМАТИКЕ РАСТЕНИЙ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Axmadjanova Moxiyat Sadriyvna
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
В статье рассматриваются вопросы построения задач и упражнений различной логической направленности в учебном процессе с целью формирования методических знаний, развития умений и навыков самостоятельного и творческого мышления учащихся, необходимых для использования задач и упражнений в обучении ботаникии Ключевое слово: Бактерии, грибы, лишайники, донные растения, споровые и семенные высшие растения, семейство Brassicaceae, Cyanobacteria, класс, порядок, семейство. Annotation: The article examines the issues of constructing tasks and exercises of various logical orientations in the educational process with the aim of forming methodological knowledge, developing the skills and abilities of independent and creative thinking of students, necessary for using tasks and exercises in teaching botany. Keyword: Bacteria, fungi, lichens, benthic plants, spore and seed higher plants, family Brassicaceae, Cyanobacteria, class, order, family. Kirish. O‘quvchilarning ijodiy va mustaqil fikr yuritishni ko‘nikmalarini rivojlantirishda biologiyadan tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida masala va mashqlar echishni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi: O‘quvchilarning biologiyadan o‘zlashtirgan nazariy bilimlarni amaliyotga qo‘llash orqali mustahkamligi ta’minlanadi. O‘quvchilarda mantiqiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. O‘quvchilarning biologiyani o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishi ortadi, ilmiy dunyoqarashi kengayadi. O‘quvchilarning bilish faoliyati faollashadi, ta’lim samaradorligi ortadi. Masala - ko‘zda tutilgan noma’lumni muayyan o‘quv usullaridan foydalanib hal etish sanaladi. Masala echish jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish imkoni vujudga keladi. Har qanday masalada muayyan darajadagi qiyinchiliklar bo‘lib o‘quvchilar uni avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalaridan foydalanib engib o‘tishi kerak. Masala matni uning izohi va shartini o‘z ichiga oladi. Masala izohi – muayyan vaziyatni tasvirlab, o‘quv muammosini keltirib chiqaradi, u yoki bu ob’ektning noma’lum xususiyatlarini topishga yo‘naltiriladi. Masala sharti noma’lum vaziyatni to‘liq hal etishni talab qilib, ba’zi hollarda so‘roq bilan tugashi mumkin. O‘quvchilar masalani echish jarayonida masalaning shartini to‘liq anglagan holda ma’lum bo‘lgan holatdan noma’lum bo‘lgan vaziyatni aniqlashi, o‘quvchiga ma’lum bo‘lgan xususiyatlardan noma’lum ob’ektlarning xususiyatlarini topishi zarur. Material va metodlar. Masalani echish masalada berilgan shartni to‘liq bajarish sanaladi. Ba’zi hollarda o‘qituvchining o‘zi ham masala tuzishi mumkin, bunda muayyan vaziyatning izohi va shartini aniq belgilash kerak bo‘ladi. Mashqlar o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, ko‘nikmalarni tarkib toptirish imkonini beradi. adu.uz universaljurnal.uz 802 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Mashqlar mazmuni jihatidan o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, amaliyotga qo‘llash, ularni yangi vaziyatlarda qo‘llash, mantiqiy fikr yuritish operatsiyalari: tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, yaxlit ob’ektlarni qismlarga ajratish, xulosalash kabilarni amalga oshirish talab etishi mumkin. Taxlillar va natijalar. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining botanikani o‘qitish davomida o'quvchilarning o‘simliklaming anatomiyasi, morfologiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi, ekologiyasi, agrotexnikasi oid kabi bilim va tushunchalari rivojlantiriladi. Eng asosiy e’tibor o‘quvchilaming sistematik va evolyutsion tushunchalari shakllantirishga qaratiladi. Bu tushunchalarsiz oldingi yili egallagan botanik tushunchalar to’liq bo'lmaydi. O‘simliklar sistematikasini o‘rganish davomida o‘quvchilar nafaqat o‘simliklammg xilma xilligi balki ularning umumiy belgilarini, kelib chiqishidagi yowoyi va madaniy o‘simliklaming qon-qarindoshlik tomonlarini, qaysi sinf, turkum, oilaga mansubligini bilib boradi. Shuningdek bakteriyalar, zamburug‘lar, lishayniklar, tuban o'simliklar, sporali va urug‘li yuksak o'simliklarning o‘ziga xos tomonlari to‘g‘risidagi tushunchalarga ega bo‘ladi. O‘simliklaming asosiy bo‘limlarini o‘rganishda asta sekinlik bilan kechgan evolyutsion rivojlanishiga, o‘simliklar olamida yuz bergan aromorfoz, idioadaptatsiya va umumiy degeneratsiya yo‘nalishidagi o‘zgarishlarga alohida e’tibor berish lozim. O‘simliklar, zamburug‘lar, lishayniklar va bakteriyalaming o‘ziga xos tomonlari, ko‘payish tezligi, tarqalishi, rivojlanish sikli kabilami o‘quvchilar tomonidan chuqur о‘zlashtirishlarida masala va mashqlaming о‘mi nihoyatda kattadir. Quyida o‘simliklar sistematikasiga oid masala va mashqlar bilan tanishamiz. 1. Karamdoshlar oilasiga kiradigan yowoyi va madaniy holda o‘sadigan o‘simlik turkumlari va turlarini ayting. 2. Jag‘-jag‘ o‘simligi uchun xos belgilarga nimalar kiradi? Bu o‘simlikning ahamiyatini tushuntiring. 3. Ikki urug‘pallalilar sinfiga … ta oilaga mansub ... dan ortiqroq o‘simlik turla
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются вопросы построения задач и упражнений различной логической направленности в учебном процессе с целью формирования методических знаний, развития умений и навыков самостоятельного и творческого…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются вопросы построения задач и упражнений различной логической направленности в учебном процессе с целью формирования методических знаний, развития умений и навыков самостоятельного и творческого… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oila., Brassicaceae family, class, споровые и семенные высшие растения, turkum, Bacteria, sporali va urug‘li yuksak o'simliklar, tuban o'simliklar, Бактерии, порядок, spore-bearing and seed-bearing higher plants, Jag‘-jag‘ o‘simligi, family., lichens, Cyanobacteria, класс, order, zamburug‘lar, bottom plants, лишайники, семейство Brassicaceae, sinf, fungi, Bakteriyalar, lishayniklar, Karamdoshlar oilasi, грибы, донные растения, семейство.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025