Иностранная филология: язык, литература, образованиеКаримова Сафия Расуловна2019
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SUV LEKSEMASI ASOSIDA SHAKLLANGAN BARQAROR BIRLIKLAR (MAQOLLAR)NING ETNOLINGVISTIK TADQIQI
Hayitova , M.
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДА · 2025
Аннотация
ANNOTATSIYA Har qanday til birligi muayyan bir uslub doirasida, aynan badiiy uslub tarkibida qo‘llanganda, albatta, biror badiiy maqsad uchun xizmat qiladi. Muallif ulardan o‘z qahramonining xarakterini individuallashtirishda, uning boshqalarnikiga o‘xshamagan xususiyatlarini ochib berishda, eng muhimi, uni xalqqa yaqinlashtirishda ustalik bilan foydalanadi. Ba’zan esa qahramon nutqida o‘zi ifodalaydigan ma’nosidan tashqari boshqa xil ma’no qirralarini ham ifodalashi mumkin. Badiiy asarda xilma-xil uslub namunalarining uchrashi uning mazmuniy ko‘lamini yanada kengaytiradi. Bu esa, albatta, yozuvchining badiiy mahoratiga ham bog‘liq. Badiiy asar tarkibida xalqona iboralar, o‘xshatish va payrovlar, nozik qochirimlar, tasviriy ifodalar, hikmatli so‘z va maqol-u matallarning qo‘llanilishi bir tarafdan muallifning so‘zga chechanligi, qalami o‘tkirligini ko‘rsatsa, ikkinchi tarafdan asarda tilga olingan xalqning madaniy tafakkuri, mentaliteti, urf-odatlari va olamni qanday idrok etishi haqida ma’lumot berishga xizmat qiladi. Biz ham o‘z tadqiqotimizda “suv” leksemasi asosida shakllangan til birliklarini tadqiq etdik. Ularni mazmuniy guruhlarga ajratgan holda etnolingvistik jihatdan tadqiq etishga harakat qildik. Yuqorida sanab o‘tilgan til birliklarining aksariyat qismi suv leksemasi asosida shakllangani bizning e’tiborimizni o‘ziga tortdi. Ularning ayrimlari xalq tilida qanday bo‘lsa, shundayligicha qo‘llangani holda, ayrimlari muallifning badiiy tafakkur mahsuli o‘laroq qahramon nutqida ishlatilgan. Ajdodlarning dono-yu donishmandligini avlodlarga yetkazib beruvchi, asrlar davomida olingan hayotiy saboqlarni keyingi avlodga o‘rgatuvchi janr xalq maqollaridir. Donishmand xalqimiz boshidan o‘tkazmagan va xulosa chiqarmagan biror gapini maqolga solmagan. Kalit so‘zlar: maqol, hikmatli so‘z, lingvomadaniyat, etnolingvistik tahlil, ko‘chma ma’no.
Доказательный фрагмент
«ANNOTATSIYA Har qanday til birligi muayyan bir uslub doirasida, aynan badiiy uslub tarkibida qo‘llanganda, albatta, biror badiiy maqsad uchun xizmat qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюANNOTATSIYA Har qanday til birligi muayyan bir uslub doirasida, aynan badiiy uslub tarkibida qo‘llanganda, albatta, biror badiiy maqsad uchun xizmat qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Interpretation and researchesAbdug‘aniyeva Madinaxon Xikmatullo qizi1953
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021