К содержанию
РецензированоEN2026

AVTOBIOGRAFIK DISKURSDA MAQOLLARNING LINGVOMADANIY AHAMIYATI

Azimova Yulduz Baxtiyor qizi · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat · Азимова Юлдуз Бахтиёровна · Yulduz Bakhtiyorovna Azimova (Докторант Ташкентский государственный университет)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

The article analyzes the role of proverbs in autobiographical discourse as a means of expressing cultural identity, collective memory, and national mentality. Proverbs function as significant linguocultural units through which the author connects personal experience with traditional values and worldview. Keywords: autobiographical discourse, proverb, linguocultural unit, cultural code, identity, folk wisdom Avtobiografik diskurs shaxs xotirasi, hayotiy tajribasi va o‘zligini til orqali ifodalashning muhim janri hisoblanadi. Ushbu janrda qo‘llaniladigan maqollar esa muallifning madaniy ildizlari, milliy dunyoqarashi va jamiyatga bo‘lgan munosabatini ifoda etishda beqiyos vositadir. Maqollar yordamida shaxsiy voqeliklar umumxalq tajribasi bilan uyg‘unlashtiriladi, ya’ni individual xotira kollektiv xotira bilan boyitiladi. Avtobiografik diskurs — bu muallifning o‘z hayoti, tajribasi va ichki dunyosini til orqali ifodalash jarayoni bo‘lib, u subyektivlik, retrospektivlik va madaniy kontekst bilan chambarchas bog‘liqdir1. Bunday diskursda til vositalarining, ayniqsa, frazeologik birliklarning, xususan maqollarning qo‘llanilishi, shaxsiy xotirani ijtimoiy-madaniy kod orqali ifodalash imkonini beradi. Maqollar lingvomadaniy birliklar sifatida nafaqat estetik vosita, balki madaniy tafakkur, 1 Lejeune, P. On Autobiography. Minneapolis: University of Minnesota Press, 1989. 71 axloqiy qadriyatlar va tarixiy ongni ifodalovchi semantik kodlardir. Avtobiografik matnlarda maqollar orqali inson o‘z hayotidagi voqealarni xalq donishmandligi bilan bog‘lab talqin qiladi. Bu esa matnga ishonchlilik, chuqurlik va milliylik ruhi baxsh etadi. Masalan, “Ko‘rmagan ko‘rsa, xudodan qolur” kabi maqollar muallifning hayotiy saboqlarini xalq og‘zaki ijodi orqali umumlashtirishga xizmat qiladi. Bu jihatdan maqollar avtobiografik diskursda madaniy identitet, milliy ruh, mentalitet ifodachisi bo‘lib xizmat qiladi. Maqollar tilning passiv emas, balki faol lingvomadaniy resursi sifatida shaxs identitetini ifodalovchi, uning tajribasini xalq donishmandligi bilan uyg‘unlashtiruvchi vosita vazifasini bajaradi. Maqollarning avtobiografik diskursdagi kommunikativ-funktsional o‘rni deganda avtobiografik matnlar faqat biografik ma’lumotlar to‘plami emas, balki muallifning madaniy xotirasi, diskursiv pozitsiyasi va ideologik dunyoqarashining ifodasidir2. Maqollar bunday matnlarda intertekstuallik va interkulturalizmni kuchaytiruvchi semantik belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, “Bosh egilsa, yelka kesilmaydi” maqoli muallifning tarixiy bosimlar ostidagi sabr-toqatini, o‘zligini yo‘qotmaganligini obrazli ifodalash vositasi sifatida xizmat qiladi. Maqollar orqali avtobiografik diskurs kollektiv xotira bilan uyg‘unlashadi: muallif o‘z hayoti voqealarini nafaqat individuallik bilan, balki ijtimoiy-madaniy mazmun orqali umumlashtiradi. Bu esa matnni o‘quvchi uchun yanada tushunarli, qabul qilinadigan va milliy xotira bilan rezonanslashuvchi holga keltiradi. Maqollar lingvokulturologik birliklar sirasiga kiradi. Ular xalq tafakkuri, qadriyat tizimi, etik normalar va tarixiy tajribalarning konsentrlashgan ifodasidir3. Avtobiografik matnda maqollar yordamida muallif o‘z fikrini kontekstga mos va madaniy asoslangan tarzda ifodalaydi, o‘z hayotini xalq maqollari bilan tasdiqlaydi va sharhlaydi o‘z tajribasini xalq donishmandligi asosida birlashtiradi. Maqollar — bu diskursiv strategiya bo‘lib, ular orqali muallif o‘z xotirasi va shaxsiy pozitsiyasini ijtimoiy-madaniy muhit bilan bog‘laydi4. Ushbu tahlil quyidagi nazariy tamoyillarga tayangan:  Diskurs nazariyasi (Foucault, 1972): matnlar faqat til ifodasi emas, balki bilim va hokimiyat tizimlaridir;  Lingvokulturologiya (Vereschagin & Kostomarov, 1990): til va madaniyatning o‘zaro ta’siri va o‘zviy bog‘liqligi;  Kognitiv tilshunoslik (Lakoff & Johnson, 1980): til — bu inson tajribasining konseptual modeli;  Xotira nazariyasi5 shaxsiy xotira har doim ijtimoiy xotira doirasida shakllanadi. Avtobiografik diskursda maqollar nafaqat estetik vosita, balki madaniy identifikatsiya, etnik ong, axloqiy mezon va shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi diskursiv birlik sifatida xizmat qiladi. Muallif maqollar yordamida o‘z tajribasini xalqqa xos mentalitet bilan uyg‘unlashtirib, milliy xotira va umumiy qadriyatlar tizimiga qo‘shiladi. Bu esa avtobiografik matnni zamonaviy lingvistik va madaniy tadqiqotlar doirasida o‘rganishga asos yaratadi. Maqollar (paremiologiya) o‘zbek tilshunosligida ham alohida e’tibor qaratilgan 2 Smith, S., & Watson, J. Reading Autobiography: A Guide for Interpreting Life Narratives. University of Minnesota Press, 2010. 3 Karasik, V.I. Yazykovoy krug: lichnost', kontsepty, diskurs. Volgograd: Peremena, 2004. 4 Wierzbicka, A. Understanding Cultures through their Key Words. Oxford University Press, 1997. 5 Halbwachs, M. La mémoire collective. Paris: Presses Universitaires de France, 1950. 72 mavzulardan biri bo‘lib, bu sohada bir qancha taniqli olimlar izlanishlar olib borgan. Quyida maqollarni

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the role of proverbs in autobiographical discourse as a means of expressing cultural identity, collective memory, and national mentality.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the role of proverbs in autobiographical discourse as a means of expressing cultural identity, collective memory, and national mentality. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
autobiographical discourse, proverb, linguocultural unit, cultural code, xalq donishmandligi, avtobiografik diskurs, lingvomadaniy birlik, maqol, madaniy kod, identitet
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4