К содержанию
РецензированоUZ2017

MATEMATIKA FANINI KASB-HUNAR MAKTABLARIDA O‘QITISH METODLARI

Sodiqova Nilufar Hafizovna

Лучшие интеллектуальные исследования · 109- 112 · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitish jarayoniga ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish borasida ma’lumotlar, matematikadagi izlanishning ilmiy metodlari bir vaqtning o'zida matematikani o'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari vazifasini ham bajarishi ko’rsatilgan. Kalit so‘zlar: Metod, taqqoslash, analiz, sintez, qism, simmetrik, matematik ta’lim, ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, tabiiy fanlar. 2017 yil.... O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi "umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida" gi 187-son qarori chiqdi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 8 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 2017 yili matematika fanidan standart hamda o'quv dasturini ishlab chiqishda yuqorida qayd etilgan Germaniya, Singapur, Koreya Respublikasi va Yaponiya kabi davvlatlar standartlaridan tashqari umume'tirof etilgan halqaro baholash dasturlari ramkalari va metodologiyasi ozmi-ko'pmi, hisobga olindi: 1) Evropa Kengashining "uzluksiz ta'lim uchun tayanch kompetentsiyalar – umumevropa standartlari strukturasi" to'g'risidagi hujjati ("Key competences for lifelong learning — a European Reference Framework") [1] 2) iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (Organisation for Economic Cooperation and Development (OECD)) xalqaro o'quvchilarni baholash dasturi (Programme for International Student Assessment (PISA)) ramkalari [2] . 3) ta'lim natijalarini baholash bo'yicha xalqaro Assosiasiyasining (International Association for the Evaluation of Educational Achievement (IEA) ) xalqaro matematika va aniq va tabiiy fanlarning tendentsiyalarini o'rganish markazi (Trends in international mathematics and science study Center (TIMSS)) ramkalari . ham inobatga olindi. 2018 yil.... Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora- tadbirlari to'g'risida" gi qarori chiqdi. Unga muvofiq xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda matematikadan davlat ta'lim standarti, o'quv dasturlari va o'quv adabiyotlari mazmuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Bunda davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va o'quv adabiyotlarini ilg'or xorijiy davlatlar bilan qiyoslash orqali o'rganib chiqildi. Qarorda ilg'or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va o'quv adabiyotlari mazmuniga bosqichma-bosqich o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi ko'zda tutilgan. Shu bilan birga, umumiy o'rta ta'lim tizimida matematikani o'rganish bo'yicha qo'llaniladigan darsliklar va o'quv-metodik majmualarni yaratish va modernizasiya https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 9 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 qilish bo'yicha xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mualliflar guruhlarini shakllantirib, xalqaro baholash dasturlari asosida matematikani o'rganish bo'yicha qo'llaniladigan darsliklar va o'quv-metodik majmualar yaratilishi belgilangan. 2020 yil... O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 2 mart kuni "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoni imzolangan. Bu Farmonda umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturini ishlab chiqish vazifasi belgilanib, maktab o'quv dasturlarini ilg'or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish mexanizmini yaratish vazifasi qayd etilgan. Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartibintizomlilikni ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun matematik madaniyat — umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Matematika fanini nazariylashtirgan holda o‘qitishga yondashishdan voz kechib, o‘quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon qilish va faollashtirishga e’tiborni kuchaytirish – davr talabi. Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta’limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukamma

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitish jarayoniga ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish borasida ma’lumotlar, matematikadagi izlanishning ilmiy metodlari bir vaqtning o'zida matematikani o'qitishdagi ilmiy izlanish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitish jarayoniga ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish borasida ma’lumotlar, matematikadagi izlanishning ilmiy metodlari bir vaqtning o'zida matematikani o'qitishdagi ilmiy izlanish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
method, comparison, analysis, synthesis, part, symmetric, taqqoslash, use of educational technologies, development of Science and technology, matematik ta’lim, analiz, tabiiy fanlar., ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, Natural Sciences., sintez, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, qism, mathematical education, Kalit so‘zlar: Metod, simmetrik, Keywords: method
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники