К содержанию
РецензированоUZ2025

NEFT VA GAZ QUDUQLARINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI OPTIMAL ISHLASHINI TA’MINLASH.

RAQAMLASHTIRISH TURLARI. · Sirojov Alisher Bobur o’g’li-

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarini raqamlashtirish texnologiyalarining turlari va ularning afzalliklari batafsil ko'rib chiqiladi. Ma'lumotlarni yig'ish va monitoring qilish tizimlaridan boshlab, raqamlashtirish texnologiyasi, bulutli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan jarayonlargacha bo'lgan texnologik yangiliklarning har biri tavsiflangan. Raqamlashtirish jarayonlari orqali jarayonlarni optimallashtirish, xavfsizlikni oshirish va samaradorlikni ta'minlash imkoniyatlari tahlil etilgan. Kalit so‘zlar Neft va gaz sanoati, raqamlashtirish, monitoring tizimlari, raqamli texnologiyalar, bulutli texnologiyalar, avtomatlashtirish, texnologik jarayonlar. Hozirgi kunda neft-gaz sanoati raqamlashtirish jarayonlari bilan faol rivojlanmoqda. Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarini raqamlashtirish ushbu jarayonning muhim qismi bo‘lib, ishchi kuchini tejash, resurslardan samarali foydalanish, xavfsizlikni oshirish va texnologik jarayonlarni optimallashtirish imkonini beradi. Ushbu maqolada gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarini raqamlashtirishning asosiy turlari va ularning afzalliklari haqida so‘z yuritiladi. 1. Ma’lumotlarni yig‘ish va monitoring tizimlari https://scientific-jl.com/luch/ 2 6 8 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning birinchi bosqichi ma’lumotlarni yig‘ish va monitoring qilish tizimlarini joriy etishdir. Bu tizimlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Sensorli datchiklar : Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalaridagi texnologik jarayonlarning parametrlarini o‘lchash uchun harorat, bosim, perepad bosim, gaz analizatorlar, gaz, suv, kondensat sarfini o’lchash vositalari va boshqa ko‘rsatkichlarni kuzatib boruvchi sensorli datchiklar o‘rnatiladi. IoT qurilmalari: Sensorli datchiklardan keladigan ma’lumotlarni real vaqt rejimida markaziy boshqaruv tizimiga uzatuvchi qurilmalar. PLC tizimi: Sensorli datchiklardan keladigan analogli va diskret signallarni obyektga mo’ljallanga dasturiy ta’minot asosida qayta ishlaydi. Scada tizimi orqali texnologik jarayon avtomatik tarzda boshqariladi. Monitoring dasturlari: Ma’lumotlarni tahlil qilish va ko‘rinishida aks ettirish uchun maxsus dasturiy ta’minot ishlatiladi. 2. Ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqarish tizimlari Raqamlashtirishning navbatdagi bosqichi yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va jarayonlarni avtomatlashtirishdir. Ushbu bosqich quyidagi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi: Sun‘iy intellekt va mashinaviy o‘qitish: Olingan ma’lumotlar asosida jarayonlarni optimallashtirish uchun algoritmlar ishlab chiqiladi va mantiqiy controller dasturlanadi. Big Data tahlili: Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash orqali muammolarni aniqlash va kelajakdagi xavflarni prognoz qilish imkoniyati yaratiladi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 6 9 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (SCADA): Gazni tayyorlash jarayonlarini masofadan boshqarish, kuzatish va avtomatlashtirish uchun ishlatiladi. 3. Raqamli egizak (Digital Twin) texnologiyasi Raqamli egizak texnologiyasi gazni dastlabki tayyorlash jarayonining virtual modelini yaratish imkonini beradi. Ushbu texnologiya quyidagi afzalliklarga ega: Jarayonlarni simulyatsiya qilish: Texnologik o‘zgarishlarning natijalarini oldindan baholash imkonini beradi. Masofaviy kuzatish va boshqarish: Qurilmalar holatini real vaqt rejimida kuzatish va masofadan boshqarish. Texnik xizmatni rejalashtirish: Qurilmalarning eskirish holatini prognoz qilish orqali texnik xizmat ko‘rsatishni optimallashtirish. 4. Bulutli texnologiyalar Bulutli texnologiyalar gazni tayyorlash jarayonidagi ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bulutli texnologiyalar quyidagicha qo‘llaniladi: Ma’lumotlarni saqlash: Markaziy serverlarda katta hajmdagi ma’lumotlarni xavfsiz saqlash. Jamoaviy ishlash: Turli hududlardagi operatorlar va muhandistehnik xodimlar o‘rtasida ma’lumot almashishni osonlashtirish. Real vaqt rejimida kirish: Har qanday qurilmadan texnologik jarayonni avtomatik boshqarish tizimiga ulanish, texnologik jarayonni boshqarish va ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati. 5. Avtomatlashtirilgan jarayonlar https://scientific-jl.com/luch/ 2 7 0 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 Avtomatlashtirilgan gazni tayyorlash qurilmalarida gazni dastlabki tayyorlash jarayonida inson mehnatini minimallashtirish va xavfsizlikni oshirish uchun ishlatiladi. Masalan: Qurilmalarning texnologik jarayonlarni boshqarish: Texnologik jarayonlarni Avtomat boshqarishda inson omilini kamaytirish. Avtonom boshqaruv tizimlari: Jarayonlarni to‘liq avtomatik rejimda boshqarish. Xulosa Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarini raqamlashtirish texnologik jarayonlarni samarador va xavfsiz qilish imkonini beradi. Yuqorida keltirilgan turlarni to‘g‘ri va kompleks ravishda joriy etish orqali korxonalar o‘z resurslaridan samarali foydalanishi, xarajatlarni qisqartirishi va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishi mumkin. Raqamlashtirish jar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarini raqamlashtirish texnologiyalarining turlari va ularning afzalliklari batafsil ko'rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarini raqamlashtirish texnologiyalarining turlari va ularning afzalliklari batafsil ko'rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
LoRaWAN protokoli, raqamlashtirish, IoT qurilmalari, bulutli texnologiyalar., Kalit so‘zlar. Neft va gaz, simsiz sensorli datchiklar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники