Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LUQMON BOʻRIXON HIKOYALARINING BADIIY TALQINI
Qo‘shnazarova Barchinoy
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining mahoratli yozuvchisi Luqmon Boʻrixonning “Tun yog‘dusidagi shu’la”, “Kutilgan kun”, “Sinov muddati” kabi hikoyalarining qisqacha mazmuni va undagi qahramonlarning tasnifi yoritilgan. Kalit soʻzlar: epitsentr, obraz, g‘oya, realistika. O‘zbek adabiyotining namoyondalaridan biri Luqmon Bo‘rixon bo‘lib, o‘lmas asarlari bilan adabiyotimiz xazinasini boyitgan. O‘zbek adabiyotining nozik jihatlarini shamdek yoritgan, qalb va ruh dunyosining qirralarini ifodalagan ijodkor. U yaratgan har bir asar insonni inson ekanligini va voqealarni jonli tarzda kitobxonga yetkaza olganligi bilan ajralib turadi. " Haqiqiy dengizchi ummonda o‘zini qanchalik erkin his qilsa, haqiqiy yozuvchi ham so‘zlar ummonida shunchalik erkin suzishi kerak. To‘rt jumla yozib turib u yog‘iga so‘z topolmay qoladigan odamdan yozuvchi chiqmaydi”1 . Darhaqiqat yozuvchining so‘z xazinasi qanchalik boy bo‘lsa , asar ham shunchalik mukammal va teran boʻladi. Buning isboti sifatida Luqmon Boʻrixonning ijod namunalarini ham eslab oʻtmoq joiz. " Tun yogʻdusidagi shu'la " hikoyasida yozuvchi noodatiy usulda hikoyani bayon etadi. Ya'ni hikoya ichida hikoya keltirilib, kitobxonga nisbatan yanada tasir kuchini oshirgan. Asarda zobit personaji vatanni asrash, zarur bo‘lsa jonni va molni ham vatan uchun fido qilish g‘oyalarini o‘zi mujassamlagan. Hikoya sodda ammo chuqur ma' no bilan https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 7 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 tasvirlangan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Uning syujetida ikki askar va zobit shu'la tomon ketayotganlarida zobitning ko‘nglidan nimalar o‘tmadi, deysiz. Asarda shu'la oddiy nur emas, balki chuqur g‘oyaviy va falsafasiy maʼnolarni o‘ziga yuklaydi. Muallif shu' lani voqealar epitsentrida qo‘ygan chunki chuqur maʼnoda uni ramziy jihatda ko‘ra oldi . Insoniyat tugʻilishi bilanoq bilishga intiladi. Luqmon Boʻrixon ham shu' la obyekti orqali insonning ilmiy izlanishlariga bo‘lgan qiziqishini ramziy ifodalagan. - " Shu, shu qayerda miltillab turgan shu'lani ko‘rsam , beixtiyor tikilib qolaman. Olis, ovloq joyida qay bir fidoyi inson timirsklanib yuribdi ekan degan xayolga boraman. Beixtiyor uni borib ko‘rgim kelaveradi "2. Asarda zobitning bunday so‘zlari yuqoridagi fikrni dalillaydi. Zobit obrazi balki boshqa obrazlar ham asarda o‘zining o‘rniga ega bo‘lib, insoniyatni intilishiga , komil inson darajasiga yetkazish vazifasini yuklagan . Inson komillikka yetishi uchun nafs bilan tinimsiz kurash olib boradi . Luqmon Boʻrixon bu masalani ko‘zdan qochirmagan holda "Kutilgan kun" hikoyasida bosh personaj Bo‘rixon va nafs o‘rtasida jangni yaqqol yoritib bergan . " Bo‘lub nafsingg‘a tobi, band etarsen tushsa dushmanni, Sanga yo‘q nafsdek dushman, qila olsang ani qil band.”3 Asarda ichkilikka mukkasidan ketgan hayotiy qadriyatlarni boy bergan, " Baribir meni tashlab ketadi"4 degan fikrlarni Bo‘rixon ayoliga nisbatan o‘ylar lek ichishdan o‘zini tiyish hayoliga kelmas va yana nafsiga qul bo‘laverardi. Uning ayoli Bo‘rixondan voz kechmasdi chunki u o‘zbek xalqining iffatini , sabr- toqatini o‘zida mujassamlantirgan obraz sifatida namoyon bo‘lgan . Muallif bu ikki juftlik orqali inson o‘zini boshqarish qanchalik muhim ekanligini, nafsga berilmaslik uchun iroda zarurligini va nafsini tiya olmagan odam insoniyligini yo‘qotishini, oxir oqibat mag‘lubiyatga uchrashini yozuvchi aniq ravshan ko‘rsatgan. Hayotda turli fe'l- atvorli inson borligini "Sinov muddati" hikoyasida o‘z aksini topgan. https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 8 Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025 Ushbu hikoyada asosiy obrazlar Jasur va Sobir yaqin do‘st sifatida namoyon bo‘ladi chunki yozuvchi kitobxonning solishtirishi orqali tez xulosa chiqarishini ko‘zda tutiladi. Jasur shaxsiyati dadilsiz , maqtanchoqroq kabi hislatda oshkor etiladi. Bunday insonlar boshqalar oldida o‘zini kuchli ko‘rsatishiga urinadi ammo murakkab vaziyatlarda tezda ortga chekinadi. Bu personajda ham bu vaziyatni ko‘zishimiz mumkin. Unga mutlaqo teskari bo‘lgan obraz Sobir esa qiyin ahvolda hatto jonini ayamasdan ham yordamga oshiqadigan shaxsiyatini gavdalantirgan.Bu esa insoniylik tuyg‘ulari abadiy ekanligiga ishora qilib, kitobxonlarni yozuvchiga nisbatan qiziqishi ortishini kuchaytiradi. Shuningdek hikoyada befarq bo‘lmaslik, qiyin hodisalarga uchragan insonlarga yordam berish kerak ekanligiga da' vat qilmoqda. Luqmon Bo‘rixonning asarlari insonning yaxshi fazilatlarini uygʻotish, samimiy, mehr-muhabbat kabi histuyg‘ularni uyg‘otadi. Uning qahramonlari oddiy odamlar bo‘lgan va shu sababli realistik syujetlarni namoyon qila olgan . Luqmon Boʻrixonning asarlarini o‘qir ekanmiz asardagi har bir detallargacha e’tibor qaratganligini eʼtirof etamiz. "Mening fikrimcha bu narsa adabiyotning azaliy talabi yozuvchi nima uchun yozuvchi aynan oʻsha detallarni nazardan qochirmasligi kerak. O‘sha detallarni tasvirlashda o‘quvchi nazarida ham uncha ahamiyatsiz boʻlib tuyilgan eng mayda fuqfiya narsalarga ham yuk yuklash mana shu yozuvchining iqtidorini koʻrsatadi. Yozuvch
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining mahoratli yozuvchisi Luqmon Boʻrixonning “Tun yog‘dusidagi shu’la”, “Kutilgan kun”, “Sinov muddati” kabi hikoyalarining qisqacha mazmuni va undagi qahramonlarning tasnifi…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining mahoratli yozuvchisi Luqmon Boʻrixonning “Tun yog‘dusidagi shu’la”, “Kutilgan kun”, “Sinov muddati” kabi hikoyalarining qisqacha mazmuni va undagi qahramonlarning tasnifi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- realistika., Kalit soʻzlar: epitsentr, obraz, g‘oya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026