К содержанию
РецензированоRU2025

PSIXOLINGVISTIKANING PARADIGMA SIFATIDA SHAKLLANISHI

SCIENCE SHINE · Irisova Shahribonu Zayniddinovna · SCIENCE SHINE

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

В статье рассматривается историческое взаимодействие лингвистики и психологии. Особое внимание уделено влиянию Вильгельма фон Гумбольдта на концепцию Гейманна Штайнталя «народного духа» (Volksgeist) и выражению народной психологии в языке. Штайнталь совместно с Морисом Лазарусом основал журнал Zeitschrift für Völkerpsychologie und Sprachwissenschaft, тем самым внедрив социальную (этно-)психологию в методологические основы лингвистики. Рассмотрены также попытки Вильгельма Вундта обосновать народную психологию в качестве методологической базы лингвистики. Внедрение ассоциативной психологии в лингвистику позволило выделить ключевые объекты психолингвистики — механизмы порождения речи, становление детской речи, взаимодействие говорящего и слушающего, а также информационную функцию языка. Подчёркивается неразрывная связь языка с обычаями, историей и самобытностью народа. Ключевые слова: лингвистика; психологический подход; народный дух; этнопсихология; психолингвистика; ассоциативная психология; Гумбольдт; Штайнталь; Вундт. Psixolingvistika – nutqning hosil bo‘lishi, shuningdek, nutqni idrok etish va shakllantirish jarayonlarini ularning til tizimi bilan o‘zaro bog‘lanish holatida o‘rganuvchi fan. Psixolingvistika asoschisi nemis tilshunos olimi G.Shteyntal (1823- 1899) hisoblanadi. Uning eng muhim asarlari sifatida “Tillarni tasnif etish va ularning taraqqiyot qonuniyatlarining maqsadi” deb nomlangan bo‘lib, 1950-yilda yozilgan. Undan keyin 1851-yilda yozgan “Tillarni kelib chiqishi”, 1855-yilda yozilgan ”Grammatika, logika va psixologiya”, 1860-yilda yozgan “Muhim tipdagi tillarning tuzilishi xarakteristikasi” asarlarini sanab o‘tish lozim. Shuni alohida ta’kidlash joizki, lingvistik biologizmning o‘ziga xos xususiyatlari Shleyxer ta’limotida o‘z ifodasini topgan bo‘lsa ham, logikgrammatizm Bekker ta’limotida jonlantirildi. Shteyn ta’limiy qarashlariga Potebnya va Paul, Boduen de Kurtene ham Sossyur, Sepira va Sherbalar e’tibor qaratadi. Biroq psixolingvistika bir xalq misolida rivojlangan emas. Potebnya va Paul qarashlarida psixologiyaning asosi gapning qurilishi, grammatik kategoriyalari va tilning leksik ma‘nolari uchun xizmat qiladi. Psixologik tushunchalar til aloqasining shaxs va xalqqa bog‘liqligini, shuningdek, tilning tarixiy-madaniy faktor ekanligini ifodalaydi. Boduen de Kurtene va F.Sossyur nutqiy ijodiy yondashuvning ijtimoiy xarakter kasb etishini alohida ta’kidlaydi. Bu konsepsiya turli xil individual-leksik birliklarning paydo bo‘lish 117 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 omillarini, ijtimoiy-grammatik assotsiatsiyaning esa uzviy aloqadorligini anglatadi. Psixologik maktab 19-asrning birinchi yarmi va 20-asr boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, til va nutq muammosiga bag‘ishlangan tilning funksional (vazifaviy) belgilarini, shuningdek, til qurilishini va nutqiy-ijodiy yondashuvni o‘rgandi. Vazifaviy-struktur yo‘nalish psixolingvistika, ya’ni lingvistik psixologiya uchun muhimdir. A.Marti o‘z ishlarida, jumladan, 1908-yilda yozgan «Umumiy grammatika va falsafiy tilni tekshirishning isbotlanganligi», A.Gardineraning 1932-yilda yozgan «Til va nutqning nazariyasi», K.Byuleraning 1934-yilda yozgan «Til nazariyasi» asarida aynan vazifaviy-struktur yo‘nalish masalasida ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ta’kidlash joizki, psixologik idealar lingvistik yo‘nalishlar uchun muhim bo‘lib, psixologizm va nutqiy faoliyatni tushunishni idrok etishda simvolik alomat kasb etadi. Buni logik-ma’noviy tahlilda lingvistik yo‘l bilan amalga oshiriladi. Zamonaviy tilshunoslik tobora kengayib, taraqqiy etib bormoqda. Buning asosini, shubhasiz, tilshunoslik va boshqa fanlar o‘rtasidagi aloqadorlik ta’minlaydi. Psixolingvistika ham ana shunday jarayonning mahsulidir. Matn psixolingvistik yondashuvlar talqinida. Matnning antropotsentrik mohiyati psixologiya va lingvistika sohalari kesishuvi natijasida yuzaga kelgan psixolingvistikada ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Psixolingvistik tadqiqotlarda matnning matn tuzuvchi – matn – retsipientdan iborat uchlik nuqtayi nazaridan tadqiq etilishi unda shaxs omilining rolini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Ma’lumki, psixolingvistika sohasi XX asrning 50-yillarida psixologiya va tilshunoslik fanlarining hamkorligi natijasida yuzaga kelgan. Psixolingvistikaning asosiy tadqiq obyekti nutqiy faoliyat subyekti bo‘lgan shaxs, til sohibi hisoblanadi. Rus tilshunosligida mazkur soha rivojiga katta hissa qo‘shgan A.A.Zalevskaya psixolingvistikaning vazifasi haqida yozar ekan, “tilning amal qilishini psixik fenomen sifatida tavsiflash va tushuntirish” ushbu sohaning asosiy maqsadi bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Psixolingvistik tahlilda lisoniy ong masalasi ham markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. “Lisoniy ong tashqi faoliyatni til belgilari vositasida rejalashtirish va boshqarishdan iborat bo‘lgan ichki jarayondir”. U, xususan, muloqotning eng oliy birligi bo‘lgan matn yaratilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Matnning psixol

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается историческое взаимодействие лингвистики и психологии.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается историческое взаимодействие лингвистики и психологии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
linguistics, psychological approach, Volksgeist, ethnopsychology, psixolingvistika, tilshunoslik, xalq ruhi, Humboldt, Shtayntal, assotsiativ psixologiya, etnopsixologiya, Vundt., psixologik yondashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники