К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING KONSTITUTSIYAVIY MAQOMI VA VAKOLATLARI

Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi · Annotatsiya:Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari, uning ijro etuvchi hokimiyat tizimidagi o‘rni va funksiyalari tahlil qilinadi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va davlat boshqaruvidagi roli yoritiladi. Maqola O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va amaldagi qonun hujjatlariga asoslanib yozilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining davlat boshqaruvidagi muhim o‘rni va vakolatlarini tushunishga yordam beradi. Kalit so’zlar:Ijro hokimiyati,qonun manbalari,qaror,farmoyish,vakolat,xalqaro shartnoma,investitsiya,ijtimoiy himoya. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — mamlakatning ijro etuvchi hokimiyatining oliy organi bo‘lib, davlat siyosatini amalga oshirishda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Vazirlar Mahkamasining vakolatlari Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlarida aniq belgilangan bo‘lib, uning faoliyati davlat boshqaruvining samarali va qonuniy amalga oshirilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XX bobi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bag’ishlanadi. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi hisoblanadi va uning vakolatlari Konstitutsiya hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Vazirlar Mahkamasining faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun Vazirlar Mahkamasining tarkibi, vakolatlari, faoliyatini tashkil etish va boshqarish tartibini belgilaydi. https://scientific-jl.org/obr 2 9 9 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 114-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va vazirlardan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yo‘nalishlari doirasida amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari 115-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va budjet siyosati amalga oshirilishi, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturlarning ishlab chiqilishi hamda bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi; 2) barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, oziq- ovqat xavfsizligini ta’minlash, qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, hududlarni kompleks va barqaror rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi; 3) aholini, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi; 4) atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; https://scientific-jl.org/obr 3 0 0 Выпуск журнала №-70 Часть–8_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 5) yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi, oilani qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash bo‘yicha choralar ko‘radi; 6) fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning ishtirok etishini ta’minlaydi; 7) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 8) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi; 9) ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi; 10) ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyatida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi; 11) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzalarni taqdim etadi; 12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunchilikka muvofiq O‘zbe

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari, uning ijro etuvchi hokimiyat tizimidagi o‘rni va funksiyalari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari, uning ijro etuvchi hokimiyat tizimidagi o‘rni va funksiyalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vakolat, farmoyish, Kalit so’zlar:Ijro hokimiyati, xalqaro shartnoma, ijtimoiy himoya., qonun manbalari, investitsiya, qaror
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники