Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK VA INGLIZ BADIIY DISKURSIDA TILNING MOHIYATI, IFODA USLUBI VA OBRAZ YARATISHDAGI ROLI
Nuraliyeva Ozoda Norboyevna · Ismoilova Shaxnoza Ilxomovna (ISFT instituti Samarqand filiali)
Исследователь · 12 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada til — inson tafakkuri, dunyoqarashi va madaniyatining mahsuli bo‘lib, u jamiyat hayotining barcha jabhalarida, xususan, badiiy adabiyotda alohida o‘rin tutishi haqida so‘z boradi. Har bir xalqning badiiy diskursi uning tarixiy, madaniy va ijtimoiy xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, til orqali ifodalanadi. Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz badiiy diskursida tilning mohiyati, ifoda uslubi, obraz yaratishdagi roli va badiiy tasvir vositalarining o‘rni tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: pragmatik moʻljal, kontekst, pragmatika, kommunikatsiya, tilshunoslik. Diskurs" atamasi ko‘p qirrali bo‘lib, tilshunoslikda matndan kengroq tushuniladi. U muayyan ijtimoiy vaziyatda aytilgan yoki yozilgan nutq birligi hisoblanadi. Badiiy diskurs esa adabiy matnlar orqali ifodalanadigan, muallif va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni tashkil etadigan madaniy va estetik hodisadir. Til badiiy diskursning asosiy vositasidir [1]. U nafaqat axborot yetkazish, balki estetik, emotsional va obrazli ma’no yuklash vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Demak, til — badiiy adabiyotning nafaqat tashuvchi, balki yaratuvchi kuchidir. Aytish joizki, pragmalingvistika tilshunoslik sohalari orasida muhim o‘rin egallaganligiga qaramasdan, hozirgacha uning maqomi va vazifalari haqida biron – bir yakdillikka erishish qiyin kechmoqda. Jumladan, nutqiy aktlar nazariyotchilari pragmatika tushunchasining qo‘llanish me’yoriga aniq izoh berish qiyin deb hisoblaydilar. Olimlarning fikricha, pragmatika nutqiy tuzilmalarning ma’lum vaziyatlarda qanday ma’no ifolashini o‘rganadi. Ingliz olimi pragmatikaning o‘rganish obyekti lisoniy shakllar va ulardan foydalanuvchi shaxslar munosabati ekanligini qayd etadi [2]. Bizningcha, pragmatikaning tadqiq obyektini belgilashda tildan foydalanishdan tashqari, uni tushunish masalasiga ham e’tibor berish muhimdir. Zero, so‘zlovchi (muallif) nazarda tutayotgan mazmun tinglovchiga aniq etib borgan taqdirdagina muloqot maqsadi amalga oshishi ta’minlanadi. O‘zbek adabiyotida til qadimdan obrazlilik, poetik musiqiylik va xalqona rang-baranglik bilan ajralib turgan. Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Oybek, O‘tkir Hoshimov singari yozuvchilar o‘z asarlarida https://scientific-jl.com 9 9 63-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali tilni nafaqat aloqa vositasi, balki milliy ong, tarixiy xotira va ruhiyat ifodasi sifatida qo‘llaganlar [3]. Navoiy g‘azallarida til orqali yaratilgan obrazlar, ramziy ifodalar va metaforalar orqali ma’naviy olam tasvirlanadi. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarida esa hayotiy, xalqona tilda inson qalbining nozik kechinmalari aks etgan. O‘zbek badiiy diskursining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu — tilning ko‘p qavatli semantik strukturasidir: tashqi (yuzaki) ma’no, ramziy ma’no va ruhiy- emotsional qatlam. Pragmalingvistik tadqiq obyekti haqida so‘z borayotganida ushbu yo‘nalishni umumiy tilshunoslikning ma’lum bir sohasi sifatida qarash kerakmi yoki uning ko‘pqirrali tahlil olib boruvchi amaliy tilshunoslik doirasida qoldirish ma’qulmi, degan savolning tug‘ilishi tabiiy. Fikrimizcha pragmalingvistikaning turli jihatlarini bir – biridan keskin ajratib qarash muammo tug‘diradi [4]. Shuning uchun J.Vershurenning “Understanding Pragmatics” asarida bildirilgan nuqtai nazar istiqbolli tuyuladi. Olim pragmatikani “lisoniy hodisalarni ularning turli nutqiy xatti – harakat shakllarida qo‘llanishining kognitiv, ijtimoiy va madaniy xususiyatlarini” o‘rganish maqsadini ko‘zlovchi fan sifatida baholaydi [5]. Tilshunoslik an’anaga binoan fonetika, fonologiya, morfologiya, sintaksis, semantika kabi qismlarga ajraladi. Ammo pragmatikani ushbu qismlar bilan bir qatorda qo‘yib bo‘lmaydi. “Pragmatika fonolog, morfolog, sintaksist, ma’noshunos, psixolingvist va sotsiolingvistlar o‘rganib kelayotgan hodisalarga boshqacha nazar tashlashdir”. Har qanday sathga tegishli lisoniy hodisani uning qo‘llanishi nuqtai nazaridan o‘rganish mumkin, demak, pragmatik mazmun barcha sathlarda ifoda topadi. Hatto, fonetik sathda ham so‘zlovchilar tovushlarni turlicha talaffuz qilishadi [6]. Ushbu talaffuz me’yorlarini kuzatish asosida so‘zlovchining qaysi ijtimoiy guruhga oidligini aniqlash imkoni bor. Morfemalar, so‘zlarning qo‘llanishi ham pragmatik mo‘ljalga ega va shunga nisbatan ular turlicha ma’no anglatadi. Biroq an’anaviy pragmatik tahlil yo‘nalishida til birliklari qo‘llanishining kontekstual asoslarini izchil va obyektiv ravishda yoritishning imkoniyati chegaralangan. Sintaksis sathida yagona bir hodisani turli sintaktik shakllar vositasida ifodalash imkoniyati mavjud. Tilshunoslikda pragmatika insonlar o’rtasidagi muloqot jarayonini kontekst asosida tushunishga imkon beruvchi muhum sohadir. Pragmatik mo’ljal esa nutq egasining maqsadini anglatadi.Bu maqsad faqat lingvistik birliklar orqali emas, balki ularni qanday konteksda qo’llanayotganiga qarab aniqlanadi [7]. Pragmatik mo’ljal deganda, gapiruvchining ma’lum bir bayon orqali erishmoqchi bo’lgan
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada til — inson tafakkuri, dunyoqarashi va madaniyatining mahsuli bo‘lib, u jamiyat hayotining barcha jabhalarida, xususan, badiiy adabiyotda alohida o‘rin tutishi haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada til — inson tafakkuri, dunyoqarashi va madaniyatining mahsuli bo‘lib, u jamiyat hayotining barcha jabhalarida, xususan, badiiy adabiyotda alohida o‘rin tutishi haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tilshunoslik., kommunikatsiya, kontekst, Kalit so‘zlar: pragmatik moʻljal, pragmatika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025