Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY MEBELSOZLIK TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING IMKONIYATLARI
Qaxorov Sobir Xudoyberdiyevich · To‘xtamurodov Sherali To‘xtamurodovich (Buxoro davlat pedagogika instituti “Texnologik ta’lim” kafedrasi o’qituvchisi)
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada o‘quvchilarga zamonaviy mebelsozlikda ishlatiladigan yarim tayyor mahsulotlardan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, uning samaradorligi tahlil qilindi. Ushbu metodika o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: mebelsozlik, texnika, texnologiya, yarim tayyor mahsulot, ishlab chiqarish. KIRISH. Mamlakatimizda ta’lim tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni mehnat bozoriga mos bilim ko‘nikmalar va malakali qilib yetishtirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil ijodiy tafakkurini o‘stirish, innovatsion texnologiyalardan keng va samarali foydalanishnigina emas, balki, mazkur jarayonni rejalashtiruvchisi, amalga oshiruvchisi va boshqaruvchisi bo‘lgan o‘qituvchining kasbiy saviyasi, kasbiy tayyorgarligini shakllantirish masalasiga chuqurroq yondashuvni talab etadi. Insonlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy ne’matlar yaratish jarayoni ishlab chiqarish deb yuritiladi. Ishlab chiqarish texnikasi deyilganda, texnologik operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan turli mashina va qurilmalar tushuniladi. Ular yordamida berilgan o‘lcham va sifatdagi, me’yoriy hujjat talablariga mos keluvchi mahsulot ishlab chiqariladi Ishlab chiqarish https://scientific-jl.com/luch/ 2 3 3 Часть-46_ Том-5_ июнь-2025 texnikasi maishiy texnikadan quvvatining kattaligi, ish samaradorligining yuqoriligi, hajmi, uzoq muddat ishonchli ishlay olishi bilan farq qiladi. Ulardan ko‘zlangan maqsad mehnat unumdorligini oshirish, resurslardan foydalanish samaradorligini yuksaltirish, ishlab chiqarishda energiya va material sarfini kamaytirishdir. 1.1-rasm. Raqamli dastur bilan 1.2-rasm. Raqamli dastur bilan boshqariluvchi, metallga ishlov boshqariluvchi frezalash stanogi beruvchi tokarlik stanogi 1.3-rasm. Lazer yordamida yog‘och va yog‘och materiallarga ishlov berish stanogi Zamonaviy ishlab chiqarishda raqamli dastur bilan boshqariladigan, lazer, plazma, 3D loyihalash, bosim ostida ishlov berish, energiya va materiallarni tejovchi, ekologiya uchun zararsiz, biotexnologiya, nanotexnologiya, buyumlar https://scientific-jl.com/luch/ 2 3 4 Часть-46_ Том-5_ июнь-2025 sifatini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi texnika va texnologiyalardan foydalanish dolzarb bo‘lmoqda. Mebel sanoati - yogʻochsozlik sanoatining yetakchi tarmogʻi. Xonadonlar va jamoat binolari uchun mebel ishlab chiqaradi. Oʻzbekistonda mebel sanoat usulida ishlab chiqarila boshlagunga qadar uy-roʻzgʻor buyumlari (xontaxta, kursi, javon, sandiq va boshqalar) kustar va yarim kustar korxonalarda tayyorlangan. Mebel sanoatining dastlabki mahsulotlari - turar joy va jamoat binolari uchun mebel ishlab chiqarish 1922-yildan boshlandi. Uy-roʻzgʻor va jamoat ehtiyojlari uchun mebellar ishlab chiqarish urushdan keyingi yshtlarda birmuncha rivoj topdi. 50-yillar oxirida respublikada turli vazirlik va idoralar ixtiyorida boʻlgan 3 fabrika, bir necha sexlar ishladi. Hunarmandchilik artellari va yirik mebel sexlari negizida Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon shaharlarida mebel fabrikalari barpo qilindi. 1977-yil Oʻzbekiston mebel va yogʻochsozlik sanoati vazirligi tashkil etildi. Tarmoqni rivojlantirish korxonalarni zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonalarning eksport imkoniyatlarini oshirish, xorijiy firmalar bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish hamda iqtisodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yoʻnalishlarida olib borilmoqda. "YevroOʻz" Oʻzbekiston - Germaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi (1993, aprel). Oʻzbekistonda tayyorlangan mebellar eksporti yoʻlga qoʻyildi. Mebel sanoati har xil mebel yigʻmalari (mehmonxona, oshxona, kabinet, yotoqxonalar mebellari, maktab, tibbiyot, lab. mebellari), milliy mebel (xontaxta, sandiq va boshqalar) namunalarini, hashamatli mebellar yigʻmalarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirgan. https://scientific-jl.com/luch/ 2 3 5 Часть-46_ Том-5_ июнь-2025 Zamonaviy mebelsozlik texnologiyalari sanoat rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Bu texnologiyalar mebel ishlab chiqarishni samarali, sifatli va ekologik jihatdan xavfsiz qilish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda mebelsozlik sohasida qo‘llanilayotgan innovatsion usullar turli xildagi murakkab dizaynlarni tez va aniq bajarishga yordam beradi. Endi zamonaviy mebelsozlik texnologiyalari va ularning ahamiyati haqida batafsil to‘xtalamiz. Birinchi navbatda, kompyuter yordamida loyihalash (CAD – Computer- Aided Design) texnologiyasini eslab o‘tish kerak. Bu dasturiy ta’minot dizaynerlarga mebelning 3D modelini yaratish, uning o‘lchamlarini aniq belgilash va yakuniy ko‘rinishini oldindan ko‘rish imkoniyatini beradi. Bu texnologiya yordamida mebelning har qanday dizaynini mijoz talablariga mos ravishda o‘zgartirish osonlashadi. Keyingi muhim texnologiya - bu CNC dastgohlari (Computer Numerical Contr
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘quvchilarga zamonaviy mebelsozlikda ishlatiladigan yarim tayyor mahsulotlardan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, uning samaradorligi tahlil qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘quvchilarga zamonaviy mebelsozlikda ishlatiladigan yarim tayyor mahsulotlardan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, uning samaradorligi tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlar: mebelsozlik, yarim tayyor mahsulot, texnologiya, texnika, ishlab chiqarish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026