К содержанию
РецензированоRU2026

Значение глобальной программы Heci в ветеринарной сфере

OF VETERINARY MEDICINE (SAMARKAND STATE UNIVERSITY) · LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES (SAMARKAND STATE UNIVERSITY) · HECI GLOBAL DASTURINING VETERINARIYA SOHASIDAGI (SAMARKAND STATE UNIVERSITY) · Narziyeva Nargiza Norkuziyevna (SAMARKAND STATE UNIVERSITY) · Annotatsiya. HECI (Humanity (SAMARKAND STATE UNIVERSITY) · Imagination) global (SAMARKAND STATE UNIVERSITY) · Kalit so‘zlar: HECI (Humanity (SAMARKAND STATE UNIVERSITY) · Абстрактный. Глобальная задача HECI (Человечность (SAMARKAND STATE UNIVERSITY) · Ключевые слова: HECI (Человечность (SAMARKAND STATE UNIVERSITY)

in Library · 2026

Аннотация

The HECI (Humanity, Ethics, Creativity, Imagination) global mission serves to promote stability and innovation in the world. Based on these principles, successful projects have been implemented in a number of countries that help modernize and improve the efficiency of all industries. Keywords: HECI (Humanity, Ethics, Creativity, Imagination), humanism, ethical principles, imagination and planning for the future, creativity and innovation. Kirish. HECI (Insonparvarlik, Axloq, Kreativlik, Tasavvur) global chaqirig‘i bugungi dunyoda innovatsion yondashuvlar va axloqiy tamoyillarni uyg‘unlashtirish orqali turli sohalarda barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan. Bu dastur ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasida muhim o‘rin tutadi, chunki ushbu tarmoq global oziq-ovqat 12 - 13 March 2025 1 SAMARKAND STATE UNIVERSITY OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS xavfsizligini ta’minlash, ekologik barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishda katta ahamiyatga ega. Nazariy qism. Insonparvarlik. HECI global dasturining asosiy tamoyillaridan biri insonparvarlik bo‘lib, bu qishloq xo‘jaligi sektorida dehqon va fermerlarning hayot sifatini yaxshilashni nazarda tutadi. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar yordamida fermerlarga qulay sharoit yaratish, ularning mehnatini yengillashtirish va hosildorlikni oshirish ushbu tamoyilning amaliy ifodasidir. Axloqiy tamoyillar va barqaror rivojlanish. Qishloq xo‘jaligida axloqiy tamoyillar ekologik muvozanatni saqlash, resurslardan oqilona foydalanish va tabiiy muhitni asrashni o‘z ichiga oladi. HECI dasturi doirasida dehqonlar va qishloq xo‘jaligi sohasi vakillariga ekologik toza usullarni tatbiq etish bo‘yicha o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi mumkin. Bu esa kimyoviy o‘g‘itlar va pestitsidlardan ortiqcha foydalanishni kamaytirishga, tuproq unumdorligini oshirishga hamda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kreativlik va innovatsiyalar Insonning IQ darajalarini rivojlanishiga juda koʻplab davlatlarda taʼlimiy dasturlar yoʻnaltirilganyu Bu borada PISA- (oʻquvchilarni taʼlimiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi) dasturining ahamiyati alohida. Dastur doirasidagi tadqiqotlar natijasiga koʻra kreativlikni muhit taʼsirida shakllanadigan noyob isteʼdod deb qarab, kreativ fikrlash bilim sohasida original va samarali yechimlar, yutuqlar va tasavvurlarni taʼsirchan koʻrinishlarga olib keladigan gʻoyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish deb qaraydi. HECI global dasturi kreativ yondashuvlarni ilgari surib, qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarning joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, aqlli qishloq xo‘jaligi (smart farming), sun’iy intellekt va dron texnologiyalari yordamida ekin maydonlarini kuzatish, avtomatlashtirilgan sug‘orish tizimlari va genetik modifikatsiya qilingan o‘simliklarni ishlab chiqish orqali hosildorlikni oshirish imkoniyati yaratiladi. Tasavvur va kelajakni rejalashtirish. Kelajakdagi qishloq xo‘jaligi strategiyalarini ishlab chiqishda tasavvur katta rol o‘ynaydi. HECI dasturi orqali global iqlim o‘zgarishiga moslashish, zamonaviy agrobiznes modellari va ekotizimni qo‘llab- quvvatlovchi tizimlarni yaratish bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlar olib borilishi mumkin. Bu esa qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi. 12 - 13 March 2025 2 SAMARKAND STATE UNIVERSITY OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS “HECI” maqsadlarini amalga oshirish, avvalo, uning komponentlarini hayotga tadbiq etish bilan bogʻliq. Keng miqyosda qoʻllanilishi zarur boʻlgan vazifalar ijtmoiy, maʼnaviy ahamiyat kasb etadi. Bu vazifalarni ijtimoiy-gumanitar fanlar doirasida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Inson madaniyati, tarixi, tili, falsafasi degani. Bu, gumanitar fanlar asosida amalga oshiriladi va inson jamiyatini, madaniy hodisalarni va odamlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni tushunishga yordam beradi. Bu borada esa birlamchi vazifalar belgilash lozim. Bular, taʼlim va tarbiyada; tadqiqotchilik faoliyatida; jamiyat soha(iqtisod, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi va x.)larida alohida yondoshuv zarur. Niderlandiya dunyodagi eng ilg‘or qishloq xo‘jaligi tizimlaridan biriga ega bo‘lib, u HECI tamoyillari asosida ishlab chiqilgan texnologiyalarni keng joriy qilgan. Sun’iy intellekt va IoT (Internet of Things) vositalari yordamida fermerlar tuproq namligi, o‘simliklarning sog‘lig‘i va ob-havo sharoitini kuzatib boradilar. Natijada, minimal suv va o‘g‘it sarflab, maksimal hosildorlikka erishiladi. Singapur davlatida esa qishloq xo‘jaligi uchun yetarli yer maydoniga ega emas, lekin u HECI tamoyillaridan foydalangan holda vertikal fermerlik texnologiyasini rivojlantirdi. Ushbu usul orqali ko‘p qavatli issiqxonalarda hos

Доказательный фрагмент

«The HECI (Humanity, Ethics, Creativity, Imagination) global mission serves to promote stability and innovation in the world.»

Образец извлечения

Демо-превью

The HECI (Humanity, Ethics, Creativity, Imagination) global mission serves to promote stability and innovation in the world. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
HECI (Humanity, Ethics, Creativity, Imagination), humanism, HECI (Человечность, kreativlik va innovatsiyalar., axloqiy tamoyillar, Этика, воображение и планирование будущего, творчество и инновации., гуманизм, этические принципы, creativity and innovation., Воображение), insonparvarlik, Творчество, imagination and planning for the future, ethical principles, tasavvur va kelajakni rejalashtirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники