Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONVIY TILSHUNOSLIKDA MAYDON TUSHUNCHASI VA UNING FUNKSIONAL KATEGORIYALARI
FUNKSIONAL KATEGORIYALARI · Otaxonova Mahliyoxon Kamoliddinovna
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada tilshunos olimlar tomonidan maydon nazariyasiga berilgan ta’riflar o’rganilib chiqilib, maydon tushunchasi va ularning turlari tahlil qilingan. Shu bilan birga frazeologik birliklarda maydon tushunchasining ahamiyati tadqiq etilgan. Kalit so‘zlar: maydon nazariyasi, maydon turlari, frazeologik birliklar,makro va mikromaydon nazariyasi. So‘ngi yillarda anʼanaviy leksik semantika bilan bir qatorda, yangi yo‘nalishlar ham rivojlanmoqda. Bular qatoriga struktur semantika, psixolingvistik semantika, generativ semantika, konseptual semantika, kommunikativ semantika kabilarni kiritish mumkin. Semantik maydon tilning turli xil so'zlarini ongda tartibga solish usulida mavjudlik doirasiga ega.Semantik sohadagi so'zlar juda ko'p sonli ma'nolarga ko'ra tartiblangan.[1] Bunga rang, lazzat, hayvonlar, kostyumlar, ichimliklar yoki tadbirlar kiradi.Boshqa tomondan, so'z bir nechta semantik sohaga tegishli bo'lishi mumkin. Masalan, ispan tilida ism qopqoq Bu so'z (kiyim) va tuzilish (darajalar, biologiya) so'zlari sohasiga tegishli.[2] Anʼanaviy semantika asosan alohida so‘z yoki so‘z guruhlarining ishlatilishi va rivojlanish bosqichlaridagi maʼnolarini o‘rgansa, struktur semantika ( M. M. https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 5 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 Pokrovskiy, F.de Sossyur, L. Yelmslev, I. Trir, V. Porsig, D, Vaysgerber, L, Tener va ularning izdoshlari tomonidan ishlab chiqildi) o‘z oldiga lisoniy maʼnolar, leksik- semantik paradigma va boshqa turdagi mazmuniy maydonlarning sistem aloqalarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘yadi. G‘arbiy Yevropa tilshunosligida Y.Trirning mazmuniy maydon nazariyasi so‘zlarning leksik-semantik aloqalari haqidagi qarashlarda muhim o‘rin tutadi. Maʼno va mazmun umumiyligi bilan birlashgan va belgilanayotgan hodisalarning tushunchaviy, predmetlik yoki vazifaviy (funksional) o‘xshashligini aks ettiruvchi til birliklari (asosan, leksik birliklar) yig‘indisi ko‘pchilik lisoniy adabiyotdarda maydon sifatida belgilandi. Maydon nazariyasi muammolari bo‘yicha keyingi yillarda qator tadqiqotlar olib borildi. G.S.Shchur maydon muammolari yuzasidan mingdan ortiq maqolalar eʼlon qilinganini taʼkidlaydi.[7] Maydon tushunchasining uzil-kesil shakllanishiga yordam bergan hal qiluvchi tadqiqotlardan biri L.Vaysgerberning ishlari bo‘ldi. Vaysgerber fikricha, tilni ruhiy mazmunning oddiy vositasi sifatida emas, balki dunyoni intellektual shakli sifatida o‘rganish zarur, uningcha semasiologiya maʼnolar xususidagi fan bo‘lmay, tushunchalar. haqidagi taʼlimot bo‘lishi kerak.Bu ishlardan kelib chiqqan holda, Y.N. Qaraulov “maydonning asosiy xususiyatlarini” quyidagicha belgilaydi. 1. Maydon elementlarining o‘zaro aloqasi: bunda elementlarning mazmuniy o‘xshashligi, mazmuniy munosabatdorligi (semantik korrelyasiyasi) obyektga bo‘lgan munosabati nazarda tutiladi; 2. Maydon elementlarining bir-biridan farqlari asosida belgilanishi, baʼzan bu xususiyat o‘zaro almashinish sifatida ham taʼriflanadi;[6] 3. Mazmuniy maydonlarning mustaqilligi (yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqadi; 4. Turli tillarda maydon xususiyatlarining o‘ziga xosligi (tarixiy tarkibi, milliy jihatlari.[5] https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 6 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 Maydon tushunchasining talqini hamda unga xos xususiyatlarga ayrim holda yondashuv maydon nazariyasini tadsih etishning turlicha muammolarini vujudga keltirdi.Maydonning u yoki bu, xususiyatlariga tayanib, ushbu muammolar tadqiqotchilar tomonidan turli-tuman ravishda o‘z yechimini topmoqda.O‘zbek tilshunosligida ham sistema (maydon) talqini bilan bog‘liq bir qator qarashlar yuzaga chiqadi. Xususan, M.Abduvaliyev tomonidan maydon nazariyasi birmuncha yoritilgan bo‘lsa-da, u faqatgina sintaktik sathning to‘siqsizlik kategoriyasi yuzasidan tadqiq etilgan. T.Mirzaqulov esa funksional-semantik maydonlarning ayrim morfemikaga doir xusuyeiyatlariga to‘xtaladi.Shunday qilib, hali o‘zbek tilshunosligida til birliklarini maydon asosida o‘rganish keng yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Bu usul, bizning nazarimizda, ayniqsa, leksikani o‘rganishda katta ahamiyatga ega. O‘zbek tili leksikasini makromaydon sifatida qaralgani holda, uni mikromaydonlarga ajratish ideografik, lug‘atlar tuzishda katta samara beradi. Shuning uchun ham lisoniy maydon va til lug‘at tarkibini bunday maydonlarga ajratishning nazariy asoslarini o‘rganish hozirgi o‘zbek tilshunosligi oldidagi eng dolzarb muammolardan sanaladi. Bizningcha, tilni maydon sifatida o‘rganish tilni aks ettirish tabiatini ochishda juda katta ahamiyatga ega, chunki obyektiv olam bir butun sistema sanalib, sistemaning uzvlari muayyan mikroolamlardan iborat bo‘ladi. Bu mikroolam inson ongi orqali tilda o‘z ifodasini topadi.[4]Semantik maydon tushunchasi tilning so'z boyligi yoki leksikasini tashkil etuvchi o'zaro bog'liq tarmoqlar tizimini anglatadi. Har bir so'z boshqa atamalar bilan bog'lanadigan birlashmalar tarmog'i bilan o'ralgan hamdao'zaro bog'liq bo'lgan narsalar bir xil semantik sohaga tegishli bo'lishi mumkin, masalan: uy, tom, zamin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tilshunos olimlar tomonidan maydon nazariyasiga berilgan ta’riflar o’rganilib chiqilib, maydon tushunchasi va ularning turlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tilshunos olimlar tomonidan maydon nazariyasiga berilgan ta’riflar o’rganilib chiqilib, maydon tushunchasi va ularning turlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- makro va mikromaydon nazariyasi., maydon turlari, Kalit so‘zlar: maydon nazariyasi, frazeologik birliklar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026
Учебная литератураМихаил Иванин2018