Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MATYOQUB QO‘SHJONOV TADQIQOTLARIDA ABDULLA ORIPOV IJODI
Sharipova Lobar
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada taniqli munaqqid Matyoqub Qo‘shjonovning shoir Abdulla Oripov ijodi tadqiqi o‘z ifodasini topgan. Tadqiqotni Matyoqub Qo‘shjonov “Abdulla Oripov” asari asosida tadqiq qiladi. Asarda shoirning yoshligidan katta shoir bo’lib yetishguniga qadar bo‘lgan davr qalamga olingan. Kalit so‘zlar: shoir, ijod, tabiat, xalq, Orif bobo, muxbir, inson, harakter, archa, she’r, tog‘, iste’dod, she’riyat, yoshlik, Moskva, Kreml, quruvchi, gultoj, hayot falsafasi, faylasuv XX asrning dahosi bo‘lib tanilgan, yurtimizning chekka qismidan, Qashqadaryoning Qo‘ng’irtov etagida joylashgan Neko‘z qishlog‘ida voyaga yetgan, o‘zining falsafiy fikrlari bilan haligacha kitobxonlar dilida va tilida yashayotgan ulug‘ shoirimiz Abdulla Oripov nazmiga razm solamiz. Bilamizki, jamiyatimizda Abdulla Oripovning she’rlarini eshitmagan, bilmagan inson yo‘q. Shu paytgacha shoir ijodi ko‘plab tahlillarga tortilib kelindi. Bu tahlillar orasida ijobiylari ham salbiylari ham bor, albatta. Adabiyotshunoslar o‘z tadqiqotlarida Abdulla Oripovning ijodini har tomonlama o‘rganganlar. Bu maqolada taniqli adabiyotshunos, qalami o‘tkir munaqqid Matyoqub Qo‘shjonovning tadqiqotlariga to‘xtalamiz. Tanqidchi Suvon Meli bilan birgalikda tayyorlagan “Abdulla Oripov” nomli kitobida shoir ijodi haqida o‘zining qarashlarini yoritib beradi. Muallif asarida Muxbir Farmon Omonov bilan Nekóz qishloğiga qilgan safari bayonini keltiradi. Safar davomida Abdulla Oripovning padari bólmish Orif bobo huzurida bólganliklari, uning chinakam insoniylik fazilatlari, vatani uchun qilgan yaxshiliklarini keltiradi. Haqiqatan ham bu insonni chin inson https://scientific-jl.com/luch/ 2 9 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 sifatida bilishimiz mumkin. Chunki kamdan kam inson óz nafsidan kechib, ózining mehnati evaziga kelgan beminnat oshni boshqaga ravo kóra oladi, undan kóra atrofidagi insonlarga, yurtiga yaxshilik qilishni ózining chinakam burchi deb biladi. Matyoqub Qóshjonov asaridagi 1-bobni Orif boboga bağishlaydi. Abdulla Oripovdagi vatanparvarlik, insoniylik, xalqiga yordam qólini chózish singari ezgu fazilatlarida otasining, oila muhitining órni borligini ta'kidlab ótadi. Keyingi boblarda Abdulla Oripovning ijod yóliga kirib kelishi, ilk she'rlari haqida gap boradi. Abdulla Oripovning talabalik yillarida yozgan "Archa" she'ridagi falsafasi, ma'noning teranligi tanqidchini óziga jalb qiladi. She'rning mazmuni shunday: toshyónar usta toshdan tegirmon yasamoqchi bólib, qoyadan tosh yónib olayotgan paytda tosh pastga qulaydi-yu endigina bóy chózayotgan yoshgina archa ustiga tushadi. Oradan vaqt ótib usta yana ósha joyga keladi va kózi boshida toshi bor katta archaga tushadi. She'rda archaning boshidagi toshni shoir "gultoj" deya chiroyli tashbeh bilan keltiradi. Adabiyotshunos " Abdullaning hali studentlik choğlarida yozilgan bu she'ri uchun tanlangan voqeada bir oz sun'iylik sezilsa ham, unda katta ma'joziy ma'no bor: hayotga intilayotgan buyuk tabiat, boshiga har qancha kulfat tushmasin, "yengaman, ósaman, kórkam bólaman", deydi. Bu yosh shoir sodiq bólgan hayot falsafasi, tabiat falsafasi edi"1, - deya she'r haqida ózining fikrini bildiradi. Darhaqiqat, bu she'r qalblarni larzaga, ta'sirchan insonning kóziga yosh ham keltiradi. Matyoqub Qóshjonov kitobida "Isteʼdodning tuğilishi" bobiga shoirning ilk havaskorlik she'rlarini kiritadi va yana bir qiziq voqeani ham keltirib ótadi. Bir kuni Abdulla Oripov dóstlari bilan Qashqadaryo viloyatining bir qancha tumanlariga safar uyushtiradi. Bir qishloqqa borganda tuman rahbari A.Oripovning muhlisi bóladi, she'rlarini yoddan aytib beradi. Shoirdan ustozingiz kim deb sóraganda, Abdulla Oripov she'riyatga umuman aloqasi yóq quruvchini nomini keltiradi. Nimaga deganda shoir ilk 1 Matyoqub Qo'shjonov. Abdulla Oripov,T.,”Ma’naviyat”,2000, 8-bet https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 she'rlarini ósha quruvchiga aytib berardi. Shoir quruvchiga Moskva, Kreml haqidagi she'rini óqib berganda, quruvchi "she'rlaring yaxshi-yu, ammo u shaharlarni ôzing borib kórganmisan"2 - deydi. Shoir ósha voqeadan keyin inson óz kózi bilan kôrgan narsasini, ózi bilgan, anglagan narsasini qoğozga tushirish kerakligini tushunadi. Bu hozirgi havaskor shoirlar uchun ibrat olgulik voqea hisoblanadi. Abdulla Oripov ijodini ôrganish davomida Matyoqub Qóshjonov uning fikrlash doirasi kengligini, har bir hodisadan óziga ibrat olishini ta'kidlab ôtadi. Muallif ijodkor lirikasini tahlil qilar ekan, she'rda sózlarning qóllanish shakli, ifoda yósini, shoirning qay órinda nima demoqchiligini birma-bir injalab órganadi. Muallif asarda Abdulla Oripovning ijodini bir tekisda tuzadi. Dastlabki boblariga shoirning ota uyini, yoshlik paytlarini, she'riyatga ilk qadami, sóngra bugungi kungacha yozilgan ba'zi she'rlarining tahlillarini beradi. " Abdulla Oripovning bir yaxshi odati bor edi, she'r yozdimi, uning qachon, qayerda yozilganini ham shu payt yozib ketardi”3- deydi muallif o’z so’zi davomida. Muallif o’z so’zini shunday izoxlar bilan berib o’tad
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada taniqli munaqqid Matyoqub Qo‘shjonovning shoir Abdulla Oripov ijodi tadqiqi o‘z ifodasini topgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada taniqli munaqqid Matyoqub Qo‘shjonovning shoir Abdulla Oripov ijodi tadqiqi o‘z ifodasini topgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- she’riyat, hayot falsafasi, inson, xalq, Moskva, faylasuv, harakter, archa, Kreml, gultoj, yoshlik, tog‘, quruvchi, muxbir, iste’dod, tabiat, Orif bobo, ijod, she’r, Kalit so‘zlar: shoir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025