К содержанию
РецензированоUZ2025

ZAMONAVIY VA PERSPEKTIV MODA YO‘NALISHLARI ASOSIDA KIYIM MODELLARINI TANLASH VA ASOSLASH

G’ofurova Umida Tursunovna · Omonova Nodira Nosirovna · Toshpo’latova Odina Nematovna

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqola o’quv amaliyoti kasb- hunar maktabining o’quvchilariga mo’ljallangan. uslubiy ishlanmasi TTS-tarmoq ta’lim standarti talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlanadi.kadrlar tayyorlash barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirish o’quv amaliyotiga oid bilimlarining salmog’iga bog’liq.Shu sababli o’quvchilarning ushbu amaliyotdan egallashi lozim bo’lgan ko’nikma va malakalarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilgan. Bo’lajak ishlab-chiqarish ta’limi ustalari uchun o’quv amaliyoti mavzusi bo’yicha muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnik shartlar texnologik talablar va yo’l -yo’riqli xarita yoritilgan.bugungi kun talablari uchun bo’yicha zaruriy qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Mustaqil mamlakatimiz xalqining o‘sib borayotgan moddiy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish masalasini hal qilishda tikuvchlik ishlab chiqarish korxonalari zimmasiga ham muhim vazifalar yuklanadi. Bu vazifalarni bajarish uchun kiyimlarni modellashni mukammallashtirish, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy qilish, tikuvchilik korxonalarini eng yangi jihozlar bilan ta’minlash talab qilinadi. Hozirgi vaqtda tikuvchilik ishlab chiqarishi juda keng tarmoq bo‘lib, unda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning ilg‘or vositalaridan, kompyuter texnikasidan, fan va texnika https://scientific-jl.com/luch/ 3 2 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 yutuqlaridan keng foydalaniladi. Bularning hammasi tikuvchi mutaxassislardan yuqori bilimli bo‘lishni, mahorat va malaka orttirishni talab qiladi. Xususiy mulkchilikka keng yo‘l berilishi natijasida kichik va o‘rta korxonalar, xususan tikuvchilik korxonalari rivoj topayotganligi bu talabni yanada oshirib yuboradi. Buyumlarni konstruksiyalash ular konstruksiyasini yaratish jarayonidan iborat. Konstruksiya buyumning haqiqiy kattalikdagi chizmasi bo‘lib, unda qirqimlar bo‘yicha detallarning tutashish joylari va tikish usullari ko‘rsatiladi. Moda sezilarsiz o‘zgargan sari, biz doimo unda yangilik va musaffolik kiritilganini sezamiz. Bunda eskirgan modaning yangilanib borishini, hozirgi kun bilan hamnafasligini, kiyim dastlabki elementlarining zamonaviylashishini namoyon etadi. Hozirgi zamon modasida kelajakda kutilayotgan moda elementlarining shiddatli rivojlanishini ko‘rish mumkin. Shuning uchun moda yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Zamonaviy moda maksimal ravishda qulaylikni ta’minlashga, zamonaviy kiyimning funksional va estetik xususiyatlarining birlashib borishiga intiladi. Odatdagidek alohida buyumlar birta ansamblga birlashtirilib, zamonaviy kiyimning shakl, bichim va rang masalasini yechadi. Moda kiyim bichimi masalasining turli-tuman farq qilishi, turli shakllarning birta bichimga birlashishiga imkon beradi. Kiyim uchun matolarning ranglari zamona bilan uyg‘unlashgan. Yozga mo‘ljallangan kiyimlarda yorqin ranglar o‘z ifodasini topgan. Zamonaviy moda yo‘nalishini tahlil qilib, loyihada o‘g‘il bolalar yozgi kostyumining modeli tavsiya etiladi. Tanlangan model moda yo‘nalishiga muvoffiq. Kiyimni loyihalash talablar dasturini tuzishdan boshlanadi. Talablar ikki guruhga ajratiladi: iste’molchilar talablari va ishlab-chiqarish talabi. Birinchi guruhga ekspluatatsion, estetik, gigienik talablar, kiyimning tovarlik sifatiga, ko‘rinishiga oid talablar kiradi. Ekspluatatsion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, shaklining bar - qarorligi tushuniladi. Estetik talablar deganda, kiyimning modaga mosligi, yangi materiallardan tikilganligi, https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 yangi pardozlar ishlatilganligi, iste’molchilarning estetik did - larini qondirish tushuniladi. Gigienik talablarga kiyimning issiqlik balansi, havo o‘tkazuvchanligi, ichki (kiyim ostidagi) nam-terdan yoki tashqi nam (qor-yomg‘ir) ta’siridan himoyalash darajasi, yengilligi, konstruksiyasining qulayligi (kishining normal fiziologik funksiyalariga xalaqit bermasligi) kiradi. Gigienik talablar ergonomik talablarni ham o‘z ichiga oladi, ergonomik talablar esa antropometrik, gigienik va psixo-fiziologik moslikka oid bir qancha ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi guruhga texnologik, standartlashtirish va uning usullari, tejamkorlikdan iborat talablar kiradi. Tejamkorlik loyihalash xarajatlari, ishlab chiqarishni, texnologik, konstruktorlik va texnik jihatdan tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, iste’molchilarning undan foydalanish xarajatlari bilan xarakterlanadi. Bolalar kiyimining asosiy talablari: oddiylik va go‘zallik hisoblanadi. Kiyimni loyihalash jarayonida bolaning yoshi, kiyimni kiyish shartsharoitlari, gazlamaning xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Bolalar gavdasining mutanosibligi kattalar gavdasi mutanosibligidan farq qiladi, shuning uchun bolalar kiyimining fasonlari kattalarnikini takrorlanmasligi kerak. O‘g‘il bolalar kiyimlari ham qulay va chiroyli bo‘lishi kerak. O‘g‘il bolalarga ko‘pincha oddiy bichimdagi kostyumchiklar, shimlar, shortiklar, kombinezonlar tikish mumkin

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola o’quv amaliyoti kasb- hunar maktabining o’quvchilariga mo’ljallangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola o’quv amaliyoti kasb- hunar maktabining o’quvchilariga mo’ljallangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
quv amaliyoti, bog liq, lib unda, https scientific-jl, scientific-jl com, com luch, luch часть-
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники