К содержанию
РецензированоUZ2017

XALQARO INDEXLARDA O’ZBEKISTONDA ELEKTRON HUKUMAT TIZIMINING TUTGAN O’RNI

TIZIMINING TUTGAN O’RNI · Qurbonov Shoxrux Quvondiqovich

Наука и технология в современном мире · 2017

Аннотация

Mazkur maqolada xalqaro indexlarda O’zbekistonda elektron hukumat tizimining tutgan o’rni haqida ma’lumotlar yoritib berilgan.O’zbekiston elektron hukumat tizimining boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda baholanishi haqida fikrlar keltirilgan. Ushbu tashkilotlarning baholash mezonlari orasida davlat xizmatlarining raqamlashtirish darajasi, fuqarolar va biznes subyektlari uchun elektron xizmatlarning mavjudligi va sifati, ma’muriy jarayonlarning shaffofligi, ma’lumotlarning ochiq va erkin olinish imkoniyatlari, kiberxavfsizlik darajasi va raqamli savodxonlik ko‘rsatkichlari haqida asoslab berilgan. KALIT SO’ZLAR Elektron hukumat, raqamlashtirish, davlat boshqaruvi, raqamli savodxonlik, IKT. Zamonaviy dunyoda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va fuqarolar bilan muloqotni takomillashtirish maqsadida elektron hukumat tizimlarining joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Elektron hukumat konsepsiyasi davlat xizmatlarini raqamlashtirish, ma’muriy jarayonlarni avtomatlashtirish va shaffoflikni ta’minlash orqali boshqaruv tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan strategik yondashuvdir. O‘zbekiston Respublikasi ham bu global tendensiyalar doirasida o‘z elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirmoqda. Mamlakatda 2017-yildan boshlab amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar davri elektron hukumat sohasida ham muhim o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish, “yagona darcha” prinsipini joriy etish, elektron hujjat aylanishini tashkil etish va fuqarolar uchun qulay elektron platformalar yaratish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan choralar mamlakat elektron hukumat rivojlanish darajasining xalqaro reytinglarda aks etishiga olib keldi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan baholash jarayonlari O‘zbekiston elektron hukumat tizimining rivojlanish sur’atlarini va erishilgan yutuqlarni obyektiv ko‘rsatib bermoqda. O‘zbekiston elektron hukumat tizimini bir nechta nufuzli xalqaro tashkilotlar muntazam ravishda baholaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining Elektron Hukumat Rivojlanish Indeksi orqali mamlakatlarning raqamli boshqaruv tizimlarini baholaydi. Bu indeks onlayn xizmatlar subindeksi, telekommunikatsiya infratuzilmasi subindeksi va inson kapitali subindeksidan tashkil topadi. Jahon Banki o‘zining “Raqamli hukumat barometr” loyihasi doirasida mamlakatlarning raqamli transformatsiya jarayonlarini baholaydi va raqamli identifikatsiya, raqamli to‘lovlar hamda raqamli platformalar kabi yo‘nalishlarda tahlillar olib boradi. Jahon Iqtisodiy Forumi o‘zining “Global Raqobatbardoshlik Hisoboti”da raqamli infratuzilma va texnologiyalardan foydalanish darajasini baholaydi. Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi (ITU) mamlakatlarning IKT rivojlanish indeksini tayyorlaydi va bu indeks elektron hukumat rivojlanishining muhim komponentlarini o‘z ichiga oladi. OECD 154 ` tashkiloti ham o‘zining “Raqamli hukumat ko‘rsatkichlari” orqali a’zo bo‘lmagan mamlakatlar, jumladan O‘zbekistonni ham baholaydi. Ushbu tashkilotlarning baholash mezonlari orasida davlat xizmatlarining raqamlashtirish darajasi, fuqarolar va biznes subyektlari uchun elektron xizmatlarning mavjudligi va sifati, ma’muriy jarayonlarning shaffofligi, ma’lumotlarning ochiq va erkin olinishi imkoniyatlari, kiberxavfsizlik darajasi va raqamli savodxonlik ko‘rsatkichlari mavjud. O‘zbekistonning davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi yutuqlari bir qator xalqaro reytinglarda ijobiy o‘zgarishlar shaklida o‘z aksini topgan. “my.gov.uz” yagona davlat xizmatlar portali orqali 400 dan ortiq elektron xizmat ko‘rsatilayotgani BMT Elektron Hukumat Indeksida mamlakatning onlayn xizmatlar bo‘yicha reytingini sezilarli darajada yaxshilashga olib keldi. BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index) mamlakatlarning elektron hukumatni qurish va raqamlashtirishdagi yutuq va kamchiliklarini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zgu sanaladi. Yangi e’lon qilingan reytingda (UN E-Government Survey 2022) an’anaviy yetakchilar deyarli o‘zgarmadi: Daniya, Finlyandiya, Janubiy Koreya bosh uchlikda. Ahamiyatli jihati, har ikki yilda yangila-nadigan ushbu reytingda O‘zbekiston bir yo‘la 18 pog‘ona yuqorilab, jahon mamlakatlari orasida 69-o‘rinni egalladi. Bu mamlakatning elektron hukumatni qurish tarixidagi shu paytgacha e’tirof etilgan eng yaxshi natijasi. Solishtirish uchun: 2012 yilda mamlakat 91-o‘rinda (indeks 0,5099), 2014 yilda 100-o‘rin da (0,4695), 2016 yilda 80-o‘rinda (0,5434), 2018 yilda 81-o‘rinda (0,6207), 2020 yilda 87-o‘rinda (0,6665) bo‘lgan. Shunisi e’tiborga molikki, o‘tgan yillar davomida, garchi O‘zbekistonning elektron hukumatni rivojlantirish indeksi tinmay o‘sib, ya’ni yaxshilanib borsa-da, reytingdagi o‘rni pasayishda davom etgan. Bu bizdan o‘zib ketgan mamlakatlar-da o‘sish sur’ati nisbatan yuqoriroqligi bilan izohlanadi. 2022-yilgi reytingda mamlakatimiz “katta sakrash”dan tashqari, indeks k

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada xalqaro indexlarda O’zbekistonda elektron hukumat tizimining tutgan o’rni haqida ma’lumotlar yoritib berilgan.O’zbekiston elektron hukumat tizimining boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan muntazam ravi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada xalqaro indexlarda O’zbekistonda elektron hukumat tizimining tutgan o’rni haqida ma’lumotlar yoritib berilgan.O’zbekiston elektron hukumat tizimining boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan muntazam ravi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamlashtirish, IKT., davlat boshqaruvi, raqamli savodxonlik, Elektron hukumat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
WORKING ON PERSIAN WORDS IN PRIMARY EDUCATION

Международный журнал искусственного интеллектаIsakov ZakirjonSolievich2025

10
[2]ТехникаRUРецензированоОткрытый доступ
NAVOIY IN THE EYES OF MODERN SCHOLARS

Международный журнал искусственного интеллектаNAVOIYINTHEEYESOF MODERNSCHOLARS, Abduhakimova Umida2025

8
CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти