Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUDUDLARNING INVESTITSION BARQARORLIGINI TA’MINLASH ASOSIDA MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
Rustamova Feruza Rustam qizi
Журнал универсальных научных исследований · 2024
Аннотация
This article examines issues aimed at ensuring the stability of the investment climate in our country, increasing the impact of the securities market on the investment environment of the national economy, as well as enhancing the influence of the financial market on expanding foreign investments attracted to the economy. It also explores ways to improve the attraction of foreign investment into the national economy. Proposals are presented to address these challenges. Keywords: investment, international investment flow, investment environment, investment activity, stock market. 127 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 Kirish. Jahon iqtisodiyotida COVID-19 pandemiyasi xalqaro investitsiyalar oqimining kamayishi va investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini sekinlashtirishga olib keldi. “Global to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning oqimi 2020 yilda 35 foizga kamayib, 1 trln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2019 yilda ushbu ko‘rsatkich 1,5 trln. AQSH dollarini tashkil etgan edi. Evropada jami to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning oqimi 80 foizga kamayib, 73 milliard AQSH dollarni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich Buyuk Britaniyada 57 foiz, Fransiyada 47 foiz va Germaniyada 34 foizga kamaydi. Evropa Ittifoqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 73 foizga kamayib, 103 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. AQSHda investitsiyalar oqimi qayta investitsiya qilingan daromadlarning kamayishi 40 foizga kamayib, 156 milliard AQSH dollarini tashkil qilgan”1. Bu holatlar dunyo miqyosida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va mamlakatlarning investitsion faollik mexanizmlaridan samarali foydalanish masalalarining ahamiyatli ekanligini taqozo etmoqda. Jahon amaliyotida mamlakatlarning investitsiyalarga bo‘lgan talablarini rag‘batlantirish, investitsiyalar resurs bazasini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish, qulay investitsion muhitning yaratilishi natijasida investitsiyalar hajmini ko‘paytirish, hududlarda investitsiya faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada milliy iqtisodiyot va alohida olingan mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni to‘laqonli tashkil qilish negizida mavjud resurslardan unumli foyda-lanish, iqtisodiyotda investitsion faollikni belgilovchi qo‘shimcha omil va imkoniyatlarni aniqlash, innovatsion faollikni rag‘batlantirish va tadbirkorlik faoliyatida investitsion tavakkalchilikni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, kabi yo‘nalishlardagi ilmiy tadqiqotlarga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Tahlil va natijalar. O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyot davrida qulay investitsion muhitni yaratish, iqtisodiyotni sarmoya bilan ta’minlash, investitsion faoliyatning jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. “Mamlakatda jadal investitsion siyosatni amalga oshirish va chet el sarmoyadorlarini jalb qilish uchun investitsion jozibadorlikni kuchayti-rish zaruratiga alohida e’tibor qaratilmoqda”2. 1World Investment Report-2021: Investing in sustainable recover. UNCTAD/WIR/2021. https://unctad.org/system/files/official-document/wir2021_en.pdf. 2O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralьdagi PF-4947-son “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/3107036 128 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 Mazkur vazifalarning samarali va izchil bajarilishi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, iqtisodiy tarmoqlararo investitsiyalar yo‘nalishi va taqsimlanishini ekonometrik modellashtirish uslubiyotini takomillashtirish, investitsiya samaradorligi va tavakkalchilik darajalarini aniqlash modellarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish maqsadga muvofiq. O‘z navbatida, ushbu omillar mamlakatning investitsion jozibadorligini ham namoyon etadi va investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim o‘rinni egallaydi. Mamlakatda investitsion faoliyatning taraqqiyoti, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘lami, aksariyat hollarda, ular salmog‘ining darajasi bilan izohlashga harakat qilinadi. Shunga mos ravishda, agar tegishli salmoqni ifodalovchi ko‘rsatkich darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning roli ham yuqori va aksincha xulosaga kelinadi. Ana shunday yondashuvga tayangan holda xorijiy investitsiyalarni xarakterlovchi ma’lumotlar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval ma’lumotlarini tahlil qilish asosida quyidagi bir necha muhim xulosalarni chiqarish mumkin: 2020-2024 yillar davomida mamlakatimizda YaIM hajmining umumiy summasi barcha omillarning ta’siri ostida (shu jumladan,
Доказательный фрагмент
«This article examines issues aimed at ensuring the stability of the investment climate in our country, increasing the impact of the securities market on the investment environment of the national economy, as well as e…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines issues aimed at ensuring the stability of the investment climate in our country, increasing the impact of the securities market on the investment environment of the national economy, as well as e… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- investment, international investment flow, investment environment, investitsion faoliyat, xalqaro investitsiyalar oqimi, fond bozori., investitsiya, investitsion muhit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026