К содержанию
РецензированоRU2026

Перспективы использования электронных ресурсов в образовательном процессе

OF VETERINARY MEDICINE (SAMARKAND STATE UNIVERSITY) · LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES (SAMARKAND STATE UNIVERSITY) · TA’LIM JARAYONIDA ELEKTRON RESURSLARDAN (SAMARKAND STATE UNIVERSITY) · FOYDALANISHNING ISTIQBOLLARI (SAMARKAND STATE UNIVERSITY) · Nabiyev Feruz Abdumannonovich (SAMARKAND STATE UNIVERSITY)

in Library · 148 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada fanlarga oid ma’lumotlar bazasini o‘zlashtirishda informatika faniga oid dasturlar,resurslar, innovatsion metodlarning xususiyatlari ko‘rsatib berilgan. Fanlar va ularning ma’lumotlar bazasini o‘zlashtirish jarayonini soddalashtirish, ularning resurslarini tushunib olishga oid jarayonni ixchamlashtirish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Shu boisdan mazkur maqolada elektron resurslarning foydali xususiyatlari bayon qilingan. Kalit so‘zlar: Elektron o’quv nashrlari, Multimediali o’rgatuvchi dasturlar, Elektron darsliklar, Ekspert resurslari, Hisoblash resurslari, Servis resurslari. Kirish: Hozirda elektron ta’lim resurslar ta’lim tizimining barcha sohalariga jadal sur’atlar bilan kirib kelayotganligi, ular imkoniyatidan samarali foydalangan holda talabalarning o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtirish samaradorligini oshirishga e’tibor berish kerakligini ko’rsatmoqda. Kasb-hunar ta’limida kichik mutaxassislarni tayyorlashda maxsus fanlarni chuqur o’zlashtirish juda muhim, chunki o’qituvchi o’z fanini chuqur bilgan, undagi yangiliklarni vaqtida ilg’ay olgan va o’z faoliyatiga ijodiy yondoshgandagina o’quvchilarni o’z fani bilan qiziqtira oladi va puxta bilim bera oladi. Asosiy qism: Rossiya tadqiqotchilari tomonidan 7 ta banddan iborat elektron ta’lim ashyolari sinfi ishlab chiqilgan. Ushbu klassifikasiyaga muvofiq 33 % o’quv uslubiy, 34 % o’rgatuvchi va faqat 23 % dasturiy elektron ta’lim resurslaridir. Ushbu elektron 12 - 13 March 2025 340 SAMARKAND STATE UNIVERSITY OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES “CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS” resurslar faqat o’qituvchi uchun mo’ljallangan. Qozoqiston tadqiqotchilari elektron nashrlarni quyidagi toifalarga ajratadilar. 1. Elektron o’quv nashrlari – o’quv dasturiga mos keluvchi turli ma’ruzalar, seminarlar, laboratoriya ishlari va keys texnologiyalar. 2. Multimediali o’rgatuvchi dasturlar – animasiya va tovushli kuzatuvli o’quv kurslari. 3. Elektron darsliklar – o’qitishni avtomatlashtirishga mo’ljallangan elektron o’quv nashri. 4. Elektron o’quv qo’llanmalar – fanning alohida bo’limlari, mashqlar yoki masalalar to’plami, ma’lumotnoma va boshqalar . Bosma darsliklar mavjudligi tufayli ba’zi o’qituvchilar elektron darslik atamasini ishlatishni xush ko’rmaydilar – degan fikrlar ham ba’zi ilmiy izlanuvchilar va mualliflar tomonidan bildirilgan. Ushbu mualliflar “Elektron nashr” atamasini tavsiya qiladilar. Lekin, “nashriyot” so’zi bosma mahsulotni ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Ma’lum tushunchalarni o’z ichiga oladigan yangi atamalarni ishlatish davr taqozosidir. Hayot o’zgarishi bilan birga texnologiyalar ham o’zgaradi. Barcha o’zgarishlarni mantiqan tushunish bilan yondashish lozim. Elektron ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olishiga to’liq imkoniyatga ega bo’lgan qiziqtiruvchi, rivojlantiruvchi funksiyalarni amalga oshiruvchi vositalar majmui hisoblanadi. Elektron ta’lim resurslari (ETR) – bu kompyuter texnologiyalari asosida ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan o’qitish vositalarini birlashtiruvchi eng umumiy atamadir. ETR ning xususiy holati bo’lgan raqamli ta’lim resurslari (RTR) – bu raqamli texnologiyalar asosida yaratiladigan va amal qiladigan ta’lim resurslaridir. Mazkur atamalar orasidagi farq prinsipial bo’lib hisoblanadi, chunki raqamli texnologiyalar – bu bor-yo’g’i axborotni yozib olish va qayta ishlash usulidir. Yozuvlarni raqamli usuldagi tizimigacha analogli tizim mavjud bo’lgan edi. Hozirgi vaqtda bulardan boshqa (kvantli, lazerli va h.k.) tizimlar ishlab chiqilmoqda. Shuning uchun elektron ta’lim resurslari – texnologiyaning bir qismini emas, balki uning butun bir sohasini tavsiflovchi eng umumiy nomlanishi bo’lib sanaladi. Elektron ta’lim resurslarini tasniflash va ularning tipologiyasi bo’yicha turli xil – maqsadli belgisi, o’qitish tipi, metodik maqsadi, funksional maqsadi, didaktik maqsadlari va mashg’ulotlarni tashkil etish shakli hamda shu kabilar bo’yicha yondashuvlar mavjuddir. Ta’kidlab o’tish 12 - 13 March 2025 341 SAMARKAND STATE UNIVERSITY OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES “CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS” joizki, bu tarzdagi tasniflashlar yetarlicha shartli xususiyatga ega bo’lib, ular texnologiyalarning turli xil sinflarida o’zaro kesishishlari ham mumkin. Funksional maqsadlari bo’yicha elektron resurslarining tasnifiga to’xtalamiz. Namoyish etuvchi resurslar – ular o’rganiladigan obyektlar, hodisalar, jarayonlarni vizuallashtirishga imkon beradi, istalgan ta’lim axborotlarini to’liq holda yaqqol tasvirlashni ta’minlaydi. Treningli resurslar – ular turli xildagi malaka va ko’nikmalarni hosil qilish, o’tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun mo’ljallanadi. Diagnostikalovchi va testdan o’tkazuvchi resurslar – bular o’quvchining bilimlari, mahorati, ko’n

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada fanlarga oid ma’lumotlar bazasini o‘zlashtirishda informatika faniga oid dasturlar,resurslar, innovatsion metodlarning xususiyatlari ko‘rsatib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada fanlarga oid ma’lumotlar bazasini o‘zlashtirishda informatika faniga oid dasturlar,resurslar, innovatsion metodlarning xususiyatlari ko‘rsatib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Expert resources, Multimediali o’rgatuvchi dasturlar, Электронные учебники, Multimedia educational programs, Ekspert resurslari, Computing resources, Elektron darsliklar, Electronic educational publications, Экспертные ресурсы, Hisoblash resurslari, Elektron o’quv nashrlari, Servis resurslari., Electronic textbooks, Мультимедийные образовательные программы, Электронные образовательные издания, Вычислительные ресурсы, Сервисные ресурсы., Service resources.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники