К содержанию
РецензированоUZ2016

“ISHBILARMON AYOL” KO‘RIK-TANLOVINING XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)

M.D. Kazakova (Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Buxoro davlat texnika universiteti)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2016

Аннотация

Mazkur maqolada 2016-yildan buyon O‘zLiDeP tomonidan tashkillashtirilayotgan “Ishbilarmon ayol” respublika ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyatidagi bosqichlari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan. Maqolada 2016–2021-yillar oralig‘ida Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tanlov bosqichlari, natijalari, g‘oliblari haqida aniq raqam va dalillar berilgan. Kalit so‘zlar: O‘zLiDeP, ishbilarmon ayollar, “Ishbilarmon ayol” tanlovi, tadbirkorlik, fermerlik, xotin-qizlar faolligi, Buxoro viloyati, iqtisodiy rivojlanish, ilg‘or tajriba, ayollarni qo‘llab-quvvatlash. Kirish. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ayollarning tadbirkorlik sohasidagi ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida turli tanlov va dasturlar yo‘lga qo‘yildi. Shu jumladan, 2016-yildan boshlab O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) tomonidan “Ishbilarmon ayol” nomli respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilib, u ayollarning biznesdagi o‘rnini mustahkamlash, ularni rag‘batlantirish va ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib qilish yo‘lida muhim tashabbusga aylandi. Ushbu maqolada aynan Buxoro viloyatida mazkur tanlovning o‘tkazilishi, u orqali erishilgan natijalar va faol ayollar misolida yurt taraqqiyotiga qo‘shilayotgan hissasi haqida so‘z yuritiladi. 2016-yildan boshlab O‘zLiDeP tomonidan respublika miqyosida ishbilarmon ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularni birlashtirish maqsadida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Ushbu tanlov xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlik va fermerlik faoliyatini rivojlantirish, ularning rahbarligidagi xo‘jalik subyektlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish orqali tadbirkorlikning sifat jihatdan yuksalishiga ko‘maklashish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Tanlov Buxoro viloyatida ham faoliyatini endi boshlagan tadbirkor ayollar uchun rag‘batlantiruvchi omil sifatida xizmat qilib, ularning iqtisodiy faolligi va tashabbuskorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Misol tariqasida, ko‘rik-tanlovda o‘tgan davr mobaynida 6 mingdan ziyod buxorolik xotin-qizlar ishtirok yetganligini qayd yetish mumkin1. “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida mustaqillikning 25 yilligiga bag‘ishlab ilk marotaba “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi ta’sis qilindi2. Ushbu tanlov faol, shijoatli, izlanuvchan, tashabbuskor, tadbirkor va fermer xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilib, xotin-qizlarni partiya harakat dasturidan xabardor qilish, bu orqali esa partiya tarafdorlari safini yanada kengaytirishga xizmat qilishi ko‘zda tutildi. O‘zLiDeP Buxoro viloyati Kengashi tomonidan 2016-yil 20-iyulda “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Har bir shahar va tumanlardan munosib ko‘rilgan 3 1 O‘zLiDeP Buxoro viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” joriy arxivi, 2021-yil ma’lumoti. 2 Ўзбекистон Либерал-демократик партияси Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитасининг 2016 йил 25 январдаги 01- 08/16-сонли қарори. 127 nafardan ishtirokchilar Viloyat bosqichi g‘olibligi uchun ishtirok etdi. Ishtirokchilar innovatsion loyihalari, “Eng yaxshi tadbirkor ayol” nominatsiyasi g‘olibligini G‘ijduvon tumani “G‘ijduvon mashhurasi” xususiy korxonasi rahbari Zamira Xaydarovna Safarova, “Eng yaxshi fermer ayol” nominatsiyasi g‘olibligini Jondor tuman “G‘afurova Sidiqa Ziyodullayevna” fermer xo‘jaligi rahbari Sidiqa Ziyadullayevna G‘afurova, “Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi g‘olibligini G‘ijduvon tumani yakka tartibdagi hunarmand, kashtachi Mavluda Ibodullayevna Narzullayeva, “Muruvvatli ishbilarmon ayol” nominatsiyasi g‘olibligini Peshku tumani “Malishoyak” fermer xo‘jaligi rahbari Sanam Jumayevaning fermer xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha erishgan yutuq va natijalari nusxalari, rasm va videolar “Baholash mezonlari” asosida xolis baholandi. 4 ta nominatsiya bo‘yicha yuqori natijaga erishgan ishtirokchilar ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi. Sanam Baqoyevna Jumayeva sovrindor sifatida yuqori baholandi va respublika bosqichiga chiqdi3. Ko‘rik-tanlov ilk marotaba tashkil qilinganligiga qaramasdan tarixiy ahamiyat kasb etdi. 2016-yilda O‘zLiDeP Buxoro viloyati Kengashi a’zolari 13113 nafar kishi bo‘lib, shundan xotin-qizlar 6194 nafar, ya’ni 47 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2017-yilda 17392 nafar kishi a’zo bo‘lib, shundan 8390 nafarini, ya’ni 48 foizini xotin-qizlar tashkil qildi4. 2017-yil tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritayotgan, tashabbuskorligi va intilishi bilan ajralib turgan ishbilarmon ayollar uchun yangilanishlar davri boshlandi. Ayni shu davrda mamlakatimizda kichik biznes subyektlarining soni 120 ming kishidan oshdi5. “Ishbilarmon ayol-2017” Buxoro viloyati bosqichida “Zamonaviy tadbirkor ayol portreti” nominatsiyasida “Billur Tosh Fayz” oilaviy rahbari Nilufar Safarova, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirayotgan fermer ayol” nominatsiyasida “Johongir-Muxritdin” fermer xo‘jaligi rahb

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada 2016-yildan buyon O‘zLiDeP tomonidan tashkillashtirilayotgan “Ishbilarmon ayol” respublika ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyatidagi bosqichlari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada 2016-yildan buyon O‘zLiDeP tomonidan tashkillashtirilayotgan “Ishbilarmon ayol” respublika ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyatidagi bosqichlari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Ishbilarmon ayol” tanlovi, ishbilarmon ayollar, ilg‘or tajriba, iqtisodiy rivojlanish, Buxoro viloyati, ayollarni qo‘llab-quvvatlash., fermerlik, tadbirkorlik, xotin-qizlar faolligi, O‘zLiDeP
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4