К содержанию
РецензированоUZ2017

RESPUBLIKAMIZDA INVESTITSION LOYIHALARNING O’RNI VA AHAMIYATI

RESPUBLIKAMIZDA INVESTITSION · Raximova Dilrabo Oktyabrovna · Bahriddinova Ruxshona Furqat Qizi

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2017

Аннотация

; Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Investitsiyalar iqtisodiy o‘sish, texnologik modernizatsiya, ish o‘rinlari yaratish va xalq farovonligini oshirishning muhim omili sifatida ko‘rib chiqiladi. Mualliflar investitsion loyihalarning asosiy maqsadlarini aniqlab beradi hamda ularni amalga oshirishda uchraydigan asosiy muammolar — byurokratik to‘siqlar, moliyalashtirish, infratuzilma, kadrlar va huquqiy muhitdagi muammolarni tahlil qiladi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan davlat siyosati, huquqiy islohotlar, soliq imtiyozlari va boshqa chora-tadbirlar yoritiladi. Maqola iqtisodiy siyosat shakllanishida va investitsiya muhiti rivojida amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar. Investitsion loyihalar, Iqtisodiy o‘sish, Xorijiy investitsiyalar Muammolar va yechimlar , Innovatsion rivojlanish, Tashqi iqtisodiy aloqalar, O‘zbekiston iqtisodiyoti Kirish. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yoʻnalishlaridan biri – iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va uni barqaror rivojlantirishdir. Ushbu jarayonda investitsion loyihalarning oʻrni va ahamiyati beqiyosdir. Investitsiyalar – bu nafaqat moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositasi, balki mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ish oʻrinlarini yaratish va xalq farovonligini yuksaltirishning muhim omilidir. O‘zbekiston iqtisodiyotini 2017-yildan liberallashuvi xalqaro moliya tashkilotlari, ilg‘or mamlakatlarning yetakchilari, taniqli tadbirkorlar tomonidan ijobiy baholanmoqda, shu bilan birga iqtisodiyotga katta investitsiyalarni kirib kelishi ham jadallashmoqda. O‘z navbatida investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyoti manfaatlari nuqtayi nazaridan chuqur tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish zarurati oshmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, tarkibiy qayta qurish, iqtisodiyotni barqaror, yuqori surʼatlarda o‘sishini taʼminlash vazifalari, https://scientific-jl.com/wsrj 9 4 Volume-40_Issue-1_June-2025 World scientific research journal iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmini to‘xtovsiz o‘stirishni, har bir so‘mlik investitsiyani eng zarur, eng ko‘p samara beradigan obyektlarga, o‘sish nuqtalariga sarflanishini talab etadi. Ichki investitsiya manbalarining cheklanganligi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida ham katta kuch-g‘ayratni talab etmoqda. Qulay investitsiya muhitini yaratilishi, davlat tomonidan investitsiya faoliyati qonun yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlanishiga qaramasdan, investitsiya jarayonlarida bir qator muammolar saqlanib kelmoqda. Bunday holatning sabablariga pishiq – puxta biznes loyihalarining kamligi, mutaxassislarda kichik va mikrofirma doirasida biznes loyiha ishlab chiqish tajribasi va ko‘nikmalarining talab doirasida emasligi, vakolatli idoralarda texnik-iqtisodiy asoslangan biznes loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish muddatlari cho‘zib yuborilayotganligini kiritish mumkin. Shu jihatdan talabalarga biznes loyihalarni tuzish, tahlil qilish va amalga oshirish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar berish, ularga zarur maslahatlar berish va o‘z biznesini ochishni xohlovchi talabalarni qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘lmoqda. Darslik oliy taʼlim muassalarining iqtisodiyot, biznes taʼlim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalariga nazariy va amaliy bilim berish, ularning biznes g‘oyalarini rag‘batlantirib, amaliyotga tatbiq etishlari uchun ko‘mak berish maqsadini ham nazarda tutadi.Bu borada O‘zbekiston Prezidentining 2020-2021-yillarda qabul qilgan farmon va qarorlari, pandemiya sharoitida ishsizlarni ish bilan taʼminlash masalasining yanada dolzarbligi ushbu darslikni qayta tayyorlab nashr etishga katta turtki bo‘ldi. Respublikamizda investitsion loyihalarning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini jadallashtirishga qaratilgan. Ularning asosiy maqsadi – iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, sanoatni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalq farovonligini oshirishdan iborat. Investitsion loyihalarning quyidagi asosiy maqsadlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. Yangi ish o‘rinlarini yaratish – aholining bandligini ta’minlash va ishsizlik darajasini kamaytirish. 2. Mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish – raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish. 3. Hududiy rivojlanishni ta’minlash – sanoat va infratuzilmani chekka va kam rivojlangan hududlarda kengaytirish. 4. Texnologik yangilanish – ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy uskunalarni mamlakatga olib kirish. 5. Energiya va resurslardan samarali foydalanish – ekologik toza va barqaror ishlab chiqarish tizimlarini yaratish. 6. Tashqi investitsiyalarni jalb etish – xalqaro hamkorlikni kengaytirish va xorijiy sarmoyadorlar ishonchini oshirish. https://scientific-jl.com/wsrj 9 5 Volume-40_Issue-1_June-2025 World scientific research jou

Доказательный фрагмент

«; Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

; Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tashqi iqtisodiy aloqalar, O‘zbekiston iqtisodiyoti, Xorijiy investitsiyalar Muammolar va yechimlar, Kalit so‘zlar. Investitsion loyihalar, Iqtisodiy o‘sish, Innovatsion rivojlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники