К содержанию
РецензированоUZ2025

ABDUQAYUM YO‘LDOSHEVNING “DARYO” ROMANIDA XARAKTER TASVIRI

SCIENCE SHINE · Raximova Zumradxon Sherali qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

This article analyzes the process of formation of the main character - Tohir - in Abdukayum Yuldoshev’s novel “Daryo” to the level of character. Tohir’s determination in making life decisions, the dynamics of spiritual growth, psychological experiences and his position based on socio-moral principles are highlighted from a literary and theoretical perspective. Also, the internal harmony of the image of Tohir with the image of the river and its elevation to the level of a unique spiritual ideal in modern Uzbek literature are shown through well-founded analyses. The article is aimed at an in-depth analysis of the role and artistic significance of the image of Tohir in the Uzbek novel. Keywords: novel, image, character, episode, dynamic, symbol, psychologism. Adabiy asarda obraz yaratish jarayoni yozuvchining badiiy dunyoqarashi va tafakkur salohiyatining o‘ziga xos ko‘zgusidir. Obraz orqali yozuvchi nafaqat voqealarni, balki hayotga bo‘lgan munosabatini, jamiyatga nisbatan qarashlarini va inson ruhiyatini qanday anglashini ifodalaydi. Biroq har qanday obraz emas, balki xarakter darajasigacha yetkazilgan qahramonlar ijodkorlik mahoratining eng yuksak cho‘qqisidir. Bunday qahramonlar ichki ruhiy dunyosi, qarama-qarshi kechinmalari, hayotiy pozitsiyasi va o‘ziga xos individual xususiyatlari bilan ajralib turadi. 49 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 Xarakter o‘z xatti-harakatlari, maqsad, intilishlari, o‘y-kechinmalari, dunyoqarashi, fe’l-atvori bilan alohida ajralib turadigan to‘laqonli obrazdir. Shuning uchun har qanday obraz badiiy xarakter bo‘la olmaydi. Asardagi yetakchi qahramon har jihatdan faol bo‘lsa, o‘zining barcha jihatlari bilan yorqin ko‘rinib tursagina, u badiiy xarakter bo‘la oladi. Shuning uchun yirik asarlarda ham bitta-ikkita badiiy xarakter ko‘rinadi. M. Sholoxovning to‘rt kitobdan iborat “Tinch Don” romani syujeti voqealarida yuzlab qahramon ishtirok etadi. Biroq ular orasida Grigoriy Melexov va Aksinya obrazlarigina badiiy xarakterdir. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasida ham bir necha qahramon bor. Biroq ulardan faqat Qobil bobo obrazinigina badiiy xarakter deyish mumkin1. Agar obrazni yong‘oqqa qiyoslasak, xarakter shu yong‘oqning mag‘zidir. Chunki mag‘izda yong‘oqning mohiyati, tirikligi, zaruriyligi, joni jamuljamdir. Shu sabab “xarakter yaratilsagina — badiiy asar yaratiladi” (N. Pogodin) degan qat’iy va asosli xulosani chiqarish mumkin2. Xarakter darajasidagi qahramonlar, odatda, voqealar rivojida faol ishtirok etibgina qolmay, balki syujetning ichki harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi. Yozuvchi ularning ichki kurashlarini, o‘zgarish jarayonini va ruhiy o‘sishini murakkab badiiy vositalar orqali ifodalaydi. Bunday obrazlar hayotiy voqelikning zaminidan oziqlanib, o‘quvchiga tanish tuyuladi, shu bilan birga chuqur ma’nolarni ochib beradi. Ularning harakati, fikrlashi, qarorlari orqali jamiyatdagi muammolar, zamonaviy insonning ruhiy kechinmalari, axloqiy izlanishlari yoritiladi. Shu bois xarakter darajasidagi qahramon yaratish har qanday yozuvchining mahoratini belgilovchi muhim mezondir. Abduqayum Yo‘ldoshevning “Daryo” romanida Tohir obrazi asarning markaziy figuralaridan biri sifatida diqqatga sazovordir. Bu obraz yozuvchi tomonidan oddiy bir inson sifatida emas, balki ichki ziddiyatlar, hayotiy kurashlar, ruhiy izlanishlar orqali shakllangan xarakter darajasidagi qahramon tarzida yaratilgan. Tohirning hayoti, qarashlari, kechinmalari romandagi ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy muammolarni yoritishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tohir obrazining badiiy kuchi, eng avvalo, uning hayotdagi pozitsiyasi va ruhiy izlanishlarida namoyon bo‘ladi. U o‘z g‘oyaviy qarashlariga sodiq, adolatparvar, atrofdagi muhitdagi illat va zo‘ravonlikka qarshi kurasha oladigan irodali shaxs sifatida tasvirlanadi. Shu bilan birga, uning ruhiyatidagi ikkilanish, qaror qabul 1 Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent – 2017. B. 119 2 Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. B. 48 50 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 qilishdagi og‘irlik, yaqinlari bilan munosabatdagi nozikliklar uni jonli va ishonarli xarakterga aylantiradi. Tohirning bu jihatlari obrazni bir tomonlama emas, balki ko‘p qirrali tarzda yoritilishiga xizmat qiladi. Roman davomida Tohir nafaqat tashqi voqealarning ishtirokchisi, balki ichki o‘zgarishlarning, fikriy kurashlarning markazida turadi. U hayotning murakkabliklarini anglashga, o‘zini va atrofdagilarni tahlil qilishga intiladi. Aynan mana shu jihatlar – psixologik tahlil, murakkab ichki kechinmalar, ruhiy dinamikani ifodalash – uni xarakter darajasiga olib chiqadi. Yozuvchi Tohir orqali o‘z zamonasi kishisining eng dolzarb savollariga javob izlaydi, bu orqali qahramonni falsafiy va ijtimoiy nuqtayi nazardan ham chuqurlashtiradi. T

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the process of formation of the main character - Tohir - in Abdukayum Yuldoshev’s novel “Daryo” to the level of character.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the process of formation of the main character - Tohir - in Abdukayum Yuldoshev’s novel “Daryo” to the level of character. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
novel, image, character, episode, dynamic, symbol, psychologism, psixologizm., timsol, xarakter, epizod, roman, obraz, dinamik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники