Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARDA IBORALAR USTIDA ISHLASH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISHGA DOIR METOD VA USULLAR
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Soliyeva Sevdo (in-academy.uz/index.php/yo) · Alisher Navoiy nomidagi (in-academy.uz/index.php/yo) · Soliyeva Sevdo (in-academy.uz/index.php/yo) · Student of Tashkent State (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada frazeologiya haqida umumiy ma’lumlar berilgan. Shu bilan birga o‘quvchilarda iboralar ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilga metodlar tasnif etilgan. Maqola umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot fanidan dars beruvchi o‘qituvchilar hamda til o‘rganish metodikasi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun foydalidir. Annotation: This article provides a general review of frazeology. At the same time, methods are classified as students to form the skills to work on the students. The article is useful for secondary schools for teachers who teach the mother tongue and literature teachers and methods of language learning. Kalit so‘zlar: frazeologiya, ibora, metod, usul, ko‘nikma, media savodxonlik, nutq madaniyati. Keywords: phraseology, phrases, methods, methods, skills, media literacy, speech culture. Frazeologiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tilning lug‘at tarkibidagi iboralar haqida ma’lumot beradi. Iboralar ikki va undan ortiq so‘zlar birlashuvidan tarkib topgan, ko‘chma ma’noli turg‘un qurilma hisoblanadi. Ibora frazema, frazeologik birlik, turg‘un birikma, barqaror birikma, frazeologik birikma atamalari bilan ham yuritiladi. Iboralar tashqi ko‘rinishi jihatidan so‘z birikmasi yoki gap ko‘rinishida bo‘ladi. So‘z birikmasi ko‘rinishidagi iboralar: ko‘ngli bo‘sh, enka-tinkasini chiqarmoq, jig‘iga tegmoq, bel bog‘lamoq, kir izlamoq, terisiga sig‘may ketmoq va h.k. Gap tipidagi ibora “gap kengaytiruvchisi+kesim” qolipi mahsuli: istarasi issiq, ichi qora, labi-labiga tegmaydi, ko‘ngli ochiq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, kapalagi uchib ketdi, po‘konidan el o‘tmagan, tepa sochi tikka bo‘lmoq va h.k. Odatda, iboraning ma’nosi bir leksema ma’nosiga teng deyiladi. Biroq hech qachon ular teng emas. Chunki ibora va leksema ma’nosi teng bo‘lsa edi, unda frazeologizm ortiqcha bo‘lib qolar edi. Misol sifatida yoqasini ushlamoq iborasi bilan hayron bo‘lmoq leksemasining ma’nolarini qiyoslab ko‘raylik. Mazkur ibora «kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki hodisadan o‘ta darajada ta’sirlanib, taajjublanmoq» bo‘lsa, hayron bo‘lmoq leksemasi “kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki hodisadan ta’sirlanmoq” sememasiga ega. Har 61 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo ikkala ma’noda ham kishi ichki ruhiy holati aks etgan. Biroq ibora ma’nosida “o‘ta darajada” va “so‘zlashuv uslubiga xos”, “bo‘yoqdor” semalariga egaligi bilan “hayron bo‘lmoq” leksemasidan farqlanadi. Demak, iboralarning ko‘pincha, semantik qatlamida obrazlilik, bo‘yoqdorlik bo‘rtib turadi. Umuman olganda, frazeologik ma’no torroq va muayyanroq, leksema ma’nosi esa unga nisbatan kengroq va mavhumroq bo‘ladi. Masalan, hayron bo‘lmoq leksemasi umumuslubiy va bo‘yoqsiz. Shuning o‘ziyoq barcha uslubda qo‘llanish imkoniga egaligini va turli “bo‘yoqlar” bilan ishlatish mumkinligini ko‘rsatadi. Iboralar tilning eng muhim tasviriy uslubiy vositalaridan biridir. Ular nutq uslublarida turli xil vazifalarni bajaradi. Xususan, ilmiy va rasmiy uslublarda ko‘pincha muayyan tushunchalarni nomlash uchun qo‘llanadi. Masalan, qo‘l qo‘ymoq, xulosaga kelmoq, qarshi chiqmoq, ovoz bermoq, qo‘l ko‘tarmoq kabi iboralar bunga misol bo‘la oladi. Iboralarning aksariyarti obrazli tafakkur mahsuli bo‘lib, kuchli ko‘chma ma’no ifodasi bilan, yorqin emotsional-ekspressivligi bilan tilda yashaydi. Masalan: tomdan tarasha tushganday, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, oyog‘ini qo‘liga olmoq, o‘pkasini qo‘ltiqlamoq, chumchuq pir etsa, yuragi shir etmoq, qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq kabi. Badiiy va publitsistik, shuningdek, so‘zlashuv uslublarida iboralar xilma-xil tasviriy-uslubiy vazifalarni bajaradi, bunga iboralardagi mavjud rang-barang uslubiy bo‘yoq imkoniyat yaratadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, iboralar obrazli va bo‘yoqdor bo‘lganligi sababli, ular nutqimizni ma’noli va ta’sirchan qilishga ko‘maklashadi. Iboralar inson hissiyotini aniqroq va chuqurroq ifodalashga xizmat qiladi. Iboralarni maktab ta’limida chuqur o‘rgatish o‘quvchilarning lug‘at boyligini kengaytirishga yordam beradi. Iboralar orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini emotsional va obrazli ifodalashni o‘rganadilar. Bu esa og‘zaki va yozma nutqni yanada boy, mazmunli va e’tiborga loyiq qiladi. Ayniqsa, badiiy asarlarni tahlil qilishda bu ko‘nikma juda foydali sanaladi. Ko‘plab badiiy asar matnlarida iboralar keng qo‘llaniladi. Agar o‘quvchilar iboralar ma’nosi va uslubiy xususiyatlarini tushunmasa, yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishmasa, asar mazmunini, maqsadini anglay olishda to‘siqlarga duch kelishadi. Bundan tashqari iboralarni yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilar insho, bayon va esse yozish jarayonlarini qiyinchiliksiz, mazmunga boy, va chiroyli tarzda bajara olishadi. Bu esa ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘quvchilarga iboralarni chuqurroq o‘rgatish ularning til ma’daniyati, nutq boyligini va estetik didini rivojlantiradi. Bu nafaqat ona tili va adabiyot fanlarida, balki hayotning turli sohalarida to‘g‘ri, mazmunli
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada frazeologiya haqida umumiy ma’lumlar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada frazeologiya haqida umumiy ma’lumlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseology, phrases, methods, methods, skills, media literacy, speech, ko‘nikma, ibora, media savodxonlik, frazeologiya, metod, usul, nutq madaniyati.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026