Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALISHER NAVOIY QIT’ALARI TAHLILI
Nurillayeva Munisa
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Alisher Navoiy qit’alarida insoniyat va uning olami, o’zligini tanish, insonlarga bo’lgan munosabatlari xatti-harakatlari haqida fikr- mulohazalar berilgan. Kalit so’zlar: qit’a, qit’a namunalari, qit’a sarlavhasi, Alisher Navoiy qit’alarida umuminsoniy qadriyatlar, ayb qidirmaslik kabi. Navoiy ijodi va uning shxsiyati cheksiz bir ummondir. Bu ummonning qa’riga yetish, uni anglash uchun g’ovvos bo’lib dur-u gavharlarni terish zarur. Gʻarbda Chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili, sharqda "Nizomi millat va din" unvoni bilan ulugʻlangan, oʻzbek tilining asoschisi hisoblangan Mir Alisher Navoiy koʻp sohalarga oʻzining asarlari bilan katta hissa qoʻshgan. Oʻzbek sheʼriyatida uning sheʼriy asarlari yuqori choʻqqida turadi. Ruboiy, tuyuq, lugʻz (chiston)larining barchasi oʻzining mukammal, beqiyosligi bilan ajralib turadi. Asarlarining ichida qit'aning alohida oʻrni bor. Ma’lumki, Alisher Navoiy asarlari zamonlar oshasa-da, o’z mazmunini, buyukligini,teranligini yo’qotmaydi. Necha zamonlar o’tibdiki, uning asarlarining mavzusi, g’oyasi, jamiyatda insonlar o’rtasidagi munosabatlarda, ibrat kitobi desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Xususan, uning qit’alarining mavzusi, g’oyasi hayot bilan hamnafas. Bundan bir necha asr oldin yaratilgan bu noyob durdonalar xalqimizning ma’naviy xazinalaridan biridir. Navoiygacha bo’lgan o’zbek adabiyotida qit’a namunalari Hofiz Xorazmiy “Muhabbatnoma” (1 ta), “Bang va chog’ir munozarasi” (2 ta) mavjud bo’lsa-da, bu janrning yuqori mavqeyga ega bo’lishi Navoiy nomi bilan bog’langan. Navoiy qit’alari poetikasi uchun xos bo’lagn yangiliklardan biri ularning har biri maxsus sarlavhaga ega https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 7 Часть-37_ Том-5_ Январь-2025 bo’lganidadir. Qit’anavislikdagi bunday an’ana faqat forsiy shoirlardan Anvariy (1090- 1170/75) va turkiynavis shoirlardan Alisher Navoiy devonlaridagina uchraydi. Biz bu o‘rinda Alisher Navoiy hazratlarining qit’alarini sharh-u bayon etishni maqsad qilib, shoirning insoniy-axloqiy munosabatlarining ulug’ligini yana bir bor anglashga urindik. Ushbu maqola orqali Alisher Navoiy qit’alarida umuminsoniy g’oyalar aks etganini ta’kidlamoqchimiz. YUQORI O`LTURMOQ TALASHQUCHILARKIM HINDUI DIDBON ALARDIN YUQORIROQ DURUR UCHAR QO`NG`UZ ILGARIROQ Yuqori o‘ltururni kim tilasa, Kishilikdin ani yiroq bilgil, O‘lturur safda yuqorilikdin O‘lturur safda yaxshiroq bilgil. Alisher Navoiy o’zining asarlarida hukmdorlar, mansab egalari haqida juda ko’p yozgan. Bu o’y-xayollar orzusida juda ko’p obrazlar yaratgan. Masalan, “Hayrat ul- abror” dostonidagi Shoh Goziy hikoyatida shohning adolatpeshaligi oldida hatto ona ham o’z da’vosidan kechishi, yoki “Majolis ul-nafois” asrining yettinchi majlisi Salotin bobida deb nomlanishining o’zida ham sultonlar va ularning davlat ishlaridagi amallari aytib o’tilgan. Navoiy o’zining orzusidagi hukmdor qanday bo’lish kerakligini o’zining asarlari orqali yaratgan obrazlari yordamida ifoda etgan. Yuqoridagi qit’ada ham hayotda faqat amal-mansab ilinjida yurib shuning orqasidan boylik orttirib, o’zini, o’zligini unutadigan shaxslar hozirgi zamonamizda ham topiladi. Chunki mansab va boylik o’tkinchi bu bilan mast bo’lib qolmaslik zarur. Orttirgan qudrat va martabasining bahosi yo‘q va umri esa vafosizdir. Demak, nafsi pok va aqli sof kimsa bu mastliklardan o‘zini behush qilmasligi va o‘zini bunday ishlardan yiroqda tutishi adolat so’rab kelgan har bir xalqning dardiga darmon bo’lishi kerakligini uqtirgan. Shu sababdan ham ”yuqori o‘ltirurni" tilagandan ko‘ra oddiy odamlar qatorida turish afzalroqdir, deydi hazrat Navoiy. https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 8 Часть-37_ Том-5_ Январь-2025 Alisher Navoiyning mazkur qit’asida ham inson va uning tabiati, fe’l-atvori haqida fikrlarni ko’rishimiz mumkin. HUNAR AHLIKIM, HUNARLARIN KO`RGUZMAK AYBDURUR VA EL AYBIN YOPMOQ HUNAR Erur ahli hunar qoshinda hunar Ayb yopmoq, dog`i hunar topmoq. Hunarin elning oshkor etmak, Yo`q esa bari aybini yopmoq. Har bir davrda ham har xil toifadagi insonlar yashab o’tgan. Navoiy davrida ham har xil fe’l–atvorli kimsalar bo’lib, o’zining yurish-turishi, odob-axloqi, ma’naviyati bilan boshqalardan ajralib turgan. Hazrat Navoiy olam va odam muammolari haqida o’z fikr va qarashlarini o’zining “Mahbub ul-qulub” asarida keltirib o’tgan. Bu muammolar insoniyat va olam o’rtasidagi azaliy muammolardan biri hisoblanadi. Didaktik yo’nalishdagi har qanday asarlarda inson va uning ma’naviy qiyofasi ko’rsatiladi. Qit’ada olam ahli qoshida kimningdir aybini yopmoq bu eng buyuk hunardir,deydi hazrat Navoiy. Kimningdir aybini oshkor qilmoqdan ko’ra uni ayblarini yashirmoq har bir mo’min-musulmon uchun eng ezgu fazilatlardan biridir. Ana shunday g’oyalar Navoiyning boshqa asarlarida ham o’z isbotini topgan. Xususan, “Mahbub ul-qulub” asarida: “Yaxshiliklarni topmoq - yedirmoqdir; ayblarini yashirmoq - kiydirmoqdir” degan satrlarida ham shu fikrlarni anglashimiz mumkin. Bilamizki, Sharq adabiyoti didaktik yo’nalishidagi asarlari bilan G’arb adabiyotidan fa
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Alisher Navoiy qit’alarida insoniyat va uning olami, o’zligini tanish, insonlarga bo’lgan munosabatlari xatti-harakatlari haqida fikr- mulohazalar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Alisher Navoiy qit’alarida insoniyat va uning olami, o’zligini tanish, insonlarga bo’lgan munosabatlari xatti-harakatlari haqida fikr- mulohazalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlar: qit’a, qit’a namunalari, qit’a sarlavhasi, Alisher Navoiy qit’alarida umuminsoniy qadriyatlar, ayb qidirmaslik kabi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026