Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEKISTON SHAROITIDA MUQOBIL ENERGIYA MANBAALARIDAN FOYDALANISH ENERGIYA MANBAALARI TURLARI
Soliyev Murodjon
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi, bozor munosabatlariga o‘tish – agrosanoat tarmoqlarida energetik resurslarini tejaydigan kompleks texnologiyalarni qo‘llash va ularni ilmiy asoslarini yaratish bilan aniqlanadi. Ushbu maqolada oʻzbekiston sharoitida muqobil energiya manbaalaridan foydalanish energiya manbaalari turlari bayon etilgan. Kalit so’zlar; Muqobil energiya, energiya turlari, shamol energiyasi, geotermal energiya, biomassa, biogas, quyosh energiyasi, dengiz to‘lqin energiyasi. TYPES OF ENERGY SOURCES USING ALTERNATIVE ENERGY SOURCES IN THE CONDITIONS OF UZBEKISTAN Annotation: economic development of Uzbekistan, the transition to market relations – is determined by the application of complex technologies that save energy resources in agro-industrial networks and the creation of their scientific basis. This article describes the types of energy sources using alternative energy sources in the conditions of Uzbekistan. Keywords; alternative energy, types of energy, wind energy, geothermal energy, biomass, biogas, solar energy, sea wave energy https://scientific-jl.com/luch/ 2 4 8 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 Hozirgi vaqtda olinadigan energiya, asosan, qayta tiklanmaydigan energiya manbalari hisobiga olinadi. Bugungi kunda tabiiy yoq’ilg‘i ishlatish miqdori dunyo bo‘yicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga teng. Bu esa har bir kishiga taxminan 2 tonna yoqilg‘i to‘g‘ri keladi, deganidir. Ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi 40 yil davomida butun insoniyat tarixi mobaynida qazib olingan organik yoqilg‘idan ham ko‘p yoqilg‘i iste’mol uchun o‘zlashtirilgan. Bu esa ular zahirasining tez kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. 2050-yilga borib aholi sonining 9-10 milliard kishiga yetishi energiyaga bo‘lgan ehtiyojning 3 baravar ortishiga olib keladi. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkinki, mavjud energiya manbalaridan oqilona foydalanish maqsadida energetika tizimida muqobil energiya manbalari ulushini oshirishni talab etilmoqda. O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan, eng avvalo quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba to‘plangan bo‘lib, ular yuzasidan bir qancha o‘n yillar mobaynida ishlanmalar olib borilmoqda. Respublikada Markaziy Osiyoda o‘xshashi yo‘q ilmiy-eksperimental markaz — Fanlar akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy- ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilingan bo‘lib, uning tadqiqotlari natijalari jahon miqyosida e’tirof etildi. Issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun past potensialli qurilmalarni yaratish, elektr quvvati olish uchun fotoelektrik va termodinamik o‘zgartkichlar, maxsus materiallar sintezi texnologiyalarida, materiallar va konstruksiyalarga termik ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ayniqsa faol va samarali olib borilmoqda. O‘tkazilayotgan tadqiqotlarning natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida amalda eksperimental ravishda keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. O‘n yildan ortiq vaqt mobaynida respublikada quyosh energiyasi bilan suv isitadigan qurilmalar asosida uy-joylar va ijtimoiy obyektlarni issiq suv bilan ta’minlash tizimlari ishlab chiqilmoqda va ulardan tajriba tariqasida foydalanilmoqda. Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va boshqa mintaqalarda issiq suv olish uchun gelioqurilmalar https://scientific-jl.com/luch/ 2 4 9 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 o‘rnatilgan. Turli quvvatlardagi fotoelektrik qurilmalarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Ko‘plab oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mazkur soha uchun malakali kadrlar tayyorlab kelinmoqda. Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun O’zbekistonda yaratilgan shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bu sohadagi ilg’or texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun O’rta Osiyoda tajriba tariqasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos bo’lib xizmat qiladi. To‘plangan tajribani e’tiborga olgan holda va tadqiqotlar hamda tajriba-sanoat ishlanmalarini yuqoriroq texnik va ilmiy darajada o‘tkazishni yanada davom ettirish, jahon tajribasini hisobga olgan holda O‘zbekiston sharoitida muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasidagi ayrim yechimlarni amalda qo‘llash, shuningdek mazkur soha uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekistonda quyosh va biogaz energiyasidan foydalanishni yanada chuqurroq ishlab chiqish va amalda qo‘llash uchun ilmiy-eksperimental va moddiy-texnika bazasi yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fanlar akademiyasi va manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda, to‘plangan tajribani hisobga olgan holda quyosh va biogaz energiyasidan foydalanish sohasidagi eksperimental va amaliy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirsin, bunda muqobil manbalardan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba loyihalarini ishlab chiqish v
Доказательный фрагмент
«O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi, bozor munosabatlariga o‘tish – agrosanoat tarmoqlarida energetik resurslarini tejaydigan kompleks texnologiyalarni qo‘llash va ularni ilmiy asoslarini yaratish bilan aniqlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi, bozor munosabatlariga o‘tish – agrosanoat tarmoqlarida energetik resurslarini tejaydigan kompleks texnologiyalarni qo‘llash va ularni ilmiy asoslarini yaratish bilan aniqlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- alternative energy, types of energy, wind energy, geothermal energy, biomassa, dengiz to‘lqin energiyasi., Muqobil energiya, quyosh energiyasi, biogas, energiya turlari, shamol energiyasi, solar energy, sea wave energy, geotermal energiya, Keywords, Kalit so’zlar, biomass
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024