К содержанию
РецензированоUZ1912

SUN'IY INTELLECT TEXNOLOGIYALARI RIVOJLANISH BOSQICHLARI.

Egamova Muxlisa Iskandar qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 1912

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan "Sun'iy intellekt" haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. Sun'iy intellekt o'zi nima?, Sun'iy intellektni tarixi, rivojlanish bosqichlari?, Sun'iy intellektning ilm-fanga joriy etish va shu kabi savollarga javob topishga harakat qilamiz. Kalit so'zlar: Sun'iy intellekt, Artificial intellegence, machine learning, intellectual, neyron, kognitiv, texnologik, chora-tadbir, BIMT, ITpark, analitik, prognoz, ChatGPT, Face-ID, Zamon shiddat bilan olg‘a ilgarilamoqda. 20 yil avval g‘ishtdek keladigan tugmali telefonni ko‘chada ko‘tarib yurgan odam hammaning e’tiborini o‘ziga jalb qilgan bo‘lsa, bugun o‘sha telefon orqali endi ular smartfonga aylangan – kino ko‘rishimiz, uyga bozorlik qilishimiz, farzandimizning maktabdagi hayotini kuzatishimiz, mutolaa, muloqot va yana juda ko‘plab ishlarni bajarishimiz oddiy holga aylandi Oddiy so‘zlar bilan aytadigan bo‘lsak, sun’iy intellekt (ingl. Artificial intellegence) – kompyuter tizimlarining shu vaqtgacha insonlarga xos bo‘lgan ijodkorlik va intellektual faoliyatni bajarish qobiliyatidir. U neyron tarmoqlar, mashinani o‘qitish (machine learning), tabiiy tilni qayta ishlash, kognitiv (ongli) hisob- kitoblar, kompyuterning tasvirni ko‘rishi singari fanning o‘ta murakkab yangi yo‘nalishlarini o‘zida birlashtiradi. Sun'iy intellekt sohasida o'tgan asrning o'rtalaridan boshlab tadqiqot ishlari boshlangan. Ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954) mazkur yo'nalishda ilk tadqiqot muallifi hisoblanadi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 9 4 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 “Sun'iy intellekt” atamasi 1956 yilga kelib paydo bo'ldi. Shu yilning yozida AQSHning Dartmut universitetida sun'iy tafakkur masalalari bo'yicha anjuman bo'lib o'tdi. Unda Klod Shennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), Gerbert Saymon (Karnegi universiteti, Trenchard Mur (Prinston universiteti), Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti) kabi olimlar ishtirok etgan. Ushbu anjumanda ma'ruza qilgan amerikalik informatika sohasidagi olim Jon Makkarti (1927–2011) “Artificial Intelligence” (“Sun'iy tafakkur”) atamasi muallifi sifatida tarixga nom qoldirdi. XX asrning 80-yillari sun'iy intellekt – kashfiyot deya e'tirof etila boshladi. Olimlar ushbu yo'nalishda darsliklar ishlab chiqa boshladilar. Shuningdek, 1997 yilda shaxmat bo'yicha Jahon chempioni Garri Kasparovni mag'lubiyatga uchratgan mashhur shaxmat dasturi – “Deep Blue” yaratildi. Shu yillarda Yaponiyada neyron tarmoqlari asosida 6- avlod kompyuter loyihasi ishlab chiqilayotgan edi. Shundan so'ng sun'iy intellektga e'tibor kuchaydi. Yirik kompaniyalardan tortib to harbiy muassasalargacha mazkur sohani moliyalashtira boshladi. Natijada yangi texnologiyalar soni oshib, raqobat kuchaydi, sun'iy intellekt vositalari mukammallashib bordi. Sun'iy intellekt infratuzilmani monitoring qilish, katta hajmdagi ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash, texnik hamda tibbiy diagnostika tizimlari, shaxsiy ta'lim traektoriyalarini yaratish, xulq-atvor tahlillari qilishga imkon beradi. Sun'iy intellekt bu changyutgichlardan kosmik stantsiyalarga qadar bo'lgan echimlarning butun spektridir. Joriy yilda “Gartner” analitik kompaniyasi sun'iy intellekt texnologiyalari hali ham rivojlanish bosqichida ekani va to'liq rivojlangan bozor hali uzoq shakllanishi haqidagi tadqiqotni chop etdi Kompaniya mutaxassislarining fikriga ko'ra, ko'plab korxona va tashkilotlar sun'iy intellektning sohaviy muammolarni hal qilishda ko'mak berishini xohlashadi. Ushbu kompaniyalar sun'iy intellekt vositalarini kengaytirib, xavflarni oldindan bilish va barcha jarayonlarni prognozlarga asoslangan holda boshqarishni istaydi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 9 5 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 Endilikda tadqiqotchilar oldida yanada murakkab vazifalar turibdi. Xususan, internet taraqqiyoti, texnologik muammolarni bartaraf etish, raqamli iqtisodiyot uchun yangi vositalar yaratish lozim. Shuningdek, o'zbekistonlik tadqiqotchilarning eng asosiy vazifalaridan biri esa sun'iy intellektning ilm-fanga joriy etilishida yaqindan ko'mak berishidir. “Raqamli O‘zbekiston — 2030” Strategiyasiga muvofiq hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 2021 yilda prezidentning alohida qarori qabul qilinishi ushbu sohadagi ishlarni bir tizimga solish va tashkillashtirish imkonini berdi. Jumladan, “Sun’iy intellektga tayyorlik indeksida O‘zbekiston Respublikasi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha chora- tadbirlar dasturi” tasdiqlandi. Unda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish, qishloq xo‘jaligi, energetika, sog‘liqni saqlash, elektron hukumat sohalariga mazkur texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan "Sun'iy intellekt" haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan "Sun'iy intellekt" haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sun'iy intellekt, Artificial intellegence, machine learning, Kalit so'zlar: Sun'iy intellekt, prognoz, Face-ID, ITpark, intellectual, BIMT, analitik, kognitiv, texnologik, chora-tadbir, neyron, ChatGPT
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники