Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Jinsiy X xromosomaga birikkan genlar va ularning irsiylanishi
UZBEKISTAN” JURNALI · Sattarova Sarvinoz Abdurashid qizi
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Ushbu tezisda jins bilan birikkan holda belgilarning irsiylanishi, x xromosoma birikkan holatdagi irsiylanishi, jinsiy xromosomalar tarqalmagandagi belgilarning irsiylanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so`zlar: gomogameta, geterogameta, gemizigota, xromosoma, sentromera, dominant va retsessiv allellar. X xromosomada joylashgan genlar X xromosomaga birikkan deb ataladi. X xromosomaga birikkan genlar o`ziga xos irsiylanish xususiyatiga ega., chunki ularning soni (XY) va urg`ochilarda (XX) turlichadir. Odamdagi X xromosomaga birikkan genetic kasalliklar ayollardan ko`ra erkaklarda ko`proq uchraydi, bu X xromosomaga birikkan holda irsiylanish bilan bog`liq. Mendel olib borgan tajribalar chatishtirishda qaysi belgili o`simlikni urug`chi, qaysi belgili o`simlikni changchi sifatida olinishidan qat`iy nazar birinchi avlodda bir xil natija ya`ni donning sariq rangi yashil rang ustidan, gulning qizil rangi oq rangi ustidan dominantlik qilishi aniqlangan. Biroq keyinchalik ayrim jinsli organizmlarni chatishtirish bo`yicha o`tkazilgan tajribalar ba`zi holatlarda belgilar belgilar jinsga birikkan holda avloddan-avlodga o`tishini ko`rsatdi. Shunga binoan ba`zi genlar jinsiy xromosomalarda joylashgan bo`lsa kerak, degan tahmin ilgari surildi va uning to`g`riligi tajribalar asosida isbotlab berildi. T.Morgan va uning shogirdlari drozofila meva pashshasida ayrim genlar jinsga birikkan holatda irsiylanishini kashf etdi. Bu hodisa irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratishda dastlabki poydevor bo`ldi. Jins bilan birikib irsiylanish – genlari jinsiy xromosomalari joylashgan belgilarning irsiylanish hosidasi hisoblanadi. Bu hodisa amerikalik T.Morgan va uning shogirdlari tomonidan dastlab kapalaklarda kuzatilgan, keyinchalik drozofilada batafsil o`rganilgan. Drozofilada geterogametali jinsning xromosomasi o`zida boshqa belgilarning genlarini deyarli saqlamaydi, ya`ni irsiy jihatdan inert bo`ladi. Shu sababdan x xromosomada o`z allel juftiga ega bo`lmaydi. Drozofilada ko`zning qizil rangi dominant A geni, oq rangi esa uning retsessiv alleli orqali boshqarilishi hamda ularning x- xromosada joylashganligi aniqlangan. Urg`ochi organism gomogameta, erkak geterogameta bo`lgan taqdirda, jins bilan bog`liq belgilar 491 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 boshqa organizmlarda ham shunday usulda avloddan avlodga beriladi. Odamda 60 ga yaqin genlar X xromosoma bilan birikkan holda irsiylanishi aniqlangan. Gemofiliya, daltonizm, muskul distrofiyasi bunga yorqin misoldir. Odatda hujayraning meyoz bo`linish jarayoni normal kechsa autosomalar ham, jinsiy xromosomalar ham gametalarga teng taqsimlanadi. K,Bridjes tadqiqotlariga ko`ra ayrim vaqtda jinsiy xromosomalar meyoz jarayonida hujayralarga notekis taqsimlanishi mumkin. Oqibatda bir gametaga ikkita X xromosoma tarqalib, ikkinchi gametada esa X xromosoma bo`lmaydi. Demak, X xromosoma meyoz jarayonida tarqalmay qolgan taqdirda ona o`z belgisini qiziga, erkak o`z belgisini o`g`liga beradi. Vaholanki, x xromosoma meyoz bo`linishda gametalarga teng taqsimlansa, ota organism o`z belgisini qiziga, ona esa o`z belgisini o`g`liga bergan bo`lar edi. X xromosoma birikkan holatdagi irsiylanish. Ayrim hujayralardagi X xromosomalar o`zaro birikkan holatda uchraydi. Natijada meyoz bo`linishda bir gametaga albatta o`zaro birikkan ikkita X xromosoma yo`naladi. Ikkinchi gametada esa X xromosoma tamomila bo`lmaydi. Bunday holatda irsiylanish qanday bo`lishini olimlar drozofila meva pashshasida tana rangini avloddan avlodga berilishi misolida o`rganganlar. Sariq tanali urg`ochi drozofila bilan kulrang tanali erkak drozofila chatishtirilsa, jinsiy xromosomalar meyoz jarayonida normal tarqalganda F1 da barcha urg`ochi pashshalar kulrang tanali, erkak pashshalar esa sariq tanali bo`ladi. Ayrim holatlarda esa sariq tanali urg`ochi pashshaning ba`zilari kulrang tanali erkak drozofila bilan chatishtirilganda, F1 da doimo urg`ochi pashshalar sariq tanali, erkak pashshalar esa kulrang tanali bo`lishi kuzatilgan. Mazkur hodisa faqat meyoz jarayonida ikkita X xromosoma o`zaro birikkan bo`lib, bir gametaga tarqalganda, ikkinchi gametada esa X xromosoma bo`lmaganda ro`y berishi aniqlangan. Jins bilan cheklangan belgilarni jinsga birikkan belgilardan farqlash lozim. Jins bilan cheklangan belgilar yo bir jins yoki ikkala jinsda mavjud bo`lsada, uning namoyon bo`lishi o`zaro tafovut qiladi. Chunki bunday belgilarni ifoda qiluvchi genlar jinsiy xromosomalarda ham, autosomalarda ham bo`ladi. Jins bilan cheklangan belgilarga misol qilib, tovuqlarda tuxumni ko`p qo`yish, qoramollarda esa sutni ko`p berishni ko`rsatish mumkin. Boshqa holatlarda jins bilan cheklangan belgilar har xil jinsda turli darajada namoyon bo`ladi. Masalan, erkak qo`ylarda odatda shox bo`lishi autosomaning dominant alleli H, shoxsizlik esa uning retsessiv alleli h ta`sirida rivojlanadi. 492 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZB
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda jins bilan birikkan holda belgilarning irsiylanishi, x xromosoma birikkan holatdagi irsiylanishi, jinsiy xromosomalar tarqalmagandagi belgilarning irsiylanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda jins bilan birikkan holda belgilarning irsiylanishi, x xromosoma birikkan holatdagi irsiylanishi, jinsiy xromosomalar tarqalmagandagi belgilarning irsiylanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dominant va retsessiv allellar., sentromera, gemizigota, gomogameta, xromosoma, geterogameta
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025