К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA O’YIN FAOLIYATINI TASHKIL QILISH

TASHKIL QILISH · Ergasheva Ba’rno Ziyavitdin qizi · Abduvaliyeva Elmira Tolib qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda o’yin faoliyatidan foydalanish va uning ahamiyati haqida aytib o’tilgan. Shuningdek, ta’lim tashkilotida foydalaniladigan o’yin turlari , qayday vaqtlarda tashkil etish va ulardan yosh guruhlarida foydalanish haqida so’z yuritilgan. Annotation: This article talks about the use of game activities in preschool education and its importance. Also, the types of games used in the educational organization, organization at regular times and their use in age groups are discussed. Абстрактный: В данной статье говорится об использовании игровой деятельности в дошкольном образовании и ее значении. Также обсуждаются виды игр, используемые в образовательной организации, организация режима работы и их использование в возрастных группах. Kalit so’z: o'yin, ta'lim, tarbiya, shakl, tur, tashkil qilish, yosh guruhlari , ta'lim tashkiloti, tarbiyalanuvchi , tarbiyachi , muhit. Key word: game, education, training, form, type, organization, age groups, educational organization, pupil, educator, environment. https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 1 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 Ключевое слово; игра, образование, обучение, форма, тип, организация, возрастные группы, образовательная организация, воспитанник, воспитатель, среда Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘yin faoliyatidan foydalanish juda muhim. Chunki o‘yin bolalarning tabiiy ehtiyoji bo‘lib, ular orqali atrof-muhitni o‘rganadilar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. Quyida o‘yin faoliyatining asosiy ahamiyatlari keltirilgan: -bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish. O‘yin jarayonida bolalar ranglar, shakllar, sonlar, harflar va boshqa tushunchalarni o‘rganadilar. -ijodiy fikrlashni shakllantirish. Rolli va konstruktiv o‘yinlar bolalarning tasavvurini kengaytiradi, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. -muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish. Guruh bo‘lib o‘ynash bolalarni bir-biri bilan muloqot qilishga, hamkorlikka va jamoaviy ishlashga o‘rgatadi. -ijtimoiy moslashuvni yaxshilash .O‘yin davomida bolalar o‘z huquq va majburiyatlarini tushunadilar, muloqot qoidalariga rioya qilishni o‘rganadilar. -harakat va jismoniy rivojlanish. Harakatli o‘yinlar bolalarning motorika, muvozanat va umumiy jismoniy rivojlanishiga yordam beradi. -xotira va diqqatni rivojlantirish. O‘yin qoidalarini eslab qolish va unga rioya qilish orqali xotira va diqqat mustahkamlanadi. Bolalar o'yin faoliyatining yana bir xususiyati bu o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollarning ko‘pincha umumiylik xarakteriga ega bo‘lishidir. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar xolos. Masalan, (oyisini, dadasini, https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 2 Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025 akasird, tarbiyachisini va shu kabilami). 0’rta yoki katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo‘la boshlaydi. Ta’lim tashkilotida o’yinlarni turli vaqtlarda tashkil qilish mumkin. Masalan, mashg’ulotlar mobaynida , sayr jarayonida , qabul jarayonida tashkil qilish mumkun. O’yinlar ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo’ladi ya’ni bolalar o’yin davomida yangi bilim va ko’nikmalarni egallashi kerak . Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zlari yolg‘iz o'ynaydilar. Predmetli va konstruktorli o'yinlar orqali bu yoshidagi bolalar o‘zlarining idrok, xotira, tasavvur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli-rolli o‘yinlarlarda bolalar, asosan, o‘zlari kimnidir ko‘rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti-harakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalaning o‘yini asta-sekinlik bilan jamoa shakliga ega bo‘lib boradi. 0 ‘z o'yinlarida bolalar kattalarning predmetlarga munosabatinigina emas, balki ko‘proq ulaming o‘zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga talid etadilar. Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning miirakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, “poezd” o‘yinini olaylik. Bunda parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, kontrolyor, kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchilar bo’ladi. Bolalarning mana shu kabi jamoa o‘yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. Chunki, jamoa o‘yinidagi bar bir bola o‘z rolini yaxshi ijro etishga intillishi bilan birga o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa har bir boladan o'zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma’lum rollarga bo'lingan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy qoidalarga bo‘ysunishini va ayrim vazifalami talab doirasida bajarishni taqozo etadi. Shuning uchun bolalaming bimday jamoa o‘yinlari psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki, bunday o‘yinlar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib-intizomga bo‘ysungan va shu kabi boshqa ijobiy hislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi. Katta bog‘cha yoshida syujetli-rolli o‘yinlar esa o‘z mavzusining boyligi va xilma-xilligi bilan farq

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda o’yin faoliyatidan foydalanish va uning ahamiyati haqida aytib o’tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda o’yin faoliyatidan foydalanish va uning ahamiyati haqida aytib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’z: o'yin, игра, education, yosh guruhlari, среда, shakl, tashkil qilish, educator, обучение, организация, образовательная организация, training, type, Ключевое слово, age groups, образование, tur, environment., воспитанник, muhit., возрастные группы, ta'lim, tarbiyachi, form, organization, воспитатель, tarbiya, tarbiyalanuvchi, pupil, Key word: game, форма, educational organization, тип, ta'lim tashkiloti
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники