К содержанию
РецензированоUZ2025

MIRZO ULUG`BEK – O`TKIR ZEHN VA AQL-IDROK SOHIBI

Xusanov Obidjon Ibodullayevich

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Mirzo Ulug`bek nafaqat davlat arbobi, u shuningdek buyuk olim va astranom bo`lgan. Uning ilm-ma`rifatga qo`shgan hissasi beqiyos. U siyosatdan ilmni ustun bilib, buyuk asarlar qoldirdi. Uning asarlari xalqaro miqyosda ham juda muhim o`rin tutadi. Mirzo Ulug`bekning ilmu-zakovati o`quvchilarni kelajakda ilm-ma`rifat cho`qqilarini egallashda muhim rol o`ynaydi. Kalit so`zlar: Mordin qal`asi, Qorabog`, “Zafarnoma”, ko`ragon, qissaxon Mirzo Ulug`bek Shohruh Mirzo o`g`li – bobosi Sohibqiron Amir Temurning “besh yillik” yurishida (1392-1396) Iroqdagi Mordin qal`asini qamal qilish chog`ida tug`ilgan. Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida yozishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib nabira ko`rganligi va munajjimlar bu nabira kelajakda ham olim, ham hukmdor bo`lishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qal`asi qamalini to`xtatib, uning xalqiga yuklangan to`lovni bekor qiladi. Sohibqironning o`z nabirasiga Muhammad Tarag`ay va Ulug`bek deb ism qo`yganini ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati bilan bog`lash mumkin. Amir Temur Ulug`bek tarbiyasiga alohida e`tibor bergan va uni davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnshtirgan. Klavixoning qayd etishicha, Ulug`bek bobosining xorijiy elchilarni qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. Amir Temur vafotidan so`ng bo`lgan taxt uchun kurashlarda Shohruh Movarounnahrni o`z tasarrufiga kiritgach, uni idora etishnii Turkiston viloyati bilan birga Ulug`bekka topshirib, Sohibqiron vasiyatini ado etgan. https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 6 Часть-37_ Том-5_ Январь-2025 Rivoyatlarga ko`ra, Mirzo Ulug`bek Samarqand atrofida yurganda, yo`l yoqasida yotgan bir burda nonni ko`rib qoladi-da, otdan tushib, uni qo`yniga soladi. Shunda, uning yonidagilardan biri: “Sultonim, nega bizga buyurmay, o`zingiz otdan tushdingiz” deb so`raganida Ulug`bek: “Nonni dastlab men ko`rdim, uni yerdan olishni birovga buyurish nonga nisbatan hurmatsizlik bo`lardi. Non oldida mening sultonligim, martabam hechdir”, - deb javob bergan ekan1 Mirzo Ulug`bek farosati va xotirasining quvvati shu darjada edikim, har joyda biron jonivorga o`q otib ov qilsa, bu tarixni eslab qolar, voqea qaysi kuni, qayerda sodir bo`lganligini, jonivorlardan qaysilari ovlanganligini daftarga bitib qo`yar edi. Tasodifan o`sha daftar g`oyib bo`ldi va qancha qidirsalar ham uni topolmadilar. Daftarni saqlovchilar sarosimaga tushdilar. Mirzo Ulug`bek dedi: “Tashvish tortmanglar, men daftarga yozilgan gaplarni boshdan-oyoq yoddan bilaman”. Shundan so`ng podshoh kotiblarni chaqirtirib aytib turdi, ular yozib oldilar. Yangi daftar to`lgan ham ediki, avvalgi yo`qolgan daftar topildi. Har ikkala daftarni solishtirib, to`rt-besh ixtilofdan bo`lak farq topmadilar. Mirzo Ulug`bekning o`tkir zehni borasida ko`plab hikoyatlar mavjud. Ayniqsa uning bolalik chog`larida ko`rgan insonlarni oradan uzoq vaqt o`tsa ham unutmasligi g`oyat diqqatga sazovordir. Bu haqda Shayx Ozariy shunday hikoyat qiladi: “Men 1398 yili Qorabog`da, ulug` Amir Temur Ko`ragon qissaxoni – tog`am bilan edi. Ulug`bek Mirzo xizmatiga tayinlandim. O`sha vaqtda hali yosh bola edim va bir necha yil go`daklik shodligini shahzoda bilan o`tkazdim. U bilan birga o`ynar, naqlu hikoyatlar aytar edim. U men bilan yaqin do`st va o`rtoq bo`lib qoldi. 1448 yili mazkur podshoh Xurosonni zabt etdi va Isfaroinga kelib tushdi. Yosh o`tib qarib qolgan edim. O`rnimdan turib, shoh huzuriga bordim. Meni uzoqdan faqiru taqvodor libosida ko`rdi. Salom-alikdan keyin so`radi: “Ey, darvish, sen eski hamsuhbatimiz ko`rinasan, qissaxonimizning jiyani emasmisan?” Shohning o`tkir zehni, farosatu pok idrokidan lol 1 Yusupov E., Ismoilov F. Inson barkamolligi. – T.: “O`zbekiston”, 1990. https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 7 Часть-37_ Том-5_ Январь-2025 qolib, dedim: “Ha, janoblari qissaxonning jiyaniman”. Ulug`bek Qorabog`da aytilgan hikoyatlar, Gurjiston g`azovoti hamda Ozarbayjon ajoyibotlarini o`rtaga soldi. Men yodimda qolganlarini aytib berdim”2 Mirzo Ulug`bekdan so`radilar: - Siz nega siyosatni qo`yib, ilm bilan mashg`ul bo`ldingiz? Mirzo javob berdilarki: - Men ilmning qudratini bobomdan bildim. Bir safar men bobomning tizzasida o`ltirar edim, shu payt huzuriga bir kishi kirdi, bobom shoshib uning istiqboliga o`rnidan turdi – men tizzasidan tushib ketdim. Keyin bilsam, u zot olim ekan, bobomning piri komili ekan. Ilmning obro`-nufuzini men o`shanda ko`rdim Xulosa qilib aytganda, Mirzo Ulug`bek ham ilmu-ma`rifatda, ham davlat boshqaruvida piru komillarni ardoqlagan o`tkir zehn va aql-idrok sohibi bo`lgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “Temur tuzuklari”.-T.:G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991 2. Ahmedov B. Amir Temur haqida. //”Fan va turmush”, 1990 3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar.-T., 1992 4. Boboyev H.B. Amir Temur va temuriylar saltanati.-T.:”Kamalak”, 1996 2 Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar bo`stoni/Fors-tojik tilidan B.Ahmedov tarjimasi.-T.:Gafur G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti, 1981. https://scientific-jl.com/luc

Доказательный фрагмент

«Mirzo Ulug`bek nafaqat davlat arbobi, u shuningdek buyuk olim va astranom bo`lgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mirzo Ulug`bek nafaqat davlat arbobi, u shuningdek buyuk olim va astranom bo`lgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so`zlar: Mordin qal`asi, qissaxon, ko`ragon, “Zafarnoma”, Qorabog`
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники