Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Bolalarda milliy muloqot kompetensiyasini shakllantirish
Davlatova Hulkaroy Uktamovna
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинами · 8 · 215-234 · 2025
Аннотация
Har bir millat uchun o‘z ona tili haqiqiy xazina hisoblanadi. Til inson dunyosi va madaniyatini aks ettiradi. Tilning eng muhim vazifasi shundaki, u madaniyatni saqlab qoladi va uni avloddan avlodga yetkazadi. Shuning uchun ham til shaxsiyat, milliy fe’l-atvor, xalq, millat shakllanishida juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun til va madaniyatning o‘zaro ta’siri masalasi mutaxassislar – kulturologlar, tilshunoslar, faylasuflar uchun ilmiy qiziqish doirasiga kiradi. Kalit so‘zlar: millat, bola, nutq, kompotensiya, mutaxassis, tilshunoslar, milliy fe’l-atvor, xalq, millat Albatta, madaniyatlarning o‘zaro ta’siri har doim bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda. Jahon tarixiga nazar tashlasak, ushbu tabiiy jarayon odatda ular bilan aloqada bo‘lgan madaniyatlarning o‘zaro boyishiga olib keladi. Ammo zamonaviy ommaviy axborot vositalari va aloqa tufayli bir madaniyatning ikkinchisiga ta’siri juda tez seziladi32. Bola jamiyatning a’zosiga aylana borar ekan, o‘ziga xos milliy qadriyatlar ta’siri uning nutqiga ham singib boradi33. Shaxslar muloqot vositasi orqali o‘zaro munosabat o‘rnatar ekanlar, nutqiy faoliyat insonlargagina xos bo‘lgan muloqotning asosiy manbasidir34. Jamiyatning kichik a’zosi o‘z ehtiyojlarini insoniy munosabatlar hamda nutqiy muloqot natijasidagina qondirish mumkin bo‘lgan sharoitda voyaga yetadi35. Psixologik nuqtai nazardan olib qaralganda, ba’zi bolalar yoshlik chog‘laridan tabiatan kam gap bo‘ladilar. Bola kam gapirsa-da, unga gapirilayotgan hamma so‘zlarni tushunadi. Bolalarning so‘zga chechan va gapdon bo‘lishlari bevosita ularni o‘rab turgan ijtimoiy-lisoniy muhitga bog‘liq. Bolalar nutqidagi milliy so‘zlarni hech kim maxsus o‘rgatmaydi, bola qaysi millat vakili bo‘lsa, yashab turgan ijtimoiy muhiti ularning nutqida aks etadi. O‘zbek, ingliz, fransuz, xitoy, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z ichki ehtiyojlaridan kelib chiqib milliyligiga oid so‘zlarni muloqot jarayonida qo‘llaydi36. Har bir millatga xos milliylikni bildiruvchi so‘zlarning kelib chiqishi bevosita tarixga bog‘liq. Masalan: o‘zbek bolalari uchun bosh va ustki kiyimlarni ifodalovchi do‘ppi, salla, cho‘girma, to‘n, chopon kabi milliylikni bildiruvchi so‘zlarini hech kim o‘rgatmaydi, milliylikni 32 Х.У Давлатова. (2019) The variation of teaching kids to greeting in Uzbekistan and Great Britain. Молодой ученый, (1), 212-213 33 Davlatova Khulkaroy. (2023). The role of psycholinguistics in the study of a foreing languages. international engineering journal for research & development. VOL. 8 NO. 4: VOLUME 8 34 Ольшанский В.Б. Социализация //Философская энциклопедия. Т. 5. М.: Сов. энциклопедия, 1970. – С.66-67. 35 Леонтьев А.Н. Психология общения. – Тарту, 1974. –3 1С0. 2 18. 36 Davlatova, H. (2022). BOLALARNING AQLI VA NUTQI RIVOJLANISHIDA OILANING TA’SIRI. Scientific journal of the Fergana State University, (1), 51-51. STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY anglatuvchi bunday so‘zlar oiladagi ijtimoiylashuv va muloqot jarayonida bolalarning nutqiga singib ketadi37. Yuqorida aytib o‘tilgan milliy-madaniy markerlangan so‘zlarning tarixi biz uchun ozmi-ko‘pmi tanish38. Xuddi shunday ingliz, xitoy, fransuzlarning milliyligini ifodalovchi so‘zlarning kelib chiqishi va nutqda faol qo‘llanilishi ularning nutqida qiyinchilik tug‘dirmaydi. G.Iskandarovaning ko‘rsatishicha, xitoylik bolalar juda yoshligidan boshlab o‘zlarining milliyligini anglatuvchi so‘zlarni yaxshi biladilar: guruch, soya suti kabi yegulik nomlarini; qizil fonuslar, tilla baliqlar va ajdarho tasviri, ovqat yeyish uchun mo‘ljallangan tayoqchalar kabi artefaktlar nomlarini. Fransuz bolalari uchun xo‘roz-mag‘rurlik belgisi, Eyfel minorasi, egzagon olti burchagi, pishloq, Marianna byusti, Mersel’eza madhiyasi, uch rangli bayroq, vino, shior (ozodlik, tenglik, birodarlik) va ko‘plab milliyligini bildiruvchi so‘zlar ular uchun begona emas39. Ingliz oilasidagi bolalar uchun “Cardigan”, “balaclava”, "Wellies" kabi milliy so‘zlari ham ular uchun notanish emas. “Cardigan”, “balaclava”, "Wellies40 so‘zlarini o‘zbek tiliga tarjima qilganimizda – "Kardigan"(kamzul, nimcha), "balaklav", "rezina etiklar"41 degan ma’noni anglatadi. (Ingliz xalqida bugungi kundalik kiyimlarning ko‘plari azaliy an’anaga ega. 1853-1856 yillardagi urush paytida Qrimdagi juda sovuq qish ularga kardigan va balaklav nomlarini bergan. Chunki Lord (1854) Kardigan va Balaklava jangida yengil (asosiy qo‘shinning qismini) brigadani boshqargan. Kardigan yengil tugmachali iliq, yungli matodan tikilgan kalta kamzul, Balaklava esa yungli matodan tikilgan shlyapa. Yana bir ingliz askari Vellington o‘z ismini kiyib yurgan etigiga beradi va bu hozirgacha saqlanib qolgan. Uni inglizlar qisqargan nomi bilan ishlatishadi ya’ni "Wellies" – “Kauchuk etik”) Mulozamat britaniyaliklar madaniyatining muhim qismi va muloqot bezagi hisoblanadi. Inglizlarning milliy nutqida “please” - iltimos, “thank you” - rahmat va “sorry” - uzr so
Доказательный фрагмент
«Har bir millat uchun o‘z ona tili haqiqiy xazina hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHar bir millat uchun o‘z ona tili haqiqiy xazina hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- specialist, нация, milliy fe’l-atvor, лингвисты, competence, national character, xalq, речь, millat, kompotensiya, speech, люди, linguists, компетентность, people, mutaxassis, nation, bola, специалист, child, национальный характер, tilshunoslar, nutq, ребенок
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025