Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JIGARNI YOG‘ BOSISHI SABALARI, BELGILARI VA OLDINI OLISH CHORALARI
Abdurahmonova Yorqinoy
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
ushbu maqolada jigarning yog‘ bosishi yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan. Kalit so’zlar-xolesterin, yog‘ distrofiyasi, qandli diabet, jigar sirrozi. CAUSES, SYMPTOMS AND PREVENTION OF FATTY LIVER Annotation: this article discusses fatty liver, and the scientific proposals and practical recommendations formulated by the author on this issue are reflected. Keywords: cholesterol, fatty dystrophy, diabetes mellitus, liver cirrhosis. Jigarning yog‘ bosishi — hujayralarda ortiqcha miqdordagi yog‘ to‘planib, butun organ hajmining 10 foizgacha bo‘lgan joyini egallaydi va surunkali jigar kasalliklari rivojlanishiga olib keladi. Jigarda ortiqcha yog‘ to‘planishining eng keng tarqalgan sababi spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdir. Ammo so‘nggi o‘n yillikda umuman spirtli ichimlik iste’mol qilmagan insonlar ham jigarda yog‘ to‘planish holatlariga duch kelmoqda. Jigar sirrozi yoki saratonini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan ushbu kasallik alomatsiz bo‘lib, qorin bo‘shlig‘i a’zolari muntazam ravishda tekshirilib, tahlil natijalaridan keyingina aniqlanishi mumkin. Jigarda yog‘ to‘planishi xavfini jiddiy https://scientific-jl.com/luch/ 2 3 2 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 ravishda oshiradigan ayrim omillar va alomatlar bilan quyida tanishish mumkin. Ishtahaning ortishi Rivojlanayotgan kasallikni aniqlash mumkin bo‘lgan dastlabki alomat — bu doimiy ochlik hisi. Shuningdek, shirinlik va yog‘li taomlarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi. Agar ushbu alomatlarga vaqtida e’tibor qaratilmasa yoki ularni iste’mol qilish darajasi ortsa, jigarda yog‘ to‘planishi holati kuzatiladi va kasallik rivojlanadi. Qorin sohasida yog‘ yig‘ilishi Ichki a’zolar atrofida hosil bo‘ladigan yog‘ nafaqat bir qancha qiyinchiliklar tug‘diradi, balki xavfli ham hisoblanadi. Qorin va belning kattaligi 85 santimetrdan oshgan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklari, diabetning ikkinchi turi va jigarni yog‘ bosishi xavfi yuqori bo‘ladi. Agar ushbu holat kuzatilgan bo‘lsa, yiliga kamida bir marta ichki a’zolarni tekshirtirib ko‘rish kerak. Shuningdek, ortiqcha vaznni yo‘qotish usullari haqida ham mutaxassis bilan maslahatlashish kerak. Yuqori xolesterin miqdori Qonda triglitserid yoki xolesterin miqdorining ortishi jigarda yog‘ to‘planishining belgilari bo‘lishi mumkin. Xolesterin ishlab chiqaradigan va uni qonga tarqatadigan jigar hisoblanadi. Shuning uchun ratsiondan to‘yingan yog‘larni o‘z ichiga oluvchi juda https://scientific-jl.com/luch/ 2 3 3 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 ko‘p miqdorda oziq-ovqat o‘rin olgan bo‘lsa, jigar yana ham ko‘proq xolesterin ishlab chiqaradi. Ushbu ko‘rsatkich miqdori ortib borsa, nafaqat yurak va qon tomirlar, balki jigarga ham alohida e’tibor talab etiladi. Qandli diabetning ikkinchi toifasi Agar bemorda qandli diabet kasalligi aniqlansa, doimiy jigar tekshiruvlari va tibbiy kuzatuvlar olib borilishi kerak. 2016-yilda Kaliforniya universiteti olimlari olib borgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qandli diabetning ikkinchi toifasi bilan kasallangan bemorlarning 65 foizida jigarning yog‘ bosishi holatlari mavjud. Yuqori qon bosimi Jigarning yog‘ bosishi bilan kasallangan bemorlarda gipertoniya ushbu kasallikka chalinmaganlarga qaraganda uch marta ko‘proq uchraydi. Agar yuqori qon bosimi kuzatilsa, jigarni tekshirtirish muhim. Shuningdek, jigarning yog‘ bosishi tashxisi qo‘yilsa, qon bosimi va yurak salomatligini diqqat bilan kuzatish kerak. Irsiyat Oila a’zolarining birortasida jigarda yog‘ to‘planishi kuzatilgan bo‘lsa, bunda boshqa vakillarda ham ushbu kasallik xavfi 13 baravar yuqori. Jigarning yog‘ bosishi, afsuski, irsiy kasallik ham hisoblanadi. Doimiy charchoq hissi Jigarning yog‘ bosishini qon tekshiruvi yoki biopsiyasiz aniqlashga yordam beradigan jismoniy alomatlar yo‘q. Ammo doimiy charchoq va zaiflik hisi eng yaqqol belgi bo‘lib, bundan so‘ng, albatta, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Qorin bo‘shlig‘ining o‘ng tomonida og‘riq Ushbu alomat o‘zini juda kech namoyon qilib, odatda kasallikning allaqachon rivojlanib borayotgan asoratlari haqida belgi beradi. Qorinning o‘ng tomonidagi og‘riqlar vaqti-vaqti bilan va tartibsiz ravishda paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. https://scientific-jl.com/luch/ 2 3 4 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 Jigarning yog'lanishiga nima sabab bo'ladi? Jigar hujayralarida yog' to'planishiga olib kelishi mumkin bo'lgan bir nechta omillar mavjud. Bular quyidagilar: Qayta ishlangan uglevodlarni meyordan ortiqcha iste'mol qilish, Shakar va yog' miqdori ortiqcha bo'lgan dietalarni qo’llash, Proteinni kam iste'mol qilish, A vitaminini meyordan ortiqcha iste’mol qilish Chekish va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, Insulin qarshiligi, Ortiqcha vazn va semirish, Shok dietalar natijasida bir vaqtning o'zida juda ko'p vazn yo'qotish, Gipertoniya, Jismoniy harakatsizlik. Agar sizda jigarning yog‘lanishi kabi muammo borligiga shubhangiz bo‘lsa, avvalo shifokorga murojaat qilib, kerakli tahlillarni o
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada jigarning yog‘ bosishi yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada jigarning yog‘ bosishi yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cholesterol, fatty dystrophy, diabetes mellitus, liver cirrhosis, liver cirrhosis., yog‘ distrofiyasi, jigar sirrozi., Keywords: cholesterol, qandli diabet, Kalit so’zlar-xolesterin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024