Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XVI YUZ YILLIKDA BUXORO VA ROSSIYA DIPLOMATIK MUNOSABATLARI TARIXI
Rustamboyev Islomjon Doniyor o‘g‘li · Rahimjonova Nozima Abdullo qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the formation, development, and significance of the diplomatic relations that began to take an official form between the Bukhara Khanate and Russia in the second half of the 16th century, based on local and Russian sources. It particularly explores the 1558–1559 diplomatic mission led by English envoy Anthony Jenkinson to Bukhara, the reception of envoys from Bukhara and Khiva in Moscow in 1563–1564, the 1583 Bukhara embassy to Moscow, and other diplomatic interactions. The article draws on local historical works such as Abdullanoma (Sharafnamayi shohiy) by Hafiz Tanish al-Bukhari and the research of Russian scholars including S.V. Zhukovsky, St. Russov, and N. Veselovsky to examine the diplomatic missions, trade relations, and political interests of the time, and their role in the history of Central Asia–Russia relations. Jenkinson’s travel memoirs and his socio-economic observations are subjected to critical analysis. Additionally, the article discusses the position of Central Asian khanates in the international trade network and Russia's political activities in the region. Keywords: Bukhara Khanate, Russia, Anthony Jenkinson, diplomatic relations, trade relations, historical sources, 16th century, diplomacy. Mazkur maqola XVI yuz yillikning ikkinchi yarmida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi rasmiy tus ola boshlagan elchilik aloqalari tarixi mahalliy va rus manbalari asosida yoritib beriladi. Unda 1558-1559 yillarda Buxoroda bo‘lgan Antoniy Jenkinson elchiligi, 1563- 1564 yillarda Buxoro va Xivadan Moskvaga borgan elchilarni kutib olish, va 1583-yilda Buxorodan Moskvaga elchi bo‘lib borib qaygan elchilik va boshqa aloqalar xususida ma’lumotlar beriladi. XVI yuz yillik mahalliy muallif, tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriyning Markaziy Osiyo va Xurosonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ma’lumotlarga boy bo‘lgan “Abdullanoma” (“Sharafnomayi shohiy”) asari va S.V.Jukovskiy, St.Russov, N.Veselovskiy kabi bir qator rus mualliflarining asarlarida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi elchilik aloqalari tahlil qilinadi. Anthony Jenkinson ingliz sayyohi, savdo agenti va diplomat kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. Yevropa, Osiyo va Afrikaga sayohat qilgan. Uning maqsadi Oʻrta Osiyo orqali Xitoy va Sharqiy Hindistonga olib boradigan savdo yoʻlini ochish boʻlgan, biroq u maqsadiga erisha olmagan. XVI yuz yillikning ikkinchi yarmida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi rasmiy tus ola boshlagan elchilik aloqalari tarixi mahalliy va rus manbalari asosida yoritib beriladi. Unda 1558-1559-yillarda Buxoroda bo‘lgan Antoniy Jenkinson elchiligi, 1563-1564-yillarda Buxoro va Xivadan Moskvaga borgan elchilarni kutib olish, va 1583-yilda Buxorodan Moskvaga elchi bo‘lib borib qaygan elchilik va boshqa aloqalar xususida ma’lumotlar beriladi. XVI yuz yillikning mahalliy muallif, tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriyning Markaziy Osiyo va Xurosonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ma’lumotlarga boy bo‘lgan “Abdullanoma” (“Sharafnomayi shohiy”) asari va S.V.Jukovskiy, St.Russov, N.Veselovskiy kabi bir qator rus mualliflarining asarlarida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi elchilik aloqalari tahlil qilinadi. Elchiligi 21 oy (1558-yil apreldan 1559-yil 2- sentabrgacha) davom etgan. Unda Richard va Robert Jonsonlar va Aziz ismli tarjimon (tatar) hamrohlik qilgan. Jenkinson bu elchilik sayohati haqida “Rossiyadagi Moskov shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahriga sayohat” nomli esdaliklarini yozib qoldirgan. 1 18 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ U Saroychiq, Xorazmdagi Vazir va Urganch shaharlari haqida qimmatli maʼlumotlarni keltirgan. Jenkinson Amudaryo, Mangʻit ulusi, Xorazm va Buxoro xonligining XVI yuz yillik oʻrtasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Oʻrta Osiyo xalqlarining turmushi, odatlari va boyliklari haqida muhim tarixiy maʼlumotlar yozib qoldirgan. Jenkinson Buxoroning javon savdo markazlaridan biri ekanligini o‘z asarlarida takidlab o‘tadi. U shahardagi xorijiy savdogarlar haqida ma’lumot berib o‘tarkan hind savdogarlarini alohida ta’riflab o‘tgan. Jenkinsonning aytishicha, bu savdogarlar yomon kiyingan va bunga qaramay ko‘p tovarlar olib kelganligi sababli, bu tovarlar 2-3 yil davomida sotilmay qolgan. Boshqa manbalar bu ma’lumotni rad etadi. Ularning fikricha, Jenkinson aytaylab chet ellik, ayniqsa hind savdogarlarining faoliyati va hindlarning savdosini kamsitgan. Buxoro bozorlarida junga bo’lgan talabning yetishmasligini yaxshi bilgan ingliz sayohatchisi O‘rta Osiyo bozorlarida Britaniya manufakturalarida to’qilgan matolarga talab kamligini tushunib yetgan. Jenkinsonning yozishicha, hind savdogarlari Buxoroga salla uchun ishlatiladigan yupqa turli xil oq matolarni olib kelishgan. Jenkinsonning Buxoro savdosi haqidagi ma’lumotlarni to‘liq haqiqat deb aytish qiyin. Chunki u O‘rta Osiyoda ingliz manufakturasida to‘qilgan jun gazlamalarini sota
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the formation, development, and significance of the diplomatic relations that began to take an official form between the Bukhara Khanate and Russia in the second half of the 16th century, based o…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the formation, development, and significance of the diplomatic relations that began to take an official form between the Bukhara Khanate and Russia in the second half of the 16th century, based o… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bukhara Khanate, Russia, Anthony Jenkinson, diplomatic relations, trade, Antoniy Jenkinson, elchilik aloqalari, XVI yuz yillik, tarixiy manbalar, Rossiya, diplomatiya., Buxoro xonligi, savdo munosabatlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026