Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MIRZO ULUGʻBEK FOJIASI DRAMASIDA FRAZEOLOGIZMNI OʻRNI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Olimova Ruxshona Ravshan qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulugʻbek fojiasi” dramasida ishlatilgan frazeologizmlarning badiiy-funksional vazifasi tahlil qilinadi. Asarda qoʻllangan frazeologik birliklar obrazlarning ichki kechinmalari, xarakter xususiyatlari va davr ruhiyatini ifodalashda muhim vosita sifatida namoyon boʻlgan. Shuningdek, frazeologizmlar muallifning milliy til boyligiga munosabatini ham yoritib beradi. Kalit soʻzlar: Frazeologizm, dramatik nutq, badiiy til, obraz, ekspressivlik, xalq ogʻzaki ijodi. Adabiyot tilining ifoda imkoniyatlari kengayib borayotgan bir davrda dramatik asarlarda frazeologik birliklarning tutgan oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tarixiy dramatik asarlarda frazeologizmlar obrazlarning ichki olami, ijtimoiy-siyosiy muhit va milliy ruhni ifodalashda kuchli badiiy vosita boʻlib xizmat qiladi. Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulugʻbek fojiasi” asarida ham bunday frazeologik birliklarning funksional roli yuksak darajada namoyon boʻladi. Maqsud Shayxzoda dramada frazeologizmlarni obrazlarning nutqiy shaklida emotsionalliknii yorqin ifodalaydi. Masalan, Mirzo Ulugʻbekning ruhiy iztiroblari tasvirida ishlatilgan “koʻngli gʻash”, “qalbi tilka-tilka” kabi birikmalar orqali ichki kechinmalar emotsional bo‘yoqlar bilan ifodalanadi. “Menimcha, farzandim qalbimni tilka-tilka qilmoqda...” – deydi Ulugʻbek ogʻir sinovlar oldida. Bu yerda “qalbimni tilka-tilka qilish” frazeologizmi ruhiy iztirob va ogʻriqni kuchli ifodalaydi. Bunday birikmalar nutqni taʼsirchanligini oshiradi. Obrazlar xarakterini ochishda ishlatilgan frazeologizmlar dramatik asarning badiiy qatlamini boyitadi. Masalan, Abdulatif obrazini yoritishda muallif “koʻzboʻyamachilik”, “tovon toʻlash” kabi iboralarni qoʻllaydi. Bu birikmalar obrazning ikkiyuzlamachi, maqsadi yoʻlida har qanday vositaga tayyor shaxs ekanini anglatadi. Shuningdek, Nizomiddin obrazida uchraydigan “ogʻzidan balo chiqdi”, “suvni loyqitdi” kabi frazeologik birikmalar uning ijtimoiy muhitda nizoga sabab boʻluvchi va salbiy kuch sifatida gavdalanishini taʼminlaydi. Dramadagi frazeologizmlar oʻz davrining ijtimoiy-tarixiy kontekstini aks ettiradi. Xususan, “taxt talash”, “taqdirga tan bermoq”, “menga bitilgan yovuz qismat” kabi frazeologik birliklar voqealar tarixiy dramatizmini kuchaytiradi. Ular orqali o‘quvchi nafaqat qahramonlar kechinmalarini, balki o‘sha davrdagi ziddiyatlarni ham anglaydi. Maqsud Shayxzoda dramada xalq ogʻzaki ijodidan olingan frazeologizmlardan ustalik bilan foydalanadi. Bu, bir tomondan, asarga milliy ruh bagʻishlasa, ikkinchi tomondan, obrazlar tilini jonli va ishonarli qiladi. Masalan, “dilini yeb qoʻymoq”, “el ogʻziga tushmoq” kabi iboralar xalqona hayot tajribasini obrazlar ruhiy holati bilan uygʻunlashtiradi. Xulosa “Mirzo Ulugʻbek fojiasi” dramasida frazeologik birliklarning tutgan oʻrni beqiyosdir. Ular asarning badiiy-estetik qiymatini oshiribgina qolmay, obrazlarning ichki kechinmalari va 4 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si xarakter xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, frazeologizmlar muallifning tilga boʻlgan eʼtibori, milliylikka sadoqati va dramatik nutqning badiiy darajasini ko‘rsatadi. Maqsud Shayxzoda frazeologizmlardan nafaqat bezak sifatida, balki maʼno va obraz yaratish vositasi sifatida foydalangan.
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulugʻbek fojiasi” dramasida ishlatilgan frazeologizmlarning badiiy-funksional vazifasi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulugʻbek fojiasi” dramasida ishlatilgan frazeologizmlarning badiiy-funksional vazifasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekspressivlik, xalq ogʻzaki ijodi., Frazeologizm, dramatik nutq, badiiy til, obraz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026