Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JADID SHE’RIYATIDA “KUZ”, “QISH”, “XAZON” TUSHUNCHALARI IJTIMOIY -SIYOSIY G’OYALAR RAMZI
Ismatova Mohigul To‘yevna · Yil fasllarini ramziylashtirishda Аbdulla Аvloniy · Sidqiy Xondaliqiyning
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
O‘zbek adabiyotida qo‘llangan ramziy obrazlar mifologiya, folklor va yozma adabiyotda o‘ziga xos badiiy talqin qilingan. Jadid she’riyatida mazkur obrazga yuklangan ma’no yanada kengayib ijtimoiy-siyosiy g’oyalarni aks ettirganligini ko‘rishimiz mumkin. Cho‘lpon , Fitrat o‘zbek she’riyatida simvolist shoir sifatida alohida mavqega ega ijodkorlar. Ularning she’rlarida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarning ramziylashtirilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mazkur maqolada jadid she’riyatida kuz, xazon ramziy obrazlar orqali badiiy talqin qilingan ijtimoiy- siyosiy muammolarning ifodasi hamda shoir mahoratiga baho berilgan. Kalit so‘zlar. Ramz, kuz, xazon, bahor ,istiqlol, mustamlaka, tutqin, peyzaj, tong. Jadid shoirlari davrning ijtimoiy – siyosiy muammolarni tasvirlashda anʼanaviy obrazlarga yangi maʼno yuklay boshladilar. Jumladan, fasllarni ifodalovchi atamalarga asl maʼnosidan farqli ravishda zamon ruhiga bogʼliq yangi gʼoyaviy mazmun bilan boyitildi. Bunday ramziy obrazlar folklor va mumtoz adabiyot anʼanalaridan oziqlangan boʼlsada, oʼziga xos ramziy-timsoliy tasvirlar jadid sheʼriyatining asosiy xususiyati sifatida koʼzga tashlanadi. Mumtoz oʼzbek sheʼriyatida kuzda bahorni sogʼinish, qishning aziyatli kunlaridan sogʼ-omon chiqish, umuman, borliq va yoʼqlik muvozanati, hayot va oʼlim mavzularini badiiy talqin qilishda “bahor–xazon”, “yoz–qish” tazodidan keng foydalanilgan. Jadid ijodkorlari asr boshidagi Turkistonning ayanchli, xoʼrlangan manzarasini badiiy talqin qilishda “qish”, “kuz” ramzidan, “bahor” – millatni uygʼotish, taraqqiyot, hurriyat, erk ramzi, “yoz”– vatan va millat ramzi sifatida talqin qilingan. Yil fasllarini ramziylashtirishda Аbdulla Аvloniy, Sidqiy Xondaliqiyning tasvir yaratishi bevosita mumtoz anʼanalardan oziqlangani koʼproq koʼrinsa, Choʼlpon, Fitrat yangi davr hamda Gʼarb sheʼryatining taʼsiri yaqqol koʼzga tashlanadi. Jadid shoirlari davrning ijtimoiy – siyosiy muammolarni tasvirlashda anʼanaviy obrazlarga yangi maʼno yuklay boshladilar. Jumladan, fasllarni ifodalovchi atamalarga asl maʼnosidan farqli ravishda zamon ruhiga bogʼliq yangi gʼoyaviy mazmun bilan boyitildi. Bunday ramziy obrazlar folklor va mumtoz adabiyot anʼanalaridan oziqlangan boʼlsada, oʼziga xos ramziy-timsoliy tasvirlar jadid sheʼriyatining asosiy https://scientific-jl.com/new 44 11 Volume–78_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS xususiyati sifatida koʼzga tashlanadi. Mumtoz oʼzbek sheʼriyatida kuzda bahorni sogʼinish, qishning aziyatli kunlaridan sogʼ-omon chiqish, umuman, borliq va yoʼqlik muvozanati, hayot va oʼlim mavzularini badiiy talqin qilishda “bahor–xazon”, “yoz–qish” tazodidan keng foydalanilgan. Jadid ijodkorlari asr boshidagi Turkistonning ayanchli, xoʼrlangan manzarasini badiiy talqin qilishda “qish”, “kuz” ramzidan, “bahor” – millatni uygʼotish, taraqqiyot, hurriyat, erk ramzi, “yoz”– vatan va millat ramzi sifatida talqin qilingan. Choʼlponning sheʼriyatida kuz va xazon mavzusiga koʼp murojaat qilingan. Shoir sheʼrlarida tabiat va inson, tabiat va jamiyat orasidagi uygʼunlik peyzaj vositada yuzaga chiqadi. Ushbu uygʼunlikni tabiatning goʼzalligi va jamiyatdagi murakkabliklar birlashtiradi. Lirik sheʼrlarda “kuz”, “xazon” ramzi koʼpincha insonning umidlari va hasratlari orasidagi murakkabliklarning badiiy ifodasi uchun xizmat qiladi. Biroq Choʼlpon ijodida mazkur ramzlar ijtimoiy-siyosiy tushunchalarga doir gʼoyalarni ifodalash uchun boʼysundirilganligini koʼrish mumkin. Buni shoirning “Kuz” sheʼri misolida ham koʼrishimiz mumkin. Koʼm-koʼk ekan, sargʼaydilar yaproqlar – Ogʼriq, magʼlub, tutqun Sharqning yuzidek. Boʼronlarning koʼzlari, kim oʼynoqlar, Gʼolib Gʼarbning qonga toʼlgan koʼzidek. Bahorda koʼm-koʼk boʼlgan yaproqlarning sargʼayishi tabiiy jarayon. Shoir mana shu tabiiy jarayondan oʼzining badiiy niyati uchun mahorat bilan foydalangan. Kuzda sargʼaygan yaproqlar “ogʼriq va magʼlub boʼlgan Sharqning yuziga” qiyoslanadi. Sharqning "magʼlub" va "tutqun" holati jamiyatdagi adolatsizlik, zulm va inson huquqlarining buzilishiga ishora qiladi. Sheʼrda ijtimoiy adolat va inson huquqlari, millat erki masalasi peyzaj tasviri vositasida yuzga chiqarilar ekan, aytish mumkinki, bu oʼrinda tabiat ijtimoiylashtiriladi. “Tutqun Sharq” va “ qonga toʼlgan Gʼarb” qiyoslanadi. “Choʼlpon sheʼrlarida tabiat manzaralari, fasllar tasviri aksariyat shoirning ruh va kayfiyatinigina emas, qay bir darajada gʼoya va maslagini ham oʼzida namoyon etadi. 1921-23-yillarda yozilgan sheʼrlarda tabiatga ijtimoiy sifatlar berilardi. Manzaraga mos zamon voqealari - haqsizliklarga ishora qilinardi. Bir soʼz bilan aytganda, tabiat ijtimoiylashardi va bular koʼpincha “Sharq” va “Farb” muqoyasasida berilardi”. Ijodkor qancha buyuk boʼlsa, unda hissiyot ham shuncha kuchli boʼladi. Buni Choʼlpon sheʼrlari yaqqol isbotlaydi. Choʼlpon oʼz fikrlariga oʼta sobit edi. Buning amaliy isboti – shoir qoldirgan yuksak pafosdagi sheʼriy bisotidir, chunki unda ijodkor shaxs imon-eʼtiqodi va qarashlari bilan jamiyatga koʼz tutdi. Sh
Доказательный фрагмент
«O‘zbek adabiyotida qo‘llangan ramziy obrazlar mifologiya, folklor va yozma adabiyotda o‘ziga xos badiiy talqin qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbek adabiyotida qo‘llangan ramziy obrazlar mifologiya, folklor va yozma adabiyotda o‘ziga xos badiiy talqin qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- istiqlol, xazon, Kalit so‘zlar. Ramz, mustamlaka, tutqin, peyzaj, tong., bahor, kuz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026