К содержанию
РецензированоUZ2026

OILAVIY TARBIYANING MA’NAVIY-AXLOQIY ASOSLARI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Xalmuratova Gulbaxar · Paluaniyazova Feruza

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Maqolada oila shaxsni ijtimoiylashtirish va uning axloqiy-ma’naviy fazilatlarini shakllantirishdagi eng muhim institut sifatida o‘rganiladi. Yoshlarda milliy qadriyatlarni qadrlash, sog‘lom ijtimoiy muhitda voyaga yetish va barqaror jamiyat qurilishida oilaning o‘rni alohida ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar. oila, ma’naviy-axloqiy tarbiya, milliy qadriyatlar, mahalla, ijtimoiy muhit, ota-onalarning mas’uliyati, salbiy holatlarning oldini olish, oilaviy pedagogika, yoshlar, institutsional hamkorlik. Shaxsni ma’naviy-axloqiy jihatdan kamol toptirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash jarayonida oila yetakchi ijtimoiy institut sifatida muhim o‘rin egallaydi. To‘g‘ri shakllangan oilaviy muhitda voyaga yetgan shaxs jamiyatga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lib, milliy qadriyatlarni qadrlash va o‘z milliy o‘zligini saqlashga intiladi. Shu jihatdan qaralganda, oilaning ijtimoiy-ma’naviy muhiti nafaqat shaxs kamoloti, balki butun jamiyat va millat taraqqiyotining hozirgi holati va istiqbolini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi.Ta’kidlash joizki, jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog‘lomligi ko‘p jihatdan oilaviy madaniyat hamda mahallalarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlarga bog‘liqdir. Ilmiy-pedagogik, psixologik, falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, oila bola uchun eng muhim tarbiyaviy muhit bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq- atvor, iroda va dunyoqarash shakllanadi [5]. Bugungi kunda mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni jismonan va ruhan sog‘lom qilib tarbiyalash, jamiyat ravnaq topishida oilaning tutgan o‘rni va ishtirokini yanada oshirish, oilada ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalariga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oilani qadriyat sifatida tavsiflash va jamiyat hayotidagi nufuzini ta’kidlash bilan birgalikda, uning rivojlanish omillarini o‘rganish, ayniqsa, oilada ma’naviyaxloqiy tarbiya ishini muntazam olib borish katta ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masaladir. Oilada ota-onalarning bilimini mustahkamlash orqali barkamol avlodni tarbiyalash, bu boradagi mas’uliyatni yanada oshirish, oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish masalalarida mahalla fuqarolar yig‘inidagi ―Ota-onalar universitetlari‖ning o‘ziga xos vazifalarini e’tirof etish joiz. Bunda otaonalarning yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha huquqiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik, pedagogik va fiziologik bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Ayniqsa, farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ota-onalar bilan ishlash, mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar (jinoyatchilik, jumladan xotinqizlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatlar, notinch oilalar, Shuningdek, mahallalardagi ―Oila-mahalla-ta’lim muassasaci‖ hamkorligi mexanizmlarini kuchaytirish, oilalar, ota-onalar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish va bu borada davlat 162 va jamoat tashkilotlarining faolligini oshirish maqsadga muvofiq [1]. Albatta, har bir oila istiqomat qiladigan makon mahalla bo‘lib, u ayni paytda milliy qadriyatlar maskani hamdir. Bugungi kunda ―Mahalla – ham ota, ham ona‖ degan hikmatli naql fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hisoblanmish mahallalar misolida tobora mustahkamlanib bormoqda. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda mamlakatimiz hayotidagi ulkan o‘zgarishlar ma’naviy tarbiya borasida quyidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi: turli vosita va usullar orqali yoshlarda nafis did hamda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish; - yoshlarni ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlar bilan qurollantirish asosida ularning siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirish; - aholi orasida ijtimoiy sog‘lom muhitni qaror toptirish; - yoshlarni Vatanimizga, milliy g‘oya va an’analarimizga sadoqatli qilib tarbiyalash; - millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash; - yoshlarda sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatni rivojlantirish; - yoshlarni g‘oyaviy kurashuvchan ruhda tarbiyalash va ularda mafkuraviy immunitetni yuksaltirish; - yoshlarning o‘z Vatani va xalqi, shuningdek tabiat va jamiyat oldidagi mas’uliyat hissini oshirish.

Доказательный фрагмент

«Maqolada oila shaxsni ijtimoiylashtirish va uning axloqiy-ma’naviy fazilatlarini shakllantirishdagi eng muhim institut sifatida o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada oila shaxsni ijtimoiylashtirish va uning axloqiy-ma’naviy fazilatlarini shakllantirishdagi eng muhim institut sifatida o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yoshlar, oilaviy pedagogika, oila, institutsional hamkorlik., salbiy holatlarning oldini olish, ijtimoiy muhit, ota-onalarning mas’uliyati, mahalla, milliy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy tarbiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4