ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Zamonaviy xalqaro xususiy huquqning dolzarb muammolari
Local Designs. San Francisco: Pfeiffer. · MindTrek Conference. · Collaboration. OECD Publishing. (7. Mayer, R. E. (2009). Multimedia Learning. Cambridge University Press.) · Kutlimuratova Dilfuza Sharjau qizi (7. Mayer, R. E. (2009). Multimedia Learning. Cambridge University Press.) · Tolegenova Shinargul Sansizbay qizi (7. Mayer, R. E. (2009). Multimedia Learning. Cambridge University Press.)
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинами · 2025
Аннотация
Bugungi global dunyoda davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar kengayib bormoqda. Ushbu jarayon xalqaro xususiy huquq sohasining rivojlanishi va murakkablashishini taqozo qilmoqda. Xalqaro xususiy huquq davlatlar o‘rtasidagi fuqaro-huquqiy munosabatlarni tartibga solish va turli mamlakatlarda qonuniy ziddiyatlarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada zamonaviy xalqaro xususiy huquqning dolzarb muammolari tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Xalqaro xususiy huquq, huquqiy ziddiyatlar, xalqaro arbitraj. Xalqaro xususiy huquq – chet el elementi bilan murakkablashgan xalqaro xususiy huquqning subyektlari o’rtasidagi xususiy huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Xalqaro xususiy huquq xususiy huquq tizimida yuridik fanning bir tarmog‘i sifatida tan olingan alohida huquq sohasi hisoblanadi. Turli davlatlarning fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va chet el yuridik shaxslari o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladi. Jamiyatda barcha huquq sohalari yagona huquq tizimini tashkil etadi. Ushbu huquq sohalari ularning mazmunini ifodalovchi munosabatlarning tabiatiga va xususiyatlariga ko‘ra ikki toifaga: ommaviy huquq va xususiy huquq tizimlariga ajratiladi. Shunga o’xshash xalqaro huquq ham xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq sohalariga ajratiladi.[1] Xalqaro xususiy huquq subyektlari – chet elementi bilan murakkablashgan oilaviy masalalar, meros, tadbirkorlik, shartnomaviy va tijoriy masalalarni o’z ichiga qamrab oluvchi munosabatlarning ishtirokchilari hisoblanadi. Xalqaro xususiy huquqning subyektlari yuridik va jismoniy shaxslar, 355 STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY shuningdek, davlatlar va xalqaro tashkilotlar hisoblanadi. Xalqaro xususiy huquqning eng muhim subyektlari jismoniy shaxs va yuridik shaxs tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 16-moddasi (jismoniy shaxs) va 39-moddasi (yuridik shaxs) tushunchalariga ta’rif berilgandir. Unga ko’ra Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi xalqaro huquq subyekti sifatida jahon siyosiy xaritasida o’z o‘rniga ega bo‘lib, ijtimoiy hayotning turli sohalariga taalluqli masalalar bo'yicha boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, birlashmalar, kompaniyalar bilan o'zaro aloqalar o'rnatib hamkorlik qilib kelmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu aloqalarni tartibga solishga qaratilgan xalqaro qonun qoidalarni bilish va ularga rioya qilishni talab qiladi. Turli davlatlar fuqarolari, biron-bir davlatda istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek yuridik shaxslar hamda davlatlar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar xalqaro xususiy huquq normalari yordamida tartibga solinadi. Turli davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari o‘rtasida savdo-iqtisodiy bitimlami tuzish, ularni bajarish jarayonida turli kelishmovchiliklar, shartnoma shartlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik hollari yuz berib turadi. Ana shunday vaziyatlarda nizoning tez va samarali, eng asosiysi, adolatli hamda oqilona hal etilishi juda katta ahamiyatga ega. Ushbu vazifaning murakkabligi ko‘p hollarda nizolashayotgan tomonlarning o‘z huquqiy tizimi va huquqiy rejimi bilan bir-biridan farq qiladigan turli davlatlar hududida joylashganliklari bilan bog‘liq. Bunday hollarda xalqaro xususiy huquqning kollizion normalarida nazarda tutilgan echimlardan foydalanilishi tabiiy, ammo ana shunday yechimni kim topishi, nizolarni hal qilishning xalqaro huquqiy mexanizmlari qanday ekanligini chuqur tushunib yetish lozim bo‘ladi. Xususiy huquqqa oid xalqaro huquqiy hujjatlarga ko‘ra ham, ko‘pchilik mamlakatlarning milliy qonunchilik tizimlariga muvofiq ham taraflar erkining avtonomligi principi e’tirof etiladi. Unga ko‘ra, xalqaro savdo-sotiq bitimini tuzayotgan tomonlar boshqa masalalar qatorida milliy qonunchilik yo‘l qo‘yadigan darajada kelgusida yuz berishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal etish usullari masalasini ham oldindan belgilab olishlari (nizoning milliy sudlarga yoki xalqaro sudlarga taalluqliligini ko‘zda tutib qo‘yishlari) mumkin. Bu narsa shartnomaning arbitraj izohiga oid qoidalarida nazarda tutib qo‘yiladi. Bitim tuzgan tomonlar nizoni ulardan biri joylashgan davlat sudlarida kо‘rib, hal etish haqida kelishib olganlari taqdirda yoki muayyan mamlakatning milliy qonunchiligida ayrim turdagi nizolar faqat davlat sudlaridagina ko‘rib hal etilishi mumkinligi qat’i belgilab qo‘yilgan hollarda (masalan, 1992 yil 20-martda MDH qatnashchisi bo’lgan davlatlar o ‘rtasida imzolangan “Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq nizolami hal etish tartibi to‘g ‘risida gi bitim 4-moddasining 3-bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq nizolarni faqat davlat sudlarigina ko‘r
Доказательный фрагмент
«Bugungi global dunyoda davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar kengayib bormoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi global dunyoda davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar kengayib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovation, digital learning, interactive pedagogy, communicative competence, ICT, международный арбитраж, huquqiy ziddiyatlar, international arbitration, xalqaro arbitraj, Private international law, правовые коллизии, Международное частное право, Xalqaro xususiy huquq, legal conflicts
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРозимова Кундуз Юлдашевна2026
Цифровые технологии и правоА. Ю. Мамычев, ОСНОВНЫЕ ПОЛИТИКО-ПРАВОВЫT ТЕНДЕНЦИИ2024
International Journal Of Law And CriminologyPAGE NO. -, Djalilov Javoxir Abdumajitovich2025