Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
TO’PGULLAR ULARNING TUZULISHI VA TIPLARI
Sheraliyev Anvarjon
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This thesis explores the significance of inflorescences in botany, their structure, types, and biological importance. It analyzes the classification, morphological features, and ecological roles of inflorescences, using examples of common plant species. Kalit soʻzlar: Toʻpgullar, tuzilishi, tiplari, botanika, o‘simliklar morfologiyasi Ключевые слова: Соцветия, строение, типы, ботаника, морфология растений Keywords: Inflorescences, structure, types, botany, plant morphology O‘simliklarning gullashi va ko‘payishi ularning hayotiy tsiklining eng muhim bosqichlaridan biridir. Gullar esa ko‘pincha yolg‘iz holda emas, balki guruh bo‘lib, ya’ni toʻpgullar holida joylashadi. Toʻpgul – bu o‘simlikning maxsus organi bo‘lib, bir necha gulning muayyan tartibda joylashuvi bilan hosil bo‘ladi. Uning shakllanishi, tuzilishi va turlari o‘simlikning evolyutsion rivojlanishida va changlanish samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Toʻpgullar nafaqat o‘simliklarning tashqi ko‘rinishini belgilaydi, balki ular changlanuvchilarni jalb qilish, urug‘lanish jarayonini samarali tashkil etish hamda ba’zi hollarda o‘simliklarning hayot siklida muhim ekologik moslashuv shakli sifatida xizmat qiladi. Turli o‘simlik oilalarida toʻpgullarning rang-barangligi ularning sistematikasini aniqlashda muhim morfologik belgilar sifatida qaraladi. Toʻpgullar – bir necha gullarning bir joyda muayyan tartibda joylashgan holda o‘sib chiqishidir. Ular o‘simliklarning changlanish va ko‘payish jarayonini soddalashtiradi, changlanuvchilarni jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. Toʻpgulning shakllanishi o‘simlikning genetik xususiyatlari, ekologik omillar va evolyutsion jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq. Har bir toʻpgul bir nechta asosiy qismlardan iborat: O‘q (asosiy poya): Toʻpgulning markaziy qismi bo‘lib, unga gullar biriktiriladi. Bu o‘q to‘g‘ri, egilgan yoki tarmoqlangan bo‘lishi mumkin. Gullar: Toʻpgulning asosiy elementlari bo‘lib, ular o‘qda muayyan tartibda joylashadi. Gullar bir jinsli yoki ikki jinsli bo‘lishi mumkin. Brakteyalar (gultojilar): Ayrim toʻpgullarda har bir gul ostida joylashgan maxsus bargsimon tuzilmalar bo‘lib, ular himoya yoki changlanuvchini jalb qilish vazifasini bajaradi. 2.Toʻpgullar odatda ikki asosiy turga bo‘linadi: oddiy va murakkab toʻpgullar. A) Oddiy toʻpgullar: Bu toifa toʻpgullarda bitta asosiy o‘q bo‘ladi va barcha gullar ana shu o‘q bo‘ylab joylashadi. Boshoq (spica): Gullar o‘qda bandlarsiz (sessil) tarzda joylashadi. Masalan: bug‘doy, javdar. Guldasta (raceme): Gullar bandli bo‘lib, o‘qqa ketma-ket joylashadi. Masalan: turp, ismaloq. Soyabon (umbel): Barcha gullar bir nuqtadan boshlanadi, bandlar bir xil uzunlikda. Masalan: sabzi, selderey. Boshoqcha (spadix): Qalinlashgan o‘q atrofida bandlarsiz gullar bo‘ladi, ko‘pincha gultojlar bilan o‘ralgan. Masalan: kalla guli. Bargli 18 (capitulum yoki head): Ko‘p sonli kichik gullar bir tekislikda joylashadi, umumiy poyaning ustki qismida. Masalan: kungaboqar, romashka. B) Murakkab toʻpgullar: Murakkab toʻpgullar oddiy toʻpgullarning takroriy shoxlanishidan hosil bo‘ladi. Murakkab boshoq: Har bir yon shoxchada yana boshoqlar joylashgan. Masalan: bug‘doy. Murakkab soyabon: Har bir asosiy so‘rg‘ichda yana kichik soyabonchalar bor. Masalan: sabzi, arpabodiyon. Murakkab guldasta: Yon shoxchalarda yana guldasta shaklidagi kichik to‘pgullar bor. Masalan: pista, jo‘ka. 3. Toʻpgullarning biologik va ekologik ahamiyati: Toʻpgullar o‘simliklar uchun biologik afzalliklarni taqdim etadi. Ularda gullar bir joyda jamlangani sababli: Changlanuvchilar (ari, kapalak va boshqalar) osonlik bilan ko‘proq gulga bir vaqtda tashrif buyuradi, bu esa changlanish samaradorligini oshiradi. Toʻpgullarning zich joylashuvi changning havoga yoki hasharotlarga oson tarqalishini ta’minlaydi. Ayrim o‘simliklar, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida ekiladigan donli ekinlar (masalan, bug‘doy, javdar) o‘z hosildorligini aynan toʻpgul tuzilmasi orqali oshiradi. 4. Toʻpgullarning o‘simlik sistematikasidagi roli Toʻpgullarning shakli va tuzilishi o‘simliklarning oilalarga bo‘linishida muhim morfologik belgilar hisoblanadi. Masalan: Murakkab guldosh o‘simliklar (Asteraceae) oilasining barcha a’zolari bir xil turdagi – bargli toʻpgulga ega. Soyabonsimon toʻpgullar esa odatda Seldereysimonlar (Apiaceae) oilasi vakillarida uchraydi. Donli boshoqlar – Bug‘doydoshlar (Poaceae) oilasiga xos. Toʻpgullar orqali o‘simliklarning moslashuvi: Toʻpgul shakli, hajmi va joylashuvi o‘simliklarning yashash joyiga moslashishida ham katta rol o‘ynaydi. Masalan: Katta soyabonsimon yoki boshoqsimon toʻpgullar ochiq maydonlarda shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar uchun mos keladi. Yorqin rangli, zich bargli toʻpgullar esa changlanuvchi hasharotlarni jalb etishga moslashgan bo‘ladi. Tungi changlanuvchilarga moslashgan o‘simliklarda esa gullar oq rangli va toʻpgul shakli hid tarqatishni qulaylashtiradigan tuzilmaga ega bo‘ladi. Shu tarzda toʻpgullarning shakli, rang-barangligi va tuzilishi nafaqat biologik ahamiyatga, balki
Доказательный фрагмент
«This thesis explores the significance of inflorescences in botany, their structure, types, and biological importance.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis explores the significance of inflorescences in botany, their structure, types, and biological importance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Inflorescences, structure, types, botany, plant morphology, Toʻpgullar, tiplari, tuzilishi, o‘simliklar morfologiyasi, botanika
Смежные источники
Экономика и инновационные технологииНаргиза Рашидова, Ахрор Абдуллаев2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025