К содержанию
РецензированоUZ2025

SURXONDARYO VILOYATI ANGOR TUMANI SHAROITIDA TUT O‘SIMLIGI NEMATODALARI

Sh. Doniyorova · M. Yaxshiboyeva

Современная наука и исследования · 4 · 67-69 · 2025

Аннотация

Tezisda Surxondaryo viloyati Angor tumani tut plantatsiyalari nematodalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Aniqlangan fitonematodalar taksanomik va ekologik tahlil qilingan. Surxondaryo viloyati Angor tumani sharoitida olib borilgan fitogelmintologik tadqiqotlar natijasida tut o‘simligi ildiz va ildiz atrofidagi tuproqda aniqlangan fitonematodalar taksanomik klassifikatsiyasi bo‘yicha 5 ta turkum, 15 ta oila, 21 avlodga mansub 26 turga mansubligi aniqlandi. Kalit so’zlar: Surxondaryo viloyati, tut plantatsiyalari, fitonematoda, Aphelenchida, Berman, parazobiontlar, ekologik guruhlar, ildiz atrofidagi tuproq. Tut (morus) mevasi vitaminlarga boy tarkibga ega, bu meva odam salomatligi uchun juda foydali. Mevalarda A, B , B , C, B , K, E vitaminlari, xolin, foliy kislotasi mavjud. Kalsiy, selen, 1 6 2 selen, sink, temir, mis, kaliy kabi ko‘plab foydali mikroelementlar rezavorlar tarkibida mavjud- bu immunitet va tananing virus va infeksiyalarga qarshi chidamliligini oshiradi. Ushbu mahsulot hajmida 13,6 g uglevod va 0,7 g oqsillar mavjud [2]. Tut nafaqat mevasi iste’mol qilingani uchun, balki tibbiyotda va ipakchilik tarmog‘ining ajralmas qismi bo‘lganligi uchun qadrlanadi. Tut ham barcha o‘simliklar singari fitonematodalar bilan zararlanadi. Shu boisdan tut o‘simligi va uning ildizi atrofidagi tuproqda tarqalgan fitonematodalarning turlar tarkibi, biologik va ekologik xususiyatlari, tarqalishi, o‘simlikni zararlanishini o‘rganish hamda parazit turlariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish natijasida o‘simlik hosildorligini oshirishga erishish va iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tut plantatsiyalarida xilma-xil parazit fitonematodalar ko‘payganligini, ularning o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga salbiy ta’siri sezilarli darajada bo‘lishiga qaramasdan, Surxondaryo viloyatining Angor tumani sharoitida tut o‘simligi fitonematodalari yetarli darajada o‘rganilmagan bo‘lib, mazkur o‘simlik nematodalari ustida O‘zbekiston sharoitida faqat F.K.Adilov tomonidan fitogelmintologik tadqiqotlar o‘tkazilgan [1;2]. Tadqiqotlar maqsadi Angor tumani sharoitida tut o’simligi fitonematodalarini o‘rganish, mazkur o‘simlikda parazitlik qiluvchi fitonematodalar turlarini aniqlashdan iborat. Ilmiy izlanishlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar fitogelmintologiyada keng qo‘llaniladigan Mashrut, Berman, Saynxorst va ildizni yorish metodlaridan foydalangan holda olib borildi [5;6;7]. Angor tumani sharoitida olib borilgan fitogelmintologik tadqiqotlar natijasida tut o‘simligi ildiz va ildiz atrofidagi tuproqda aniqlangan fitonematodalar taksanomik klassifikatsiyasi bo‘yicha 5 ta turkum, 15 ta oila, 21 avlodga mansub jami 26 turga mansubdir. Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, Angor tumani sharoitida tut o‘simligi ildizi va ildiz atrofidagi tuproqda turlar soni ko‘pligi jihatidan Tylenchida turkumi yetakchi o‘rinni egallaydi (8 tur; 30,8 %). Keyingi o‘rinda Rhabditida va Aphelenchida turkumlari egallab (6 turdan; 23,1 %), 70 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Dorylaimida turkumi vakillari (5 tur; 19,2 %), Enoplida turkumi vakillari esa eng kam sonda (1 tur; 3,8 %) uchrashi aniqlandi (1-jadval). Individlar sonining ko‘pligi jihatidan Aphelenchida turkumi yetakchi o‘rinni egallaydi (855 individ; 35,6 %). Keyingi o‘rinlarni Rhabditida (689 individ; 28,7 %), Tylenchida (653 individ; 27,2 %), Dorylaimida (173 individ; 7,2 %) turkumlari egallaydi. Enoplida turkumi (32 individ; 1,3 %) vakillari eng kam sonda uchrashi qayd etildi. Aniqlangan nematoda turlarining turkumlar bo‘yicha taqsimlanishi 1-jadval № Turkumlar Turlar soni % Individlar % soni 1 Enoplida 1 3,8 32 1,3 2 Dorylaimida 5 19,2 173 7,2 3 Rhabditida 6 23,1 689 28,7 4 Aphelenchida 6 23,1 855 35,6 5 Tylenchida 8 30,8 653 27,2 Jami: 26 100 2402 100 Angor tumani sharoitida tut o‘simligida aniqlangan fitonematodalar A.A.Paramonovning ekologik klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: Pararizobiontlar – 6 tur (23,1 %), devisaprobiontlar – 5 tur (19,2 %), eusaprobiontlar – 1 tur (3,8 %), kasallik keltirib chiqarmaydigan fitogelminlar – 9 tur (34,6 %), kasallik keltirib chiqaradigan fitogelmintlar – 5 tur (19,2 %). Tadqiqotlar natijasida topilgan fitonematodalarning individlar soni ekologik guruhlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi: pararizobiontlar – 168 individ (7,0 %); devisaprobiontlar – 696 individ (24,8 %); eusaprobiontlar – 91 individ (3,8 %); kasallik keltirib chiqarmaydigan fitogelmintlar – 1044 individ (43,5 %); kasallik keltirib chiqaradigan fitogelmintlar – 502 individ (20,9 %) (2-jadval). Aniqlangan fitonematoda turlarining ekologik guruhlar bo‘yicha taqsimlanishi 2-jadval № Ekologik guruhlar Turlar % Individlar % soni soni 1 Parazobiontlar 6 23,1 168 7,0 2 Devisaprobiontlar 5 19,2 696 24,8 3 Eusaprobiontlar 1 3,8 91 3,8 4 Kasallik keltirib 9 34,6 1044 43,5 chiqarmaydigan fitogelmintlar 5 Kasallik keltirib chiqaradigan 5 19,2 5

Доказательный фрагмент

«Tezisda Surxondaryo viloyati Angor tumani tut plantatsiyalari nematodalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tezisda Surxondaryo viloyati Angor tumani tut plantatsiyalari nematodalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Surxondaryo viloyati, Berman, fitonematoda, parazobiontlar, ildiz atrofidagi tuproq., tut plantatsiyalari, ekologik guruhlar, Aphelenchida
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники