К содержанию
РецензированоUZ2026

PENSIYA TAYINLASHDA ISH ATAJINING AHAMIYATI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI

Jasur Abdug‘afforov · Jasur Abdugaffarov (sheriklik institutlari.)

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalasi zamonaviy mehnat huquqining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tezisda ijtimoiy sheriklik institutining mehnat munosabatlaridagi ahamiyati, uning huquqiy asoslari va takomillashtirish yo‘nalishlari sohadagi bir qancha taniqli olimlar nuqtayi nazaridan kelib chiqib tahlil qilinadi. Shuningdek, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning xalqaro tajribasi o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari milliy mehnat qonunchiligini rivojlantirishga, ijtimoiy sheriklik tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: ijtimoiy sheriklik, jamoaviy muzokara, uch tomonlama hamkorlik, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar birlashmalari, jamoa shartnomalari, mehnat nizolari, ijtimoiy sheriklik institutlari. SPECIFIC ASPECTS OF RESEARCH ON THE LEGAL REGULATION OF SOCIAL PARTNERSHIP RELATIONS IN THE FIELD OF LABOR Jasur Abdugaffarov abdugaffarovjasur078@gmail.com Tashkent State Law University Annotation: The issue of legal regulation of social partnership relations in the labor sphere is one of the most relevant areas of modern labor law. This thesis analyzes the importance of the Institute of social partnership in Labor Relations, its legal framework and directions of improvement from the point of view of several prominent scientists in the field. Also, the international experience of social partnership in the field of Labor is studied and proposals for the development of effective mechanisms in the conditions of Uzbekistan are put forward. The results of the study serve to develop national labor legislation, improve the system of social partnerships. Keywords: social partnership, collective bargaining, tripartite cooperation, trade unions, employer associations, collective agreements, labor disputes, social partnership institutions. Dissertant O’zbekistonda so’nggi yillarda mehnat huquqi yo’nalishida dissertatsiyaviy izlanishlar olib borgan bir qator nufuzli olimlarning ilmiy ishlarining muhim jihatlarini quyida tahlil qilgan holda, mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarining tadqiq etilish holati haqida ba’zi xulosalarga keldi. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yarashev Bobomurod Chalgashevich “Mehnat munosabatlarini lokal huquqiy tartibga solish” mavzusidagi dissertatsiya ishida ish beruvchi lokal huquq ijodkorligining asosiy subyekti hisoblanishini ma’lum qilgan. Shuningdek, olim fikricha ish beruvchi o‘z vakolati doirasida lokal normativ hujjatlarni qabul qilishi mumkin bo’lib, mehnat qonunchiligida bevosita ko‘zda tutilmagan lokal hujjatlar to‘liq ish beruvchi irodasiga bog‘liq bo‘ladi [1]. 24 B.Yarashevga fikricha lokal huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid qonun hujjatlarining faol ishlashini ta’minlashda ko‘maklashadi. Amaliyotda ko‘p hollarda ichki mehnat tartibi qoidalarining belgilangan tarzda rasmiylashtirilmaganligining guvohi bo‘lamiz. Korxona rahbarlari ichki mehnat tartibi qoidalarini yakka tartibda tasdiqlagani xolatlari ham uchrab turadi. Mazkur holat lokal normativ hujjatning shunchaki noto‘g‘ri rasmiylashtirilibgina qolishini anglatmay, kelgusida u bilan bog‘liq qarorlarning noqonuniy deb topilishiga asos bo‘ladi. Bundan tashqari xodimning ahvolini yomonlashtiruvchi holatlar o‘z-o‘zidan haqiqiy sanalmagani singari lokal hujjat sifatida ichki mehnat tartibi qoidalari javobgarlikni belgilash masalasida qonunchilikda o‘rnatilgan chegaradan chetga chiqmasligi lozim. Aks holda ichki mehnat tartibi qoidalari o‘z normativ ahamiyatini yo‘qotadi. Mehnat kodeksining 12-moddasida mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar sifatida: jamoa kelishuvlari; jamoa shartnomalari; ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlar; ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlardan iborat ekanligi belgilab qo’yilgan. Biroq, Mehnat kodeksining biror qismida lokal normativ hujjatlar tushunchasiga duch kelmaysiz. Bugungi kunda lokal normativ hujjatlar tushunchasi norasmiy tilda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni anglatadi. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Maxamatov Maxmud Maxamataminovich “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorligining xalqaro- huquqiy asoslari” mavzusidagi dissertatsiyasida yurtimizda mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlari va uning taraflari haqida muhim fikrlarni ilgari suradi [2]. Ushbu tadqiqotda olim XMT faoliyati mohiyatini tashkil etuvchi tripartizm prinsipi asosida hamkorlik olib boruvchi tuzilmalar: hukumat, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi XMT amaliyotida ijtimoiy sheriklik termini bilan qo‘llanishini ma’lum qiladi. M.Maxamatov O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorligining asosiy shakllari ham rivojlanish bosqichlari kabi

Доказательный фрагмент

«Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalasi zamonaviy mehnat huquqining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalasi zamonaviy mehnat huquqining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social partnership, collective bargaining, tripartite cooperation, trade, pensiya tizimi, davlat pensiya ta'minoti, mehnat daftarchasi, ijtimoiy himoya, huquqiy asoslar, ish staji, mehnat qonunchiligi, imtiyozli ish staji.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4