К содержанию
РецензированоUZ2025

IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING BOZOR VA DAVLAT MEXANIZMLARI

Djalolova Umeda Narzulloyevna

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Iqtisodiyotimiz yaqin yillar ichida yanada barqaror, o‘ziga baquvvat, jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobatdosh bo‘lmogi uchun iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha hali ko‘p ish qilish lozimligini ham biz o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz. «O‘z-o‘zidan ravshanki, bularning barchasi iqtisodiyotimizning yuqori suratlar bilan barqaror o‘sib borayotgani va mamlakatimizda ro‘y berayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlanishi, yangi axborot kommunikatsiyalarini kirib kelishi, muhandis-pedagoglar oldiga iqtisodiy, pedagogik, psixologik bilimlarga ega, korxonalarni boshqarish, modellashtirish, avtomatlashtirish, shuningdek, kam sarf-harajatli arzon, mustahkam uzoqqa chidamli ishlab chiqaruvchi texnologiyalarni matematika, informatika, matematik dasturlash, statistika, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot nazariyasi, sotsialogiya, pedagogika va boshqa fanlardan o‘zlashtirgan bilimlari asosida o‘rgangan yetuk mutaxassis kadrlar bo‘lishlikni taqozo etmoqda. Kalit so`zlar: davlat, iqtisodni boshqarishda davlatning iqtisodiy vositalari, asosiy vazifalari, qonunchilik asoslarini yaratish, davlatning iqtisodiy siyosati, boylik, aholi daromadlarining turlari,jon boshiga to’gri kelayotgan YaMM Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiv tavsif kasb etadi. Ko’plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning ko’plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. https://scientific-jl.com/luch/ 1 4 7 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv asosi bo’lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan iqtisodiy resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha faoliyati tushuniladi Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko’rsatish mumkin 1.Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash 2. Raqobatni himoya qilish Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga ega: 1) daromad va boylikni qayta taqsimlash; 2) resurslarni qayta taqsimlash; 3) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish. Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda nazorat o’rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar raqobatli https://scientific-jl.com/luch/ 1 4 8 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 bozor mavjud bo’lish imkoniyatini yo’qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalar deb nomladigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko’rsatiladigan xizmatlarga standartlarni o’rnatadi. Transport, aloqa, elektr energiyasi ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma’lum darajada shunday tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko’pchilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta’minlanishi sababli davlat raqobatini kuchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul qiladi. Respublikamizda ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar bozorida raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar va tadbirkorlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan. Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta’minlaydi. Shu bilan birga jamiyatning moddiy vositalarga ega bo’lmagan, bilim va malaka darajasi past, layoqati ham yuqori bo’lmagan a’zolari, qariyalar, nogironlar, ishsizlar yolg’iz va qaramog’ida bolalari bo’lgan ayollar juda kam daromad oladi yoki bozor tizimi doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo’lmaydi. Qisqasi, bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a’zolari o’rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o’z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o’z ifodasini topadi. Iqtisodiyotda sotuvchilar o’rtasidagi raqobat o’rnini monopoliyalar egallaganda, ularning bozorga ta’sir

Доказательный фрагмент

«Iqtisodiyotimiz yaqin yillar ichida yanada barqaror, o‘ziga baquvvat, jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobatdosh bo‘lmogi uchun iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha hali ko‘p ish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Iqtisodiyotimiz yaqin yillar ichida yanada barqaror, o‘ziga baquvvat, jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobatdosh bo‘lmogi uchun iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha hali ko‘p ish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
davlatning iqtisodiy siyosati, Kalit so`zlar: davlat, jon boshiga to’gri kelayotgan YaMM, qonunchilik asoslarini yaratish, boylik, aholi daromadlarining turlari, asosiy vazifalari, iqtisodni boshqarishda davlatning iqtisodiy vositalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники