К содержанию
РецензированоUZ2026

ABU RAYHON BERUNIY MEROSI

Kalit so’zlar: Qomusiy olim

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

this article is about the life and creative work of Abu Rayhan Beruni. The works written by the scholar. Abu Rayhan Beruni, Selected Works, Volume VI, “Tafhid”. In the work Kitab as-Saydana fit-tib, Beruni gave a complete description of medicinal plants growing in the East, especially in Central Asia. In particular, in the 11 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya work “Saydana”, Abu Rayhan Beruni emphasized that medicine is a separate science, thereby founding the science of pharmacology. Keywords: Encyclopedist, Geographer, Thinker, Naturalist, Philosopher, “As- Saydana”, “Tafhid”, Ghazna, Yogasutra of Patanjali, Sano, Qarafs, Mavrak, Jut. Kirish. Buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy Xorazmning asl farzandi, ulug‘ allomaning hayoti va faoliyati avlodlarga shunday ta’sir qiladiki, uning asarlarini o’qigan kitobxon o‘zini asarning ichiga tushib qolgandek his qiladi va asarlar ichidagi ilm sadaflaridan unumli foydalanishga harakat qiladi [6]. Beruniy o‘z hovlisida turli gullarni parvarishlashni yoqtirgani uchun unga Rayhon laqabini ham berishadi. Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda oʻtkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shugʻullandi. Beruniy ona tili boʻlgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab yunon, ibroniy vasuryoniy tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini oʻrgandi. Beruniyning ilmiy merosi matematika, astronomiya, jo‘g‘rofiya, minerologiya, tarix, etnografiya, filologiya va falsafaga doir 150 ta asarni o‘z ichiga olgan. Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan. Al-Beruniy — Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarga oid qomusiy asarlar muallifidir. Beruniyni chinakam o‘rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Amerikalik tarixchi Dj.Sarton buyuk olim haqida: “Astronomiya va matematika, astrologiya va jo‘g‘rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo‘lardi” degan. To‘liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy. 973 yil 4 sentyabr kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kat (Ayrim manbalar Kot) shahrida dunyoga kelgan. Beruniy hayotining erta damlari haqida ma’lumot kam, faqat chin yetim bo’lganligi ma’lum. Burni katta bo‘lganligi sababli uni “Burunli” deya atashgan. Biroq, ko‘rimsiz tashqi ko‘rinishi ostida ziyrak aql egasi yashiringan bo‘lib, vaziri va amakivachchasi Xorazmshoh Iroq nazari ostiga tushadi. Qarigan chog‘ida Beruniy 12 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya shunday yozadi: “... Iroqlar oilasi menga non-choy berib, odamlar orasiga olib chiqdi...” [7]. U mukammal matematik va falsafiy bilim egasi bo’lgan. Beruniyning birinchi ustozi astronomiya, matematika va trigonometriya bo‘yicha tayanch asarlar muallifi Abu Nasr Mansur ibn Iroq al-Jadiy bo‘lgan. Beruniyning fikricha, tabiatda barcha narsa tabiat qonuniyati asosida o‘zgaradi, bu qonuniyatlarni esa faqatgina ilm-fan yordamida anglash mumkin. Uning asosiy asarlari matematika va astronomiyaga bag‘ishlangan, Xorazmning xo‘jalik hayotida ulkan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan - yer sug‘orilishi va savdo sayohatlari haqida bayon qilgan [4]. U davrda astronomiya fani oldidagi masalalar solnomani mukammallashtirish hamda osmondagi yulduzlar orqali Yerning joylashuvini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Quyosh va Oyning osmondagi aniqroq joylashuvini belgilab, ekliptikning ekvatorga engashishi, quyosh va yulduz yillarining uzunligi va boshqalar kabi astronomik doimiyliklarni o‘lchay olish muhim bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida, matematika fani rivojini, xususan, bir tarafadan yassi va sferik trigonometriya, boshqasidan aniqroq belgilash uchun asaboblarni talab qilar edi. Beruniyning bu sohalardagi yutuqlari bir necha asrlar davomida tengsiz yutuq bo‘lib xizmat qildi. Beruniy Yer radiusini uning aylana shaklga egaligidan kelib chiqqan holda, deyarli aniq belgilagan (6000 km dan ortiq). Beruniy Yerning tortish kuchini o‘rgangan. Beruniy Quyosh Yer atrofida emas, balki Yer uning atrofida aylanishini tasdiqlab, Ptolomeyning dunyo geosentrik tizimini ma’qullashga doir barcha gumonlarga nuqta qo‘ygan. U shafaq va kun botishi ufq orqasida yashiringan quyosh nurlaridagi chang zarralarining chiqishi oqibatida yuzaga kelishini tushuntirib bergan. Quyosh tutilishi vaqtida (Quyosh toji) atrofida paydo bo‘luvchi yorqin tarovat haqida “Tutunga o‘xshash” tabiat fikrini aytgan. Beruniy geodezik o‘lchovlarning astronomik usullarini ishlab chiqqan. V.Snelliusdan 600 yil avval masofada trigonometrik o‘lcham usulini taklif qilgan. O‘sha davrlarda foydalanilgan (astrolyabiya, kvadrant, seks

Доказательный фрагмент

«this article is about the life and creative work of Abu Rayhan Beruni.»

Образец извлечения

Демо-превью

this article is about the life and creative work of Abu Rayhan Beruni. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Encyclopedist, Geographer, Thinker, Naturalist, Philosopher, “As-, Qomusiy olim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники