Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARNING BOG’LANISHLI NUTQINI MATN VOSITASIDA SHAKLLANTIRISH METODLARI
SHAKLLANTIRISH METODLARI · Olimjon Eshimbetov
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
O’quvchilarda matn vоsitasida o‘quvchilarning nutq o`stirish bilan bоg`liq bo`lgan mashg`ulоtlar izchiligi borasida tavsiyalar. Turli xil interaktiv o’yinlar va ularni ta’lim jarayonida maqsadli qo’ll’ashning interaktiv jihatlari tadqiq qilindi.ayniqsa, matn vоsitasida o‘quvchilarning bоg`langan nutq malakasini rivojlantirish usullariga alohida e’tibor berildi. Kalit so’zlar: Matn, nutq, ko’nikma, tahlil, metod, tasavvur, interaktiv, pedagogik texnologiya, tallafuz, talqin, so`zlash malakasi, bayon qilish madaniyati, оg`zaki hamda yozma nutq. O‘quvchilar nutqini ularning tafakkuridan ajratib tasavvur qilib bo‘lmaydi. Nutq tafakkur negizida shakllanib, takomillasha boradi. Bu pedagogik tajribada sinalgan hodisadir. Qoraqalpoq sinflarida ta’lim oluvchi o‘quvchilarning o‘zbek tilida erkin va bejirim gapira olishi, yoza bilishi, muloqot qilishi asnosida so‘zlarni bexato talaffuz qilishi ko‘p hollarda o‘qituvchining masalaga sistematik yondashuviga bog‘liq bo‘ladi. Muloqot – inson ruhiy-ma’naviy dunyosining mahsuli. Muloqot kishilik jamiyatining muhim asosi. Usiz hech bir ijodiy sifat yuzaga chiqmaydi. O‘quvchi o‘z talaffuzi bilan qay darajada masalani o‘zlashtirib borayotganini anglab, o‘zi haqida o‘ziga baho berib boradi. O‘zbek tili darslari, bolalar nutqini, lug‘at boyligini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni tuzishni o‘rgatadi. Umuman, ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda o‘quvchilar bog‘lanishli nutqini tartibli tashkillashtirish uchun o‘qituvchidan mas’uliyat va matonat talab qilinadi. Zero, nutqiy ko‘nikma, mahorat, sohaning yangiliklaridan, pedagogik tavsiyaviy xarakterdagi ko‘rsatmalardan yaxshi xabardor bo‘lish ham yaxshi samara beradi. Zotan, aqliy va hissiy faoliyat bir-birini to‘ldiruvchi ikki inson xususiyatlaridir. Aytish joizki, rang-tasvir va amaliyot ishlari bilan uzviy olib borilsa, natijada bola nutqi teranlashadi. So‘zni talaffuz qilishga odatlanishadi. Mantiqiy fikrlash tarzi rivojlanadi. Olamdagi hodisalarga baho berishda teranlashadi. Negaki, oilada olib bo‘lgan ta’lim (og‘zaki suhbat)ni maktabda kundalik faoliyatida qo‘llaydi. Shuning uchun bolalarning yosh va fikrlash xususiyatiga qarab ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish lozim. Maktablarda juda ko‘plab muammolar bor. Vaqt esa tig‘iz hamda kamlik qiladi. 20 ta o‘quvchining o‘rniga 35 nafar o‘quvchi ta’lim olishadi. Xo‘p, natija va sifat ko‘rsatgichi qanday oqibatlarga olib kelishini o‘zingiz o‘ylab ko‘rishingiz mumkin. DTSda “Bolajon” tayanch dasturida badiiy adabiyotning muhim natijalarni berishi kiritilgan. Zero, badiiy adabiyot bolalarning monologik va dialogik nutqini o‘stirishda muhim atribut sanaladi. Misol tariqasida, istaymizmi yo‘qmi, inson jim turgan paytida o‘z-o‘zi bilan muloqot olib boradi. Bolalar-chi? Bolalar esa tasavur va xayolot olamida benihoya kengliklarga sayr qiladi. 1 75 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Adabiy ertak qahramonlari kabi – mard, jasur, olijanob, vatanparvar, iqdtiroli, kashfiyotchi, mohir uchuvchi singari o‘zida ichki qoniqish hissini shakllantiradi. P.f.n.,dots. L.Mirjalolova shunday yozadi: “Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘pincha s-z, p-f, t-d, p-b, u-o‘, x-h, q-g‘ tovushlarini talaffuz qilolmaydilar. Nutq jarayonida ketappan – ketyapman, Hojaxon – Shohjaxon, Yo‘stam – Rustam, qalg‘a – qarg‘a kabi talaffuz etishda yo‘l qo‘yadigan xatoliklarning oldini olish, ya’ni to‘g‘ri talaffuz etishga yo‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar o‘zidan kichiklarni jerkib, ovozini ko‘tarib muomala qiladilar. Shunda ular talaffuziga e’tibor qaratish, nutq madaniyatiga, me’yorda so‘zlab, muomala qilishga o‘rgatish zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muhrlanib qoladi” [1]. Darhaqiqat, bolalarning monologik nutqini maktab ostonasiga ilk qadam kungacha ham rivojlantirish muhim vazifalar sirasiga kiradi. Aynan mana shu ta’lim bola nutqini yanada rivojlantirish uchun muhim taomillardan biri sanaladi. Boǵlangan nutq murakkab jarayon sanalib, u ichki qatlam va shamoyillar mushtarakligini dalolatlaydi. SHaxsni yuksak insonparvarlik hamda vatanparvarlik hissida tarbiyalash, mAnaviy-mArifiy ilǵamni yetakchi óringa kótarish, tahlil teranligi va tasvir tiniqligini markazlashtirish istiloh tabiatini tavsiflaydi. Shu mAnoda, badiiy nutq mohiyati oǵzaki va yozma bayon mushtarakligini birlashtiradi. Unda material mohiyati va xarakteri maqsadga uyushadi. Uyushiq Azolar tizimi mantiqiy bosqichlarni boshqaradi. Tóǵri, matn tanlovi mutaxassis tayyorgarligi, bosqich va qismlar orasidagi munosabat aloqadorligi, mutolaa va yozuv ziddiyatini umumlashtirishni maqsad qilib qóyadi. Negaki, matn – ijodiy yondashuv samarasi, unda anglash óziga xosligi hamda ózlashtirish falsafasi bir-biri bilan
Доказательный фрагмент
«O’quvchilarda matn vоsitasida o‘quvchilarning nutq o`stirish bilan bоg`liq bo`lgan mashg`ulоtlar izchiligi borasida tavsiyalar.»
Образец извлечения
Демо-превьюO’quvchilarda matn vоsitasida o‘quvchilarning nutq o`stirish bilan bоg`liq bo`lgan mashg`ulоtlar izchiligi borasida tavsiyalar. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- talqin, pedagogik texnologiya, interaktiv, tallafuz, tasavvur, so`zlash malakasi, bayon qilish madaniyati, metod, ko’nikma, оg`zaki hamda yozma nutq., Matn, nutq, tahlil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026