К содержанию
РецензированоUZ2026

DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAVIY XAVFLARNI ANIQLASH, BAHOLASH VA BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Zokirov Shoxruxbek Zohidjon o‘g‘li

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Tezisda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarishning mavjud huquqiy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Qonunlar, Prezident farmonlari va yillik dasturlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishning institutsional va huquqiy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni tizimli boshqarish imkonini yaratishi tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: Korrupsiya, korrupsiyaviy xavf, davlat boshqaruvi, huquqiy asos, xalqaro ichki nazorat, qonun, Prezident farmoni, davlat dasturi. Kirish. Mavjud qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari va mexanizmlari belgilangan bo‘lsa-da, huquqiy normalarni real hayotda amalda qo‘llash imkoniyatlari hali ham yetarli emas. Shu sababli, qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish, bir-birini takrorlovchi yoki qarama-qarshi normalarni muvofiqlashtirish orqali normativ- huquqiy bazani yanada izchil va amaliy holatga keltirish zarur. Bugungi kunga kelib mamlakatizmida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha 20 ta normativ huquqiy-hujjatlar qabul qilindi1. Lekin so‘ngi yillardagi statistikaga yuzlansak korrupsiya yana ham jadal suratlarda tomir otganini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Ya’ni, so‘ngi yillarda O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga yеtkazilgan moddiy zarar miqdori oshib bordi (Qarang 1-ilova). Asosan zarar davlat xaridlari sohasida keltirilgani ham ahamiyatli (Qarang 2-ilova). Shuningdek, korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan shaxslar dinamikasi ham hali ortga qaytganicha yo‘q (Qarang 3-ilova). To‘g‘ri buni bugungi kunda korrupsiyaga oid jinoyatlarni fosh etishda qator yutuqlarga errishayotganimiz bilan izohlashimiz ham mumkin. Lekin, bu statistikani pasaytirish bizning vazifa va maqsadizmi hisoblanadi. Yuqoridagi 20 ta normativ-huquqiy-hujjatdan ayrimlari aynan davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va ularni baholash kabi masalalarni tartibga solishi bilan ham ahamiyatli. 1 https://gov.uz/oz/uzbmb/pages/corr-doc 93 Asosiy qism. Hozirgi kunda davlat boshqaruvida korrupsiyani aniqlash, bartaraf etish va baholash bo‘yicha 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni2 muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Biroq, bu qonun boshqa qonun hujjatlari bilan tizimli uyg‘unlashgan bo‘lishi va aniq ijro mexanizmlarini o‘z ichiga olishi lozim. Shu bilan birga, sohadagi yangi xavflar va tendensiyalarni inobatga olgan holda, normativ-huquqiy bazaning doimiy ravishda yangilanib borishi muhim. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son qonunida3 ham Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator vazifalalr belgilangan. Ya’ni unga ko‘ra davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligi, davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat o‘tkazilishini ta’minlash, davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimini joriy etish, davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan sovg‘alar olish va berish tartibini belgilash, davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini yoki moddiy ta’minot olishini va rag‘batlantirilishini ta’minlash kabilardan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf- xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik 2 O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni. https://lex.uz/mact/-3088008 3 O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni. https://www.lex.uz/uz/docs/-6145972 94 ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarorida4 Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF- 200-sonli farmonida5 esa Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi belgilangani ushbu sohadagi yangi bosqichlardan biri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF- 6013-son farmonida6 davlat xizmatiga halollik standarti (“halollik vaksinasi”) va manfaatlar to‘qnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda ko‘maklashish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish, shuningdek, ularga rioya etilishi ust

Доказательный фрагмент

«Tezisda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarishning mavjud huquqiy asoslari chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tezisda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarishning mavjud huquqiy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy asos, davlat dasturi., xalqaro ichki nazorat, qonun, Prezident farmoni, korrupsiyaviy xavf, davlat boshqaruvi, Korrupsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4