Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MA'RIFATGA EHTIYOJ, ILM-FANNI EGALLASH G'OYASI MILLATNING POYDEVORIDIR.
MILLATNING POYDEVORIDIR. · Amonova Shaxnoza Abdialimovna · Abduqodir Shukuriy · Saidahmad Siddiqiy - Ajziy (Samarqand) · Abdulla Avloniy · Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jaev · Norbo'tabekov (Toshkent) · Abdurauf Fitrat · Fayzulla Xo'jaev · Abdulvohid Burxonov · Sadriddin Ayniy · Abudulqodir Muxiddinov
Лучшие интеллектуальные исследования · 1909
Аннотация
milliy, madaniy-ma'rifiy tiklanish -jadidchilikharakati sifatida namoyon bo'ldi. Turkiston jadidlari xalqni qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariat tamoyillarini isloh qilish, xalqqa ma 'rifat tarqatish va milliy muxtoriyatga erishish g'oyasini ilgari suradilar Kalit so'zlar: milliy ko'tarilish, matbuot, muxtoriyat, milliyg'oya islohatlar, jamyatni yangilash, yuksaltirish yo`llarini izlash. Biz ushbu maqolada mamlakatimiz xududida jadidchilik oqimining yuzaga kelishi va uning ma'rifatparvarlik soxasidagi faoliyatiga to'xtaldik. Jadidchilik harakatining ijtimoiy -siyosiy qarashlari, milliy mustaqillik va davlatchilik g'oyalari (Munavvarqori, Behbudiy, Polvonniyoz Yusupov, Fitratning dasturlari), bu boradagi amaliy harakatlari va kurashlari aloxida katta mavzudir.Turkistonda jadidchilik harakatining faol tashkilotchi - ishtirokchilari haqida to'xtaladigan bo'lsak, bular: Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy, Saidahmad Siddiqiy - Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jaev, Toshpo'latbek Norbo'tabekov (Toshkent), Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo'jaev, Usmonxo'ja Po'latxo'jaev, Abdulvohid Burxonov, Sadriddin Ayniy, Abudulqodir Muxiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulhamid Cho'lpon, Ishoqxon Ibrat, Muhammadsharif So'fizoda (Farg'ona vodiysi), Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm)lar nomini birinchilar safida keltirishimiz mo'mkin.Shuningdek,1909 yil18 iyulda Buxoro shahrida jadidlar tomonidan tuzilgan https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 3 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 "Tarbiyai atfol" jamiyati shu yilning o'zida Fitrat, Usmonxo'ja Po'latxo'ja o'g'li, Ato xo'ja, Mazhar Burxonov kabi yoshlarni Istanbulga o'qishga yo'llagan edi. Ushbu jamiyat orqali o'qishga jo'natilganlar soni 1911 yilda 15 nafar, 1912 yilda 30 nafarga yetgan [6]. Jadidchilik xarakatining Buxorodagi yirik vakillaridan biri - Abdurauf Fitrat (1886- 1938). U 1909 yilda Istambulda nashr etilgan "Munozara" asarida Buxoro amirligi idorasiga ma'lum islohot - o'zgarish kiritish g'oyasi va "Usuli jadid" deb nomlangan yangi maorif tizimining asoslarini ilgari surdi. Fitrat butun vujudi, otash va jo'shqin yuragi bilan, ijodi va faoliyati bilan mamlakat yoshlarini rivojlangan yangi dunyo tomon safarbar etadi.Fitratning "Hind sayyohining qissasi" asari ham 1912 yilda Istambulda nashr etilgan bo'lib, bunda Buxoro amirligiga ma'lum darajada o'z e'tiroznomasini bayon etadi. Bir zamonlar ilm va din quvvati bo'lgan Buxoro, nega tanazzulga yuz tutdi? Xar kuni bir Abu Ali Ibn Sino, Farobiy va boshqalarni jahonga hadya etgan yurt nima sababdan bunchalar abgor xolga tushib qoldi? Bu qorong'u zulmatdan qutulish yo'li bormi?, -deya savollar berar ekan, javob sifatida ma'rifatni ko'rsatadi.Xorazm xonligida ham tatar ziyolilari Tavfiq Bikkulin, Yusuf Axmedovlar yordami bilan, dastlab, xon va uning amaldorlari farzandlariga mo'ljallangan bo'lsa -da, jadid maktablari ochildi. Tez orada ularning soni 8 taga yetdi. 1906-1907 o'quv yilida Urganchda qizlar uchun xam maktab ochildi .Biz yuqorida milliy uyg'onish harakati namoyandalarining yangi usul maktablar ochib, uni uslubiy jixatdan taminlashga harakat qilganliklarni o'rgandik. Ammo, jadid namoyondalari bu bilan cheklanib qolmasdan, keng xalq ommasi uchun kutubxonalar ham barpo etganlar.Behbudiy, 1908 yilda keyinchalik "Behbudiya" kutubxonasi nomi bilan mashhur bo'lgan qiroatxonani tashkil etib [5], uni axoli uchun qo'laylik yaratish maqsadida ikki smena, ertalab soat 9 dan shom 5 gacha va kechki soat 6 dan tungi 12 gacha ishlab, 60 dan 110 nafargacha bo'lgan kishilarga madaniy xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yadi.Bugungi mustaqil O'zbekistonda Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish borasida ilgari surilgan besh tashabbusning uchinchisi ham kitobxonlikni keng targ'ib qilishga bag'ishlangan. Demak 110 yil muqaddam jadidlar tomonidan ilgari surilgan https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 4 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 mavzu eskirgani yo'q, o'zgargani yo'q.Yuqorida keltirganimiz jadidlarninig ma'rifiy soxadagi ikkinchi vazifasi xayriya va maorif jamiyatlarini tuzish edi. Bu borada "Turon", "Jamiyati xayriya", "Tarbiyai atfol" kabi jamiyatlar ochildi. 1909 yil 12 mayda Toshkentda tuzilgan Turkiston jadidlarinig "Jamiyati xayriya" tashkiloti maxalliy yoshlarni chet ellarga o'qitish, xomiylik qilish ishiga rahbarlik qildi. Uning yordami bJadidlarning keyingi qadami matbuot bo'ldi. Ular matbuotga asos soldilar. Yangi gazeta va jurnallar chiqardilar. Milliy jurnalistika yuzaga keldi.1906 yilda Ismoil Obidov muxarrirligida "Taraqqiy", Munavvarqori muxarrirligida "Xurshid", Abdulla Avloniy muxarriligida "Shuxrat", Axmadjon Bektemirov muxarrirligida "Osiyo" gazetalari chop etildi. Ashaddiy millatchi N.P.Ostroumov qarshiligi bilan bir oz to'xtalish bo'lgach, 1913-1915 yillarda matbuotchilikning yangi to'lqini shakllandi. Bu davrda "Samarqand", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Farg'ona",
Доказательный фрагмент
«milliy, madaniy-ma'rifiy tiklanish -jadidchilikharakati sifatida namoyon bo'ldi.»
Образец извлечения
Демо-превьюmilliy, madaniy-ma'rifiy tiklanish -jadidchilikharakati sifatida namoyon bo'ldi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- milliy ko'tarilish, matbuot, muxtoriyat, milliyg'oya islohatlar, Kalit so'zlar: milliy ko'tarilish, yuksaltirish yo`llarini izlash., jamyatni yangilash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014