К содержанию
РецензированоUZ2025

“BERDAQ IJODIY MEROSI:ADABIYOT VA MA’NAVIYAT MANBAI”.

Sobirova Nasibaxon Jamoliddin qizi. (Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti.)

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada Berdaqning adabiyot va ma’naviyat rivojidagi o’rni hamda uning ijodiy merosining falsafiy, axloqiy va madaniy jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Berdaqning asarlari milliy ongni shakllantirish, ijtimoiy haqiqatni yoritish va ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishda muhim omil bo’lganligi yoritiladi. Shuningdek, uning she’riyati xalq hayoti, dardlari va orzu – umidlarini ifodalashdagi o’ziga xosligi va zamonaviy yoshlar uchun ibrat bo’lish imkoniyatlari keng ko’rib chiqiladi. Uning ijodi o’z davri va hozirgi zamon uchun ma’naviy – axloqiy boylik manbai bo’lib xizmat qilayotgani tahliliy yondashuv asosida ochib beriladi va ushbu maqolada Berdaqning ijodiy faoliyati, uning asarlarining badiiy va falsafiy ahamiyati keng yoritiladi. Kalit so’zlar: milliy ong, falsafa, ijtimoiy haqiqat, madaniy qadriyatlar, ma’naviyat, Berdaq – qoraqalpoq xalqining buyuk shoiri, ma’rifatparvar va xalqparvar mutafakkiri. Uning ijodi qoraqalpoq adabiyotining oltin fondiga kirib, o’zbek va boshqa turkiy xalqlar uchun ham ma’naviy boylik manbai hisoblanadi. Shoirning she’rlari milliy o’zlikni anglash, xalq hayotining turli jihatlarini yoritish va axloqiy qadriyatlarni targ’ib qilish borasida muhim ahamiyatga ega. https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 3 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 Berdaqning hayoti va ijodiy faoliyati XIX – asrda shakillangan bo’lib, uning asl ismi Berdimurod Qarg’aboy o’g’li bo’lib 1827 – yilda Qoraqalpoq Respublikasining Mo’ynoq tumanida dunyoga kelgan. U o’z davrining ijtimoiy – siyosiy va madaniy muammolarini o’z asarlarida aks ettirgan. Shoirning ijodi qoraqalpoq xalqining og’ir hayoti, ular boshidan kechirgan ijtimoiy muammolarni yoritishga bag’ishlangan. U o’z asarlari orqali xalqni ma’rifatga chaqirgan, adolat va axloqiy poklikka undagan. Berdaqning she’rlarida tarixiy voqealar, xalqning og’riqlari va umidlari badiiy ifoda topgan. Misol uchun “Xalq uchun” she’ridagi quyidagi misralarga to’xtalib o’tsak. Berdimurod o’ylab aytgil so’zingni, Ko’tarma lof urib faqat o’zingni Qizartmagay birov sening yuzingni, Qo’ldan kelsa xizmat ayla xalq uchun. Zolimlar tinglamas mo’minning zorin, Ular o’ylar o’z ishining barorin. Zolimlar hech qachon qo’lida borin, Sarflamaslar bor bo’lsa – da xalq uchun. Tug’ulibmanki yo’q manzil – makonim, Zahar – zaqqum bo’ldi ichgan – yeganim. Agar bo’lmasa – da mening deganim, Tasalli topaman ulug’ xalq uchun. https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 4 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 Berdaq o’z ijodida xalq og’zaki ijodiga katta e’tibor qaratgan. Uning she’rlarida xalq qo’shiqlari, doston va afsonalarining ruhiyati sezilib turdi. Shoirning badiiy uslubi soda va ta’sirchan bo’lib, unda xalqona ruh va zamonaviylik uyg’unlashgan. U har bir asarida insoniylik va adolat kabi muhim qadryatlarni ilgari suradi. Ayniqsa, uning falsafiy lirikasi inson tabiatini, hayotning mazmun – mohiyatini chuqur anglashga undaydi. Berdaq ijodining falsafiy jihatlari uning asarlaridagi hayot va inson mohiyatini chuqur mushohada qilganida namoyon bo’ladi. Shoirning ko’plab she’rlari hayotning o’tkinchiligi, dunyo go’zalligini qadirlash va insonning o’zligini anglash mavzusiga bag’ishlangan. U milliy ongnishakillantirishda katta ro’l o’ynab, o’z asarlarida xalqning milliy o’zligini himoya qilish va saqlashni targ’ib qilgan. Bugungi kunda Berdaq ijodi nafaqat qoraqalpoq, balki butun turkiy xalqlar uchun ma’naviy boylik manbai hisoblanadi. Uning asarlari yoshlarni tarbiyalash, ularni milliy qadriyatlarni hurmat qilishga o’rgatishga katta e’tibor qaratadi. Ayniqsa, sho’ro davrida unutilgan qadriyatlar va tarixiy haqiqatni qayta tiklashda Berdaq ijodi katta yordam beradi. Zamonaviy yoshlar uning ijodidan hayotiy saboqlar olishlari mumkin. Berdaq ijodiy merosi qoraqalpoq va o’zbek adabiyotida o’ziga xos o’rin tutadi. Uning asarlari milliy va ma’naviy qadriyatlarni shakillantirish, axloqiy poklikni targ’ib qilish va adabiy merosni boyitishda bebaho ahamiyat kasb etadi. Shoirning ijodini o’rganish nafaqat ilmiy, balki ma’naviy jihatdan ham muhimdir. Inson va uning hayotidagi muammolar haqida Berdaqning asarlaridagi qahramonlarida ko’rishimiz mumkin. Chunki uning asaridagi qahramonlarni hayotlarini, har kungi bo’ladigan muammolari hal qilish bilan yashaganliklarini ifoda etgan. Ular o’z dushmanlari bilan har kuni, har daqiqa, har soniya kurashdilar. Chunki ilarning baxtlari ular tomonidan qisib qo’yilgan edi. Ular mehnatkashlarni har yili qiynalib, ter to’kib qilgan mehnatlarini qadriga yetmasdilar balki, ularni hosillarini tortib olib boshlariga og’ir kunlarni solardilar. Ular bu hosilga erishish uchun inson qo’lidan kelmaydigan, inson zoti hayoliga https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 5 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 sig’dirmaydigan tubanliklarni, razilliklarni qildilar. Ular xudoga yaqin bo’lish uchun, balki baxt – saodatga erishish uchun, adolatga erishish uchun bu zolimlarga qarshi kurashadilar. Shoirning asarlaridagi qahramonlarni xalq judaa sevardi. Lekin shoir boshqa muhabbatni nazarda tutgan ya’ni, so’fiy muhabba

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Berdaqning adabiyot va ma’naviyat rivojidagi o’rni hamda uning ijodiy merosining falsafiy, axloqiy va madaniy jihatlari chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Berdaqning adabiyot va ma’naviyat rivojidagi o’rni hamda uning ijodiy merosining falsafiy, axloqiy va madaniy jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: milliy ong, madaniy qadriyatlar, ijtimoiy haqiqat, ma’naviyat, falsafa
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники