Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KASBIY SHOVQIN TA’SIRIDA ESHITISH TIZIMIDAGI O‘ZGARISHLARNING TIBBIY-EKOLOGIK BAHOSI
TIBBIY-EKOLOGIK BAHOSI · Ashurmahmatov Sarvar Isroil o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada sanoat va urbanizatsiyalashgan muhitda yuzaga keladigan kasbiy shovqinning inson eshitish tizimiga, ayniqsa eshituv analizatorlari va asab tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri tibbiy va ekologik nuqtayi nazardan chuqur tahlil etilgan. Shovqinning fiziologik, nevrologik va psixologik oqibatlari, ayniqsa ish joylarida yuzaga keladigan yuqori chastotali va intensiv tovushlar natijasida yuz beradigan eshitish qobiliyatining pasayishi, asteno- nevrotik sindromlar va yurak-qon tomir o‘zgarishlari asosida ilmiy yondashuvlar keltirilgan. Kasbiy shovqinning oldini olish bo‘yicha texnik, tibbiy va gigiyenik profilaktika choralari ham ko‘rib chiqilgan. Maqola, ayniqsa, shahar ekologiyasi va inson salomatligi muammolari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: kasbiy shovqin, eshitish tizimi, akustik ifloslanish, eshituv analizatori, tibbiy- profilaktika, shovqin kasalligi, reverberatsiya. Kirish. Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga qarshi kurash muhim masalalar qatoriga kiradi. Kishi beshta sezgidan foydalanadi uning biri bu eshitish bo‘lib, muhimligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi. Uning yordamida biz atrofdagilar bilan munosabatda bo‘lamiz. Ovoz xavfini bildirishda ham muhim. Eshitish orqali uyqu va uyg‘oqlikda kerakli ma’lumotlarni olamiz. Hozirda shovqinga qarshi kurash dunyo bo‘yicha ommalashib, hamma sohani qamrab, kengayib bormoqda [1,3]. Kuchli shovqin ta’sirida insonning eshitish analizatorlarida o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Eshitish a’zolari shovqinga nisbatan hosil bo‘ladigan adaptatsiyaning vaqtincha pasayishida kuzatiladi. Uzoq muddatli akustik ta’sirda shovqinga nisbatan sezgirlik oshadi. Bugungi kunda aynan, sayyoramiz aholisining kattagina qismi shovqindan aziyat chekmoqda. Shovqin kishi organizmiga umumbiologik qo‘zg‘atuvchi sifatida ham ta’sir ko‘rsatadi, faqat eshitish a’zolariga ta’sir qilib qolmay, bosh miya strukturasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, buning oqibatida organizmda har xil funksional o‘zgarishlar yuz beradi. Jumladan, olib borilgan tadqiqotlarimizdan ma’lumki, shovqin ta’sirida kapillyarlarning qisqarishi natijasida periferik qon aylanishi buzilishi, qon bosimi ko‘tarilishi bilan gaplari noaniq bo‘lib qoladi, o‘zini yomon sezadi, toliqadi, ish unumi pasayadi, oqibat-natijada shovqin kasalligi kelib chiqadi. Bunda shovqinning xususiyati, balandligi, tezligi va ta’sir etish davomiyligi hamda organizmning shovqinga qarshi shaxsiy sezuvchanligi muhim ahamiyatga ega [2,6]. Ish joyida shovqin uzoq vaqtlar davomida doimo baland darajada bo‘lib tursa, eshitish qobiliyati Koxlear nevritiga xos ravishda asta- sekin pasaya boradi, buning ta’sirida bora-bora odam eshitishi past (kar) bo‘lib hatto garang bo‘lib qolishi mumkin. Ba’zi bir odamlarda eshitish a’zolari deyarli bir oy ichida shovqin ta’sirida o‘zgarishlarga uchrasa, boshqa odamlarda asta-sekin rivojlanib o‘zgarishlar uzoq yillardan keyin yuzaga chiqishi mumkin. Eshitish qobiliyatini yo‘qotish muhim fiziologik kamchilik bo‘lib, ish qobiliyati pasayib ketishining asosiy sababchisi hisoblanadi. Kasallik boshlanishida 4000 Gs ga maksimal darajada eshitish qobiliyati yo‘qoladi. Shovqin qabul qilingan birlikdan 10 dB oshsa, 41 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL eshitish a’zolarida deyarli o‘zgarish paydo bo‘lmaydi, 20 dB gacha oshganda esa sezilar-sezilmas o‘zgarishlar yuzaga keladi. Lekin 20 dB dan yuqori bo‘lganda eshituv a’zolariga, ayniqsa yoshi ulg‘aygan kishilarga ta’siri kuchli bo‘ladi. Shovqin ta’sirida nevrasteniya alomatlari, ba’zi hollarda qon tomir vegetodisfunksiyasi sindromi, ko‘pincha gipertoniya ko‘rinishidagi neyrosirkulyar disfunksiya uchraydi. Kuchli shovqin ta’sirida asab sistemasidagi o‘zgarishlar asosan eshituv a’zolariga taalluqli bo‘ladi. Ishchilar asosan bosh og‘rishi, bosh aylanishi, xotiraning susayishi, ish qobiliyatining pasayishi, uyqusizlik, ishtahasizlik, yurakning sanchishi boshqalardan shikoyat qiladilar [3,6]. Shovqin ta’sirida organizmda immunobiologik ta’sirida ish joylarida shovqin 10 dB dan oshganda kasallik 1,2-1,3 marta ko‘p uchraydi. Shovqinli sharoitda 10 yildan ortiq ishlaganda asteno-nevrotik sindrom bilan bir qatorda qon tomirlarning vegetativ disfunksiyasi turg‘un bo‘lib qoladi, natijada shovqin kasalligi kelib chiqadi. Gigienik tekshirishlarda shovqinning boshqa fizikaviy xususiyatlarini ham bilish ahamiyatga ega. Past chastotali tovushlar hosil bolish manbaidan fazoda sferik holda, yuqori chastotalilar ancha ingichka nur shaklida tarqaladi. To‘lqin tabiatli boshqa hodisalariga o‘xshash tovush to‘lqinlari ham difraksiyalanish va interferensiyalanish qobiliyatiga ega. Difraksiya, ma’lumki, shovqin to‘lqinining qarshiliklarni aylanib o‘tish qobiliyatidir [1,294]. Shovqinli jihozlarni joylashtirishda binoning shakli, devorlarning ishlanganligiga bog‘liq bo‘lgan hisobga olish lozim. Binoning bu xususiyatlari tovushlarni pol, ship, devorlar yuzasidan ko‘p marta aks etishi orqali jaranglash muddatini
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sanoat va urbanizatsiyalashgan muhitda yuzaga keladigan kasbiy shovqinning inson eshitish tizimiga, ayniqsa eshituv analizatorlari va asab tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri tibbiy va ekologik nuqtayi nazar…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sanoat va urbanizatsiyalashgan muhitda yuzaga keladigan kasbiy shovqinning inson eshitish tizimiga, ayniqsa eshituv analizatorlari va asab tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri tibbiy va ekologik nuqtayi nazar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- eshituv analizatori, shovqin kasalligi, reverberatsiya., kasbiy shovqin, akustik ifloslanish, tibbiy-profilaktika, eshitish tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025