К содержанию
РецензированоRU2025

TABIIY IPAKDAN TIKUV IPLARINI ISHLAB CHIQARISH

Badalova Muattarxon Djoraboyevna · Fariddinova Sanobarxon Muxtorovna · Badalova Manzuraxon Djoraboyevna · mamlakatlarda, jumladan · Janubiy Koreyada

Лучшие интеллектуальные исследования · 6 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada tabiiy ipakdan tikuv iplarini assortimentini takomillashtirilgan klassifikatsiyasi berilgan. Tikuv iplarini olish texnologiyasida tо‘rtta о‘timga qisqarilishi, ipning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilanishini hamda mustahkamligini ortishini ta’minlagan. Shuningdek, taklif etilayotgan yangi usul birinchi va ikkinchi yarim buram berishni qisqartiradi va buramlar sonini 220 va 180 br/m ga oshirish sababli tikuv iplarining nisbiy uzilish kuchi 25% ga oshganligi keltirilgan. Ishlab chiqilgan yangi texnologiyaga intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan. Kalit so‘zlar: tikuv ipi, chok, mato, buramlar, chiziqli zichlik, xom ipak, xom ashyo, qayta о‘rash, nisbiy uzilish kuchi, qо‘shilishlar soni, qisqarish. Hozirgi kunda xom ipak va undan tayyorlangan mato, trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni qо‘llash orqali ularning sifatini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ipak ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida qator xorijiy mamlakatlarda, jumladan, Xitoy, Hindiston, Braziliya, Yaponiya, Janubiy Koreyada ma’lum yutuqlarga erishilgan bо‘lib, pilla chuvish va xom ipak ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlovchi texnologiyalarni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlarda tabiiy ipakli kiyimlarni tayyorlashda tikuv iplarini turlarini yetishmasligi va boshqa tola tarkibli iplarni https://scientific-jl.com/luch/ 3 9 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 qо‘llanishi ekspluatatsiya hamda yuvib-quritish jarayonida choklarni turli kirishish hollariga olib kelishi tufayli sifat buzilishi kabi muammolarni yechish alohida ahamiyatga ega hisoblanmoqda. Shuning uchun ham, ipak tikuv iplarini ishlab chiqarishning resurstejamkor texnologiyalarini va usullarini, uning yangi assortimentlarini yaratish muhim vazifalardan biri bо‘lib qolmoqda. Ipakchilik tarmog‘ining samaradorligi Respublikamizda yetishtiril-gan pillaning sifatiga bog‘liq. Tо‘qimachilik mahsulotlari ichida tabiiy xomashyodan (tabiiy ipak, paxta, jun, zig‘ir va boshqalar) tayyorlangan mahsulotlar qadimdan xalqimiz tomonidan alohida e’zozlanib kelinadi. Chunki tabiiy xomashyo о‘zining kompleks xususiyatlari bilan kimyoviy tо‘qimachilik xom ashyosidan ustun turadi. Ayniqsa, tabiiy xomashyodan tayyorlangan matolar tashqi kо‘rinishi chiroyli, pishiqligi yuqori, nafis, bо‘yalishi yaxshi, egiluvchan, namlikni oson singdiruvchan va boshqa kо‘plab ijobiy xususiyatlarga ega. Shuning uchun tabiiy xomashyodan tayyorlangan maxsulotlarning bahosi sun’iy yoki sintetik matolarga nisbatan yuqori bо‘ladi [1-3]. Eshilgan iplarning assortimentlari har xil bо‘ladi, kimyoviy iplardan va ipak xom ashyosidan tayyorlanadi. Ipak eshish mahsulotlarining asosiy turlari quyidagilar: arqoq, tanda, grenadin, muslin, krep-yupqa mato, moskrep, krepgranit, fasonliandazali eshilgan iplar, tikuv ipi, jarrohlik va texnik iplar, izolyatsion iplar, teksturlangan iplar, turli xil bog‘ich-chizimli iplar. Bu keltirilgan barcha iplarga har xil buramlar beriladi va buramlar yо‘nalishi ham turlicha bо‘ladi. Yangi assortiment iste’mol mollarini yaratishda eshilgan iplarning turlarini kо‘paytirish muhim ahamiyatga egadir [4-6]. Xom ipak (fibroin) tarkibida inson tanasidagi 20 dan ziyod aminokislotalarni barchasi mavjud. Tabiiy ipakdan kashta iplarini tayyorlashda va hunarmandchilikda so’zanalar, kiyimlarga bezaklar va applikatsiyalar, do’ppilar, esdalik uchun sovg’alarni bezatishda hamda qadoqlashda keng miqyosda ishlatiladi. Bunday iplar hunarmandlar va kasanachilar tomonidan avloddan-avlodga o’tib kelayotgan usullar orqali tayyorlanib sanoat usuli mavjud emas. Shuning uchun tikuv iplarini yangi turlarini yaratish va amaliyotda keng foydalanish maqsadga muvofiq [7, 8]. https://scientific-jl.com/luch/ 4 0 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 OLINGAN NATIJALAR VA ULARNI MUHOKAMASI Libos detallarini birlashtirish, andoza va qirqimlarga ishlov berishda ipli birikmalar keng qо‘llanilmoqda. Chok va bahya ipli birikmalar libos elementlaridir. ISO 4916-82, 4915-81 va GOST 12307-88 «Tikuv buyumlari, bahyalar, choklar va chokli birikmalar tavsifi» standartlari bо‘yicha qabul qilingan tavsifga muvofiq, hozirgi kunda tikuv buyumlari sanoatida turli maqsadlardagi 40 dan ortiq iplar tо‘qilishi turlicha bо‘lgan mato choklarida qо‘llanilmoqda. Choklarni bajarish usullariga qarab, qо‘lda va mashinada bajariladiganga ajratiladi. Chok tavsifi birlashtirish usuli (ipli qо‘lda, ipli ignada, zanjirli yoki mokkili va boshqalar) chok maqsadi, undagi chiziqlar soni va uning texnologik parametrlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Chokning texnologik parametrlari quyidagilardan iborat: qatorni hosil qiluvchi iplar soni (yuqori va pastki); millimetrlarda bahya chokning uzunligi va eni (yoki 10 mm qatorda bahyalar miqdori); igna nomeri va ip nomeri. Tikuv korxonasi kabi tikuv- trikotaj tarmog‘i kichik tikuv korxonasidan boshlab, qо‘shma va yirik korxonalargacha tikuv iplarini tanlash muammosi turibdi. Maishiy liboslar tayyorlashda tolali

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tabiiy ipakdan tikuv iplarini assortimentini takomillashtirilgan klassifikatsiyasi berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tabiiy ipakdan tikuv iplarini assortimentini takomillashtirilgan klassifikatsiyasi berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xom ipak, chiziqli zichlik, nisbiy uzilish kuchi, mato, qisqarish., chok, xom ashyo, Kalit so‘zlar: tikuv ipi, qо‘shilishlar soni, buramlar, qayta о‘rash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники