К содержанию
РецензированоUZ2025

AZIZIDDIN NASAFIY - XIII ASRNING BUYUK TASAVVUF OLIMI

UZBEKISTAN” JURNALI · Sadulloyeva Zebiniso Fayzullo qizi

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Aziziddin Nasafiyning hayoti va ilmiy faoliyati, Nasafiyning asosiy tasavvufiy qarashlari va falsafiy g‘oyalari tarixiylik va analiz sintez usullaridan foydalanib, tasavvufshunos faylasuflar g‘oyalari bilan uyg‘unligi haqidagi fikrlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: Tasavvuf, shariat, islom, tariqat, falsafa, Buxoro, Nasaf, borliq, bilish, komil inson, shayx, murid. Aziziddin ibn Muhammad Nasafiy — irfon falsafasining mumtoz vakillaridandir. Asl ismi – Abdulaziz bo’lgan. Aziziddin Nasafiy nomi bilan tarixda mashhur bo’lgan. Tasavvufning yetuk nazariyotchisi vatandoshimiz mutasavvuf Aziziddin Nasafiy XIII asrning birinchi choragida Nasaf shahrida tug‘ilgan. Tug’ilgan joylariga nisbat berilib – Nasafiy nomi bilan shuhrat topganlar. U yoshligidanoq, ilk diniy va dunyoviy ilmiy ma’lumotlarni o‘z vatani Nasaf shahrida otasi Muhammaddan o‘rganib, keyinroq mukammal bilim olish maqsadida, shu davrning islom madaniyati markazi bo‘lgan Buxoroi sharif shahriga yuz tutib, o‘z davridagi diniy va dunyoviy ilmlarni: fors va arab tillari grammatikasi, kalom, hadis, tasavvuf ta’limoti, tafsir, ta’vil, adabiyot, axloq, poetika, tarix, falsafa, riyoziyot, mantiq, tabiatshunoslik, nujum (astronomiya), fiqh, psixologiya, kimyo, biologiya, tibbiyot ilmlarining antropologiya, genetika, anatomiya, fiziologiya, farmakologiya va davolash usullarini o‘zlashtirishga jiddu jahd bilan kirishgan. Aziziddin Nasafiy Buxoro shahrida o‘z zamonasining mashhur olimlari va shayxlaridan mukammal bilim olganidan keyin, kalom ilmi, hikmat ilmi va tasavvuf ta’limotidan madrasalarga mudarrislik qildi. Mutafakkir nihoyatda nozik tabiat, zukko, teran ilmiy-falsafiy tafakkur va erkin dunyoqarashga ega faylasuf olimligi bilan tezda Nasaf va Buxoroi sharif shaharlarida shuhrat qozondi. 517 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Keyinroq, mutafakkirning shuhrati butun Movarounnahr va Xuroson mamlakatlariga keng yoyildi. Faylasuf ko‘proq, hikmat ilmi (falsafa) ga qiziqar edi. Shuning uchun u qadimgi Sharq falsafasi, zardushtiylik va buddaviylik dinlari, antik yunon falsafasining yetuk namoyandalari: Fales, Anaksimandr, Anaksimen, Anaksagor, Pifagor, Geraklit, Suqrot, Aflotun, Aristotel, Levkip, Demokrit, Epikur, Lukretsiy, Gippokrat va Galen kabi faylasuf va tabiblarining ta’limotlarini o‘qib o‘zlashtirdi. Sharq Uyg‘onish davri falsafasi tarixining yirik mutafakkir va faylasuflari: Abu Yusuf Kindiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Muhammad Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Nosir Xisrav, Nasriddin Tusiy, Mahmud Shabustariy, Muhyiddin ibn Arabiy, Aynulquzot Hamadoniy, Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Sa’diddin Hamaviy va boshqa faylasuf olimlarning ta’limotlarini o‘zaro taqqoslab ilmiy tahlil qilgan va ulardan ilmiy haqiqat nazariyasini yaratishga harakat qildi. Ayniqsa, Ibn Sino ta’limoti va hind falsafasi uning keyingi ilmiy faoliyatida sezilarli iz qoldiradi1. Adabiy va tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Aziziddin Nasafiy diniy va dunyoviy ilmlarni o‘zlashtirgandan keyin tasavvuf ta’limotini mukammal o‘rganish maqsadida, shayx Sa’diddin Hamaviyga murid bo‘ladi Sa’duddin Hamaviya Nishopurda joylashgan Nizomiya madrasasida diniy fanlarni o‘rganganidan so‘ng Xorazm viloyatiga yo‘l olgan. U yerda Kubraviyya tariqatining asoschisi sifatida tanilgan Najmiddin Kubro (v. 618/1221) ning xalifalari safidan o‘rin olgan. Hamaviy kubroviya tariqati asoschisining muridi ham bo’lgan. Biroq o‘sha yillarda mintaqada yuz bergan Mo‘g‘ul istilosidan qochib, u Ibn al-Arabiy atrofida shakllangan maktablar bilan tanishgan, keyinchalik esa yana Eron va O‘rta Osiyoga qaytgan2. Faylasuf o‘z ta’limotini fors mamlakatlarida, jumladan, Afg‘oniston, Eron, Iroq, Pokiston, Hindiston va Arabiston davlatlarigacha targ‘ib qilish va rivojlantirish maqsadi bilan birga, o‘ziga tinch makon istab, Xuroson va Movorounnahr mintaqasidagi eng sokin, eng osoyishta maskan Abrko’hda qoladilar. Bu yerlarda mo’g’ul oyog’i yetmagan va xilvat bir joy bo’lganligi tufayli mana shu tog’li 1 Komilov. N. Komil inson. – Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2021. – B. 3. 2 Reşat Öngören. Sa’deddîn-i Hammûye. DİA, c. XXXV, TDV Yay. Istanbul, 2008. – B. 390. 518 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 shaharda qo’nim topadilar. U yerda o’zlariga xos ilmiy muhit, ilmiy halqalar yaratishga harakat qiladilar. Umri oxirida Yazd shahrining Abrko‘h degan joyida Sa’diddin Hamaviy qabri yonidagi xonaqohda yashab shu yerda vafot etadi3. Nasafiy Qur’ondan arabcha iqtiboslar, hadislar va so‘fiy mualliflarning so‘zlaridan, asarlarida fors tilidan foydalanishni afzal bilgan. Bu holat, Aziziddin Nasafiyning Ibn al-Arabiyning g‘oyalarini fors tilida izohlagan ilk mufassirlaridan biri sifatida e’tiro

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Aziziddin Nasafiyning hayoti va ilmiy faoliyati, Nasafiyning asosiy tasavvufiy qarashlari va falsafiy g‘oyalari tarixiylik va analiz sintez usullaridan foydalanib, tasavvufshunos faylasuflar g‘oyalari b…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Aziziddin Nasafiyning hayoti va ilmiy faoliyati, Nasafiyning asosiy tasavvufiy qarashlari va falsafiy g‘oyalari tarixiylik va analiz sintez usullaridan foydalanib, tasavvufshunos faylasuflar g‘oyalari b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
islom, Buxoro, shariat, komil inson, shayx, murid., bilish, tariqat, falsafa, Nasaf, borliq, Tasavvuf
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники