Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOBORAHIM MASHRAB HAYOTI VA ADABIY MEROSINI O`RGANISH.
Usmonova Nafisa Axmadovna
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Hukumatimiz tomonidan Respublikamiz ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda ta’lim mazmuni shakli hamda samaradorligini takomillashtirish muhim masaladir. Ayniqsa, bilimli, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasi o‘ta dolzarbdir. Kalit so’zlar : Kamolot, adabiyot, ma’naviyat, tasavvuf, so`fi ,she’r,darvesh Zamonaviy mutaxassis o`z sohasining mohir ustasi bo`lishi bilan birga, nutq savodxonligi va madaniyatini, xususan, yozma nutq ko`nikmalarini puxta egallagan bo`lishi lozim. Har bir kishi fikri va tuyg`ularini og`zaki shaklda lo`nda va ravon ifodalash bilan birga to`g`ri va mantiqli yozishni ham uddalay olsagina xalq e`tiboriga tushadi. Bunda har bir nutqiy malaka turi bir butun bo`limga uyg`unlashtirilgan tarzda havola etildi.Dars jarayonida mavzular izchilligi va uzviyligi ta`minlanishi,har bir bo`limdan so`ng ijodiy yozma ishlar o`tkazilib,egallangan bilimlarni amalda qo`llash va mustahkamlash mashqlari bajarilmog`i maqsadga muvofiqdir . “Boborahm Mashhrab hayoti va adabiy merosini o’rganish” mavzusini o’qitishning nazariy masalalari. Inson kamolotida adabiyotning o`rni beqiyosdir. U inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish va ohanglarni ilg`ashga, ularni so`z vositasida aks ettirishga intiladi. Eng oliy daraja,yuksak pog`onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot namunalari insoniyatni https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 9 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 to`lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o`y-fikrlar, kechinmalar, orzu-umidlarni ifodalaydi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o`xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir.O`qituvchilarning vazifasi esa dunyoqarashi keng, mustaqil fikrli kasb egalarini tarbiyalashdir. Mashrab ijodini o‘rganish XIX asr oxiri XX boshlaridan ancha keng rivoj topdi. Hatto, rus sharqshunos olimlari shoir faoliyati va adabiy merosini katta qiziqish bilan o‘rgandilar. XIX asrning 90-yillaridan boshlab mahalliy va rus matbuotida shoir tarjimai holi va ijodiga oid ma’lumotlar e’lon qilindi, ayrim she’lari rus tiliga tarjima qilindi. Mashrab faoliyatini o‘rganish va uni rus kitobxonlariga tanishtirishda N.C.Likoshinning xizmatlari katta bo‘ldi. U “Devonai Mashrab” asarini rus tiliga tarjima qilib, so‘zboshi yozadi. Shuningdek, rus tadqiqotchilaridan N.I.Vaselovckiy, N.C.Likoshin, N.P.Ostroumov, V.P.Nalifkin, V.L.Vyatkinlar tomonidan ham Mashrabning hayoti va faoliyatiga doir materiallar yig’lgan. Sho’rolar davrida S.Ayniy “Namunai adabiyoti tojik” asarida, A.Fitrat, I.Sulton, V.Abdullaev, A.Abdug’afurov, A.Hayitmetov, M.Zokirov kabi olimlarning risola va maqolalarida Boborahim Mashrab haqida bir qancha ma’lumotlar berilgan. Mashrab hayoti va faoliyatini o‘rganishda Fitratning “Mashrab” nomli maqolasi alohida ahamiyatga molik. Zero, Fitrat ushbu maqolasida Mashrab haqida ma’lumot beruvchi ko‘pgina tazkira va bayozlarni birma-bir sanab o‘tadi. Mashrabning tug‘ilgan joyi, oilasi, ustozlari, safarlari, Mavlono Sharif, So‘fi Olloyor bilan uchrashishlari, Balxda Mahmud Qatag‘on tomonidan o‘ldirilishi, qalandariylik mazhabi haqida, Mashrab asarlari haqida ham to‘xtalib o‘tgan. Adabiyotshunos olim V,Abdullaev ham “O‘zbek adabiyoti tarixi” nomli kitobida Boborahim Mashrab haqida to‘xtalib o‘tadi. Jumladan, Mashrabning asosan o‘zbek tilida qisman tojik tilida she’rlar yozgan. Taniqli olim Abduqodir Hayitmetov ham “Mashrab haqida so‘z” maqolasida Mashrabning valiyi modarzod, ya’ni onadan tug‘ma valiy ekanligi bilan bog‘liq rivoyatni keltiradi https://scientific-jl.com/luch/ 2 9 0 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 Adabiyotshunos olim Abdurashid Abdug‘afurov o‘zining “Erk va ezgulik kuychilari” nomli risolasida Mashrabga kattagina joy ajratadi. Jumladan, shoir umrining ko‘p qismi safarda o‘tganligi, qo‘nimsiz hayot kechirgan shoirning, shubhasizki, devon tuza olmaganligi haqida to‘xtaladi. Hatto, keyinchalik boshqa biror shaxs (kotib, adabiyot muxlislari) tomonidan ham ana shunday ishning amalga oshirilmaganligi ham eslatib o‘tadi. SHoir she’rlaridan namunalar turli bayoz va tazkiralarda keltirilganligini alohida qayd etadi. Mashrabning qalandarlik maslagiga munosabat hamda uning piru ustozlari haqida ham to‘xtalib o‘tgan. Shuningdek, shoirning ayrim she’rlarini ham g‘oyaviybadiiy jihatdan tahlil qilgan.Adabiyotimizdagi deyarli har bir olim yoki tadqiqotchi Mashrab to‘g‘risida maqola, kattayu-kichik tadqiqotlar yaratgan. Jumladan, adabiyotshunos olim I.Haqqul o‘zining “Tasavvuf va she’riyat” kitobida “Haqiqat yo‘lin tutay desang...” nomli maqolasi orqali Shoh Mashrabning hayoti va faoliyatiga oid ayrim jihatlar va she’rlarining g‘oyaviy-badiiy tahlilini keltiradi. Olim Mashrabni sohibjunun shoir sifatida e’tirof etadi.Yirik adabiyotshunos N.Komilov ham Mashrab haqida “Kamoli nuri Rahmatman” nomli maqolasida tasavvuf silsilasida Mashrabning tutgan o‘rni, mavqei to‘g‘risida mulohaza yuritadi. P.SHamsiev, A.Xayitmetovlar tomonidan Mashrabning “Tanlangan asarlari” birinchi bor 1958- yilda nashr etildi. 1963- 1971- yillarda A.Abdug‘ofurov shoir asarlarining to‘laroq
Доказательный фрагмент
«Hukumatimiz tomonidan Respublikamiz ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюHukumatimiz tomonidan Respublikamiz ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tasavvuf, so`fi, adabiyot, Kalit so’zlar : Kamolot, she’r, ma’naviyat, darvesh
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025