К содержанию
РецензированоUZ2026

IJOBIY ISTAK BIRLIKLARINING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI

Jumaboyeva Aziza Baxtiyor qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

This article analyzes the impact of linguistic units expressing the content of positive wishes on the human psyche from a psycholinguistic perspective. Positive wishes have a positive impact on the human psyche through factors such as motivation, emotional stability, stress reduction, and social cohesion. The article highlights the intersection of linguistics and psychology, as well as the importance of wish units in cultural and religious contexts. Keywords: positive wish, psycholinguistics, psyche, prayer, motivation, cultural context, communication. Til – inson tafakkuri va ruhiy holatining tashqi ifodasidir. Har bir so‘z, jumla, intonatsiya nafaqat ma’lumot yetkazadi, balki inson ruhiyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, ijobiy istak ifodalovchi birliklar duo va tilak shakllarida kelib, kishilar o‘rtasida mehr-oqibat, ijobiy munosabat, ruhiy dalda va motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ijobiy istak bildiruvchi birliklar tilshunoslik va psixologiya kesishgan soha – psixolingvistikaning dolzarb tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir. Ijobiy istak birliklariga doir adabiyotlarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, bunday birliklar keyingi yillarda nafaqat tilshunoslik, balki psixologiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, pedagogika kabi ijtimoiy fan sohalarida ham turli aspektlarda o‘rganilmoqda. Tilshunoslikka oid ishlarda esa ijobiy istak birliklarining asosan ikki yo‘nalishda o‘rganilganligini ko‘rishimiz mumkin: 1. Nutq madaniyatiga oid tadqiqotlar. 2. Muomala odobi birliklariga oid tadqiqotlar. 8 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Birinchi yo‘nalishdagi ishlarda, ijobiy istak birliklari nutq birliklarining qo‘llanish xususiyatlari, nutqiy sharoit bilan bog‘liq jihatlari tadqiq qilingan. Ikkinchi yo‘nalishdagi ishlarda o‘zaro muloqotning nazariy masalalari, nutqiy etiketlarning funksional hamda kategorial mohiyati yoritilgan va nutqiy etiketning bir mazmuniy turi sifatida ajratib tahlil qilingan. Psixologik nuqtai nazardan olganda, inson miyasi ijobiy istak bildiruvchi so‘z va iboralarga ijobiy javob beradi: oxirgi yillarda olib borilgan neyropsixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijobiy mazmundagi til birliklari miyadagi dofamin va serotonin kabi “baxt” gormonlarini faollashtiradi. Masalan, Ishing o‘nginnan kelgay, Uzoqinnan sevintirsin, Tani-joning sog‘ bo‘lsin, Barakat topgaysan, Xudo xohlasa kabi ijobiy istak birliklari inson ongida umid uyg‘otadi, kelajakka ishonchni oshiradi. Bunday birliklarning doimiy ishlatilishi muloqot ishtirokchilarining o‘zaro ruhiy yaqinligini ta’minlaydi. Natijada inson o‘zini xotirjam, ijobiy kayfiyatda va barqaror hissiy holatda his etadi. Shu bois ham ushbu turdagi birliklarni psixolingvistik tahlil qilish, ularning semantik va pragmatik xususiyatlarini o‘rganish dolzarb ilmiy vazifalardan sanaladi. Psixolingvistika tilning inson ongi va ruhiy holati bilan qanday o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi. Bu fan tilni nafaqat aloqa vositasi, balki ong faoliyatining mahsuli sifatida ko‘radi. Shu nuqtayi nazardan, bunday birliklar inson ruhiyatiga quyidagi yo‘nalishlarda bevosita ta’sir ko‘rsatadi: 1. Motivatsion ta’sir - ijobiy istak birliklari motivatsiyaning ichki manbai sifatida insonni ongli yoki ongsiz ravishda harakatga undaydi. Jumladan, Yuzing yorug‘ bo‘lsin, Orzularing ro‘yobini ko‘rgin kabi jumlalar odamning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, shaxsiy resurslarini safarbar etishga yordam beradi. Taniqli psixolog A. Bandura tomonidan ilgari surilgan “o‘ziga ishonch nazariyasi” (self- efficacy theory)ga ko‘ra, shaxs o‘ziga nisbatan yuqori baho berilsa, u maqsad sari faol harakat qiladi. Bu holatda til vositasi – motivatsion rag‘bat sifatida xizmat qiladi. 2. Stressni kamaytirish va psixologik barqarorlikni ta’minlash - stress holatida aytilgan iliq, umidbaxsh so‘zlar miya faolligini ijobiy tomonga yo‘naltiradi. Shu nuqtai nazardan Bandachilik, Xudoning xohlagani, Go’rgan- gechirganiz shu bo‘lsin kabi istaklar o‘z ichiga dalda va barqarorlikni singdiradi. Bunday birliklar o‘zbek xalqining aza marosimi bilan hamda Islom diniga e’tiqodi bilan bog‘liq holda shakllangan birliklardir. “Yaxshi so‘z aytish – ruhni taskin berish vositasidir, u inson qalbidagi og‘irlikni yengillashtiradi”, – deydi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori M. Ismoilov. 9 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 3. Emotsional holatni ijobiy tomonga yo‘naltirish - ijobiy istaklar odamdagi salbiy emotsiyalarni yumshatib, ruhiy osoyishtalikni mustahkamlaydi. Bunday til birliklari oraliq muhitda (masalan, dardkashlikda, xayrlashuvda, bayramlarda, salomatlik tilashda) faol qo‘llaniladi. Masalan, Sani Ollo qo‘llasin, Sochingning toriday yosh bersin, Ko‘p yasha, uzoq yasha, injilmag‘aysan kabi birliklar og‘riq va tushkunlikda bo‘lgan insonga umid va ichki xotirjamlik baxsh etadi, ruhiy holatni yengillashtiradi. D.Xo

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the impact of linguistic units expressing the content of positive wishes on the human psyche from a psycholinguistic perspective.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the impact of linguistic units expressing the content of positive wishes on the human psyche from a psycholinguistic perspective. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
positive wish, psycholinguistics, psyche, prayer, motivation, madaniy kontekst, psixolingvistika, duo, muloqot., motivatsiya, ijobiy istak, ruhiyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники