Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMENOREYA SABABLARI VA BELGILARI
Qayumova Dilnozaxon
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada amenoreya sabablari va belgilari haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: pubertat davr, atrezia hymeni, laktatsiya, anomaliya, fiziologik, patologik, bachadon atreziyasi. Amenoreya – 6 oydan ko‘proq muddatgacha hayz ko‘rmaslik. Amenoreya - bu tug‘ruq yoshida (16-45 yosh) olti oydan ortiq davom etadigan hayz ko‘rishning yo‘qligi. Amenoreya homiladorlik natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, u organizmda turli xil buzilishlardan dalolat berishi mumkin. https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 Часть-37_ Том-3_ Январь-2025 Fiziologik amenoreya – qiz bola balog‘atga yetguncha, prepubertat davrda, klimakterik (menopauza) davrda, homiladorlik davrida, bir necha vaqtgacha bola emizish (laktatsiya) davrida hayz ko‘rmasligi fiziologik amenoreya hisoblanadi. Patologik amenoreya – azaldan hayz funksiyasi bo‘lmay kelayotgan bo‘lsa birlamchi amenoreya, qandaydir kasallik munosabati bilan davom etib kelayotgan hayz to‘xtalib qolsa, ikkilamchi amenoreya deyiladi. Soxta amenoreya – qizlik pardasi teshigi bo‘lmasligi (atrezia hymeni), qinning bo‘lmasligi (atrezia vagini), bachadon bo‘yni kanalining bitib qolishi kabi anomaliya holatlarida siklik o‘zgarishlar sodir bo‘lgan bachadon shilliq qavatidagi funksional qatlam ko‘chib, hayz qoni tashqariga chiqmasdan qolish hollari soxta amenoreya hisoblanadi. Soxta amenoreyalar hamshiralik amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Aksariyat hollarda qishloq joylarida yashaydigan qiz bolalarda balog‘atga yetsa ham hayz ko‘rmasligi, bir necha sikldan keyin qorinda hayz ko‘rik kunlari kelganda qattiq og‘riq bo‘lishi, qorin pastki qismida shish paydo bo‘lishi ko‘pincha qiz bolalar appenditsit yoki o‘tkir qorin diagnozi bilan operatsiya bo‘lishiga, qorin bo‘shlig‘ida o‘sma bor degan taxmin qilinishiga sabab bo‘ladi. Bunday xatolar amaliyotda ko‘p uchraydi. Shuning uchun birinchi marta qizlar bilan hamshira duch keladi, buni yaxshi bilishi zarur. Chin amenoreya – qiz bolaning jinsiy yetilish davridan boshlab umuman hayz ko‘rmaslik holati. Aksariyat hollarda bachadon atreziyasi (bachadon bo‘lmasligi), tuxumdonlar gipoplaziyasi natijasida organizmning esterogen gormonlari bilan ta’minlanmasdan qolishi, gipofiz – gipotalamus sistemasidagi keskin o‘zgarishlar sabab bo‘lishi mumkin. https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 Часть-37_ Том-3_ Январь-2025 Amenoreya belgilari Amenoreyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: Bepushtlik Ichki organlar ishining buzilishi Semirib ketish Hayz ko‘rishning to‘xtashi Shuningdek: Maskulinizatsiya (ayollarda erkaklik belgilarining namoyon bo‘lishi); Girsutizm (erkaklar tipi bo‘yicha sochlarning ortiqcha o‘sishi); https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 Часть-37_ Том-3_ Январь-2025 Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq Diagnostika Ginekologik diagnostikaAgar ayolda ko‘rinadigan fiziologik sabablarsiz hayz ko‘rmasa, organlar va tizimlarning holatini baholash uchun organizmni to‘liq tekshirish talab qilinadi. Diagnostika har qanday zamonaviy ginekologik klinikada o‘tkazilishi mumkin. Amenoreyani davolash Amenoreyani davolash uning sabablariga bog‘liq: Haqiqiy amenoreyada uni keltirib chiqargan kasalliklarni bartaraf etish zarur. Soxta amenoreyada jinsiy yo‘llar o‘tkazuvchanligini tiklash va qon ketishi uchun to‘siqlarni bartaraf etish talab qilinadi. Birlamchi amenoreyada ham, ikkilamchi amenoreyada ham kompleks terapiya talab qilinadi. Agar qaytmas o‘zgarishlar yuz bermasa, davolash odatda samarali bo‘ladi. O‘z-o‘zini diagnostika qilish va o‘z-o‘zini davolashdan qochish va har qanday xavotirli alomatlar bilan ginekolog shifokorga murojaat qilish muhimdir. Xavf Agar amenoreya davolanmasa, u bepushtlikka olib kelishi mumkin. Xavf guruhi Xavf guruhiga quyidagilar kiradi: Irsiy, asab-ruhiy yoki orttirilgan somatik kasalliklarga chalingan shaxslar. https://scientific-jl.com/luch/ 1 3 Часть-37_ Том-3_ Январь-2025 Og‘ir tug‘ruqni boshdan kechirgan yoki homiladorlikni kech muddatlarda to‘xtatgan ayollar. Oldini olish Amenoreyaning oldini olish uchun quyidagilar muhimdir: Abortdan qochish kerak, chunki abort yoki og‘ir tug‘ruqdan keyin ikkilamchi amenoreya tez-tez uchrashi mumkin. Ayollar jinsiy sohasining ham, boshqa a’zolarning ham surunkali kasalliklarini o‘z vaqtida davolash. Bugungi kunda ko‘plab zamonaviy ginekologiya va akusherlik klinikalari mavjud bo‘lib, ularda ayollar salomatligining ko‘plab muammolarini samarali hal qilishga qodir yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritmoqda. Asosiysi - davolanishni kechiktirmaslik. Bachadondan asiklik, ya’ni siklga aloqasiz holda qon kelib turish hollari (metroragiyalar) odatda hayz funksiyasining buzilishiga bevosita aloqador bo‘lmaydi va ayollar jinsiy a’zolarida o‘smalar paydo bo‘lganda kuzatiladi. Asosan submukoz fibramiomalar, bachadon bo‘yni va tanasi raki rivojlangan hollarda. Bachadondan disfunksional, yuvenil qon ketish, anovuly
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada amenoreya sabablari va belgilari haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada amenoreya sabablari va belgilari haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pubertat davr, atrezia hymeni, laktatsiya, anomaliya, fiziologik, bachadon atreziyasi., Kalit so'zlar: pubertat davr, patologik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025