Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YO’TALNI UY SHAROITIDA TABIIY USULLAR BILAN DAVOLASH
Sharipova Muhayyoxon
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
ushbu maqolada yo'tal va xavf omillari, yo’talni uy sharoitida tabiiy yo’l bilan davolash yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan. Kalit so’zlar:Infeksiya, balg’am, kompress, nam qatlam, Izolyatsion qatlam. REATING COUGH AT HOME WITH NATURAL METHODS Annotation:This article discusses cough and risk factors, natural home remedies for cough, and presents scientific proposals and practical recommendations formulated by the author on this issue. Keywords: Infection, sputum, compress, wet layer, Isolation layer. Yo’tal bilan har bir inson yaxshi tanish — bu sindrom o’tkir respirator virusli infektsiya yoki umumiy shamollashning birinchi alomatidir. Terapevtik kurs aynan yo’talni davolash bilan boshlanadi, chunki uning xurujlari normal hayotga ko’plab qiyinchilik va noqulayliklar olib kiradi. Quyida yo’talni uy sharoitida davolash usullari haqiga gap boradi. YO’TALNI DAVOLASHNING ASOSIY USULLARI Shifokorlar balg’am ko’chiruvchi, yo’talga qarshi ta’sirga ega bo’lgan ko’plab dori-darmonlarni taklif qilishlari mumkin va odatda ulardan foydalanish 3-4 kun ichida https://scientific-jl.com/luch/ 1 7 6 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 ijobiy natijalar beradi. Ammo xalqona tibbiyot ham o’z «arsenal»ida har qanday turdagi yo’taldan xalos bo’lishga yordam beradigan ko’plab mashhur vositalar va retseptlar saqlaydi. Agar ushbu sindrom o’z vaqtida davolana boshlansa, xalqona vositalar hatto 1-2 kun ichidayoq muammolarni bartaraf etishga yordam berishi mumkin. Albatta, ularni qo’llashdan oldin shifokorning tavsiyasini olish kerak. SUT BILAN UY SHAROITIDA YO’TALNI DAVOLASH YO’LLARI Sut — yo’talishni davolash uchun eng samarali mahsulot deb hisoblanadi. Uning tarkibida tomoqdagi qichishish va mos ravishda yo’tal xurujlarini qisqartirishga yordam beradigan maxsus moddalar mavjud. Yo’talning dastlabki belgilari kuzatilishida iliq sutdan foydalanish mumkin — bu holatda ham sigir, ham echki suti foydali bo’ladi. Ammo yo’tal barqaror, xurujsimon shaklga o’tsa, unda davolash uchun sutga asoslangan xalqona retseptlardan foydalanish yaxshiroq: Sut va asal. Bu yo’talga qarshi tabiiy vositalar orasida eng mashhuri hisoblanadi, ayniqsa, qo’llashning birinchi kunidayoq tunggi yo’tal xurujlaridan xalos etadi. Vositani tayyorlash uchun bir stakan issiq sutga bir choy qoshiq asal qo’shish kerak — kuchli shifobaxsh xususiyatlarga ega ushbu «kokteyl» tayyor. Ammo tabiblar sutga nafaqat asal, balki bir chimdim oddiy iste’mol sodasi yoki ¼ choy qoshiqdan vanillin/dolchin, 1 ta dafna yaprog’i va 2 dona yanchilmagan murch qo’shishni ham tavsiya etishadi. Agar sutga yuqoridagi qo’shimcha komponentlar qo’shilsa, sutni avval qaynagunigacha qizdirish, shundan so’ng sovutib ichish kerak bo’ladi. Sut va asal aralashmasidan tayyorlangan har qanday boshqa tarkibli vosita uchun tavsiya etiladigan doza — kuniga 2 stakan, issiq shaklda kichik ho’plamlar bilan ichish. E’tibor bering: asal va boshqa komponentlar qo’shilgan issiq sut qabul qilinganda, bemor juda kuchli terlaydi va yo’talish paytida yetarlicha ko’p darajada balg’am ajraladi. Sut va sarimsoq. Ushbu vositaga afzallik berishdan oldin, bir narsani bilish kerak — bu vositaning ta’mi juda yoqimsiz bo’ladi, ammo ta’siri yaxshi va tezkordir. Vositani https://scientific-jl.com/luch/ 1 7 7 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 tayyorlash juda oson — 1 bosh sarimsoqqa (sarimsoqni boshchalarga ajratib, ularni mayda qilib kesish kerak) 1 litr sut, ularni idishga solib, sarimsoq yumshagunicha past olovda qaynatish kerak. Keyin vosita olovdan olinadi, suzib olinadi va har 60 daqiqada 2 osh qoshiqdan ichiladi (agar bolalarda yo’tani davolash uchun ishlatiladigan bo’lsa, doza har 60 daqiqada 1 osh qoshiq bo’ladi). Vosita ta’mini yaxshilash uchun unga biroz asal qo’shish mumkin. Sut va mineral suv. Ushbu vositani quruq yo’talni davolash uchun qo’llash ayniqsa foydalidir — sut va mineral suv balg’amning yopishqoqligini kamaytirishga va uni tezroq chiqib ketishiga yordam beradi. Mazkur vositani tayyorlash uchun teng miqdorda sut va ishqorli mineral suv olish kerak, bunda sutni oldindan isitib olgan ma’qul. Sut va banan. Biroz noodatiy retsept, ammo yo’talning birinchi belgilari kuzatilganda juda samarali — birinchi belgilari kuzatilishidayoq yo’talni qoldirish uchun ushbu mazali doridan foydalanish kerak. Uni tayyorlash uchun 300 ml sut, 1 ta banan, 2 osh qoshiq tez eruvchan kakao va 1 choy qoshiq asal olish kerak. Masalliqlarning barchasi yaxshilab aralashtiriladi (bananni oldindan blenderda maydalab olish lozim) va issiqligida kichik ho’plamlar bilan ichiladi. Ushbu kokteylni kechqurun ichgan afzal, ertalab esa yo’talning ancha yengillashganini sezish mumkin. Sariyog’ bilan sut. Issiq sutga biroz sariyog’ qo’shish quruq yo’talni yumshatishga yordam beradi, bemorni tomoq qirilishi va tomoq og’rig’idan xalos etadi. Miqdoriy nisbatda 1 stakan sut uchun 50 gramm sariyog’ kerak bo’ladi. Eslatma: Ba’zi manbalarda sut va kakao yog’idan tayyorl
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada yo'tal va xavf omillari, yo’talni uy sharoitida tabiiy yo’l bilan davolash yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini…»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada yo'tal va xavf omillari, yo’talni uy sharoitida tabiiy yo’l bilan davolash yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Infection, sputum, compress, wet layer, Isolation layer, Kalit so’zlar:Infeksiya, Isolation layer., balg’am, nam qatlam, kompress, Izolyatsion qatlam., Keywords: Infection
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026